«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet1/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA SHAHAR SAN’AT KOLLEJI


«MUSIQA NAZARIYASI» KAFEDRASI


«MUSTAQIL DAVLATLAR HAMDO’STLIGI MUSIQA ADABIYOTI» FANIDAN
MA’RUZALAR
MATNI



Farg’ona

Bolalar musiqa va san’at maktablari uchun musiqiy-nazariy fanlar o’qituvchisini tayyorlashda “MDH musiqa adabiyoti” fanining o’qitilishi muhim o’rin tutadi. “MDH musiqa adabiyoti” fanidan tuzilgan mazkur ma’ruzalar matni o’quvchilarga “Mustaqil davlatlar hamdo’stligi” tarkibiga kiruvchi mamlakatlarining musiqa madaniyati, davrlarda tuzilgan musiqa jamiyatlari, uslublar va yetuk kompozitorlar ijodi va ularning mashxur asarlari haqidagi ma’lumotlarni beradi.


Muallif – tuzuvchi: З.Б.Ғуломов Farg’ona san’at kollejining “Musiqa nazariyasi” kafedrasi o’qituvchisi.
Taqrizchilar:

  1. M. Mahmudova – Farg’ona san’at kollejining «Musiqa nazariyasi» kafedrasi bo’lim boshlig’i.

  2. B. R. Yakubov – Farg’ona san’at kollejining “Musiqa nazariyasi” kafedrasi o’qituvchisi.

  3. D. Oripova– Farg’ona San’at kollejining «Musiqa nazariyasi» kafedrasi o’qituvchisi.

Ma’ruzalar matni «Musiqa nazariyasi» kafedrasida 2016 yilning 30-avgustidagi 1–sonli yig’ilishida muhokama qilingan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya qilingan.


Kirish

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablariga muvofiq ta’lim tarbiya berishning asosiy maqsadi - yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va ta’lim berishdan iboratdir.
Bolalar musiqa va san’at maktablari uchun musiqiy-nazariy fanlar o’qituvchisini tayyorlashda “MDH musiqa adabiyoti” fanining o’qitilishi muhim o’rin tutadi.
«MDH musiqa adabiyoti» san’at kollejlarida o’tiladigan asosiy fanlardan biridir. Bu fanni o’tish uchun, har bir mutaxassisliklar uchun ishlab chiqilgan o’quv rejalarida soatlar ajratilgan. Mazkur fanni o’tish, musiqa san’ati borasida sifatli mutaxassislar tayyorlash jarayonining mu’lum tarkibiy qismidir.
Matnlarni yaratishda Shu kungacha mavjud bo’lgan rus tilidagi adabiyotlardan foydalanilgan. Har bir ma’ruzadan so’ng tayanch iboralar, nazorat savollari, topshiriqlar va adabiyotlar ro’yxati berilgan. Ba’zi mavzularda o’quvchilar bilimini tekshirish uchun test savollari ham ilova qilindi.



Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling