Mavzu: bo‘lamon sozi va uning ijrochilik uslublari mundarij a: kirish I bob. O‘zbek xalq musiqiy cholg‘ular


BO‘LAMON SOZI CHOLG’USI VA UNING MUKAMMAL IJROCHILARI


Download 196 Kb.
bet11/16
Sana19.06.2023
Hajmi196 Kb.
#1622083
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BO\'LAMON SOZI TAYYOR

2.3. BO‘LAMON SOZI CHOLG’USI VA UNING MUKAMMAL IJROCHILARI
Asrlar osha ustozlardan - shogirdlarga, avlodlardan - avlodlarga o’tib, mukammallashib, boyitilib, bizning davrimizgacha yashab keldi va xalqimizning bebaho mulkiga aylandi. Xalqimizning musiqa boyliklari juda ham ulkan va ko’p qirrali, sermazmun va rang - barangdir. Ohangdor kuylarimiz kishiga quvonch, baxsh etadi, shu bilan birga og’ir damlarini yengil qiladi. U insonning oliyjanob fazilatlari, his -tuyg’ularini ifodalab beruvchi kuchga ega. Ana shunday kuylarni talqin etishda esa o’zbek xalqining ma’naviy va milliy boyligi xisoblangan tanbur, dutor, nay, chang, g’ijjak, qonun, ud, rubob kabi milliy cholg’ulari mavjud. Bu cholg’ular har qanday qalblarni o’ziga rom etishi mumkin. Xususan o’zbek sozandachilik san’atida ko’p cholg’ular qatori qashqar rubobi alohida o’rin tutadi. Bu cholg’u o’zining jarangdorligi va inson qalbiga yaqinligi, 4o’rganish hamda ijro etish jihatidan ijro amaliyotida sinalgan va bir muncha qulayligi bilan xalqimizning sevimli cholg’ularidan biriga aylangan. “Rubob - o’zbek an’anaviy chertib chalinadigan cholg’u sozlaridan. Musiqa ijrochilik amaliyotida rubobning ikki turi mavjud - afg’on rubobi va qashqar rubobi. Afg’on rubobi ko’proq akademik ijrochilik amaliyotida qo’llaniladi. An’anaviy rubob esa Qashqar rubobi nomi bilan mashhur cholg’udir. XX asrning boshlarida qashqardan keltirilgan rubobning takomillashgan varianti sifatida ijro amaliyotida ommalashgan. Tarixiy manbalarda rubobning turli nomlari keltirilganligi xususida yuqorida aytilgan edi. Xususan, Darvesh Ali Changiy o’z risolasida rubob, Sulton Muhammad Xorazmshoh davrida (1200-1220) keng ommalashgan va 4 ta ipli va 1 ta kumush torlari bo’lgan deb keltiradi. Davrlar osha rivojlanib, takomillashib XX asrga kelib hozirgi ko’rinishda o’zbek an’anaviy cholg’usi sifatida shakllangan. Rubob ham ikki qismdan iborat bo’lib, kosaxona va dastadan tashkil topgan. Uning kosasi butun daraxtdan o’yilib (odatda tut, o’rik va yong’oq daraxtlaridan tayyorlangan), unga hayvon terisidan parda qoplangan. Zamonaviy ruboblarga parda molning yurak pardasidan va baliq terisidan tortiladi. Kosaning dasta bilan ulangan joyining ikki tomonida yoysimon dekorativ shoxlar o’rnatilgan. Ular kosa bilan birga o’yilib ishlaniladi. Rubob dastasining boshlanish qismida 5 ta quloqlar joylashgan. Dastaga 21-23 tagacha misdan tayyorlangan maxsus pardalar xromatik tarzda o’rnatiladi. Rubobning 5 ta tori bo’lib, 1 tasi ichakdan va 4 tasi po’lat simdir. 1 va 2- torlar ikkilangan tartibda joylashadi. Rubob 3 oktava (diapozon) oralig’ini qamrab oladi. Uning pardalari xromatik tarzda joylashgan. Rubob maxsus mediator yordamida ijro etiladi. Rubobni zamonamizda keng targ’ib etishda va har bir o’zbek oilasida munosib joy olishida Muhammadjon Mirzayevning xizmatlari kattadir. Shu bilan birga o’zbek rubob ijrochiligi rivojiga o’z ijodlari bilan munosib hissa qo’shgan mohir san’atkorlar qatoridan Abbos Bahromov, Sulaymon Taxalov, Ari Boboxonov, Adham Xudoyqulov, Qobul Usmonov, Qobul Oripov, Tohir Rajabiy, Husan Nabiyev, Shavkat Mirzayev, Rifatilla Qosimov, Shomahmud Shorahmetov kabi mohir rubobchi sozandalar munosib o’rin olgan”. O’zining salkam yarim asrlik sermahsul ijodiy faoliyati davomida o’zbek musiqa madaniyati taraqqiyotida, ijrochilik san’atining rivojlanishida salmoqli xissa qo’shib kelayotgan serqirra ijodkor va ajoyib sozanda, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Tohir Rajabiydir. Rajabiylar sulolasi - XX asr o’zbek san’atiga ulkan hissa qo’shgan san’atkorlar sulolasi hisoblanadi. Sulola boshlig’i Yunus Rajabiydir. O’zbek xalqi ulkan san’atkor Yunus Rajabiyni iste’dodli bastakor, mohir ijrochi, tashkilotchi, o’zbek musiqiy boyligining bilimdoni, murabbiy va jamoat arbobi sifatida taniydi. 5“Tohir Rajabiy 1946 yili Toshkent shahrida, o’zbek xalqining ardoqli hofizi, bastakor, Akademik Yunus Rajabiy oilasida tavallud topadi. Uning qalbida san’atga bo’lgan ilk xavasi oila sharoitida shakllanadi. Tohir Rajabiy bolalik damlarini yodga olar ekan: “Otamlarning davrasiga kirib olar edim, u kishi meni o’g’lim bor o’yiningni o’yna desalar, yo’q ota men shu yerda o’tirgim kelyapti” - deb, davradan ajralgim kelmas edi. Oradan ancha yillar o’tib bilsam, ular ulkan san’at darg’alari G’afur G’ulom, xofizlardan, Ortiqxo’ja Imomxo’jayev, Turg’un Karimov, Risqi Rajabiy, Imomjon Ikromov va boshqa ko’plab san’at ustalari ekanlar. Bilmadim, balkim shu ustozlardan birortalari menga oq fotixa berib yuborgan ekanlarmikan?!”. “Yosh Tohir Rajabiyning musiqaga bo’lgan xavasi uni 1958 yili Glier nomidagi musiqa maktabiga chorlaydi. Maktabda o’qiyotgan davridanoq u qashqar rubobi ijrochiligini turli usul va yo’llari, chalish ko’nikmalarini o’zlashtiradi. 1964 yili musiqa maktabini tamomlab, Toshkent Davlat Konservatoriyasiga o’qishga kiradi. Konservatoriyada o’zining ko’p yillik o’qituvchilik faoliyati davomida talaygina shogirdlar tayyorlagan iste’dodli muallim, ustoz professor F.N.Vasilev sinfida tahsil oladi. Tohir Rajabiyni serqirra san’at sohibi deb nomlashimiz bejiz emas. U Rajabiylar sulolasi an’anasini munosib davom ettirgan xolda, uning sozandachilik faoliyati xofizlik san’ati bilan boyib bordi. Xalqimizga dilrabo qo’shiqlar tuxfa etish niyatida magnit tasmalariga yozilgan “Girya”, “Bayot I - II”, “Ushshoq”, “Qashqarchai Ushshoq”, “Chapandozi qalandar”. “Sarparda”, “Nasrulloi”, “Kucha bog’i I - II” kabi bir kator o’ziga xos ohanglarda ijro etilgan qo’shiq va ashulalar yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidir”[2]. “1973 yildan boshlab Tohir Rajabiyning ijodiy faoliyati Doni Zokirov rahbarligidagi O’zbekiston teleradiosi qoshidagi o’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri bilan bog’lanadi. Orkestrda ishlab yurgan kezlarida o’zbek xalq kuylari, qardosh xalqlarini radio ovoz yozish studiasida, magnit tasmasiga yozishni boshlaydi. Orkestr jo’rligida Sharq va qardosh respublika kompozitorlarining talaygina asarlarini yozishga muvaffaq bo’ladi. 1976 yildan to bugungi kungacha Tohir Rajabiyni qashqar rubobida yozgan kuylari 150 dan ortiq, estrada orkestri jo’rligida jahon va Sharq kuylari 40 dan ortiq, klassik mumtoz qo’shiqlari 20 dan ortiq bo’lib, magnit tasmasiga O’zbekiston radiosining oltin fondiga yozishga muvaffaq bo’ldi”. Tohir Rajabiy o’zining qashqar rubobidagi yangicha talqinlari orqali yosh avlodlarga benazir hamda takrorlanmas ijro uslublarini namoyon qildi. U nafaqat maqom kuylaridan namunalarni balki, ayni paytda boshka xalqlar kuylarini ham o’ziga xos joziba va milliy ruxda qashqar rubobida talqin etib xalqimizga xizmat qilib kelmoqda. “Uning ijodiy faoliyatidagi yana bir muxim jixat! O’zbekiston radiosi estrada orkestri jamoasi bilan hamkorligidir. Bu jamoada ham keng ijodiy izlanishlar olib bordi. Pegranning “Shubert soyasi”, A.Latifzodaning “Rubob va orkestr uchun kuy”, D.Omonullaevaning “Bolicha”, “Yomgir yog’di” A.nazarovning “Nafosat”, “Soginch”, A.Ikromovning “Muxabbat tongi”, “Yuraklarda yashar muxabbat”, S.Uonderning “Mening sevgilim”, I.Akbarovning “Yor kel”, Y.Jivaevning qayta ishlagan ro’mincha “To’rg’ay” kuyi va shu kabi bir qator asarlarni rubobda yakkaxon ijrochi sifatida ijro etadi. Tohir Rajabiy O’zbekiston teleradiosi qoshidagi D.Zokirov nomidagi o’zbek xalq cholg’u asboblari orkestrida uzoq yillik faoliyatidan so’ng 2007 yili sentyabr oyidan boshlab nafaqada. Lekin, shunga qaramay ustoz Tohir Rajabiy o’zining ish faoliyatini davom ettirmoqda. Xalqimizni o’zining yangidan - yangi ijrolari bilan xushnud etish niyatida muvaffaqiyatli ijod qilib kelmoqda”. Estrada musiqasi ijrosi uchun nafaqat sozandaning tafakkur olami, qolaversa, orkestr safida ishtirok etadigan cholg’ularning tabiiy imkoniyatlari ham muxim o’rin tutadi. Uzoq yillar davom etgan ushbu an’ana orkestr tarkibiga o’zbek milliy cholg’usi - qashqar rubobining kirib kelishi bilan ma’lum darajada yakun topdi, deyish mumkin. Maqsadini amalga oshirish jarayonida yangi davr estetik talablaridan kelib chiqqanlar va unga sharqona yondoshganlar. Ustoz sozanda Tohir Rajabiy Estrada simfonik orkestri bilan 10 yil davomida ijodiy faoliyat olib bordi. Faoliyati davomida D.Omonullayevaning “Bolicha”, “Yomg’ir yog’di”, A.Nazarovning “Nafosat”, “Sog’inch”, A.Ikromovning “Muhabbat tongi”, “Yuraklarda yashar muhabbat”, S.Uonderning “Mening sevgilim”, I.Akbarovning “Yor kel”, R.Paulning “Million, million, million atirgullar” va yuqorida ta’kidlaganimizdek 40 dan ortiq asarlarni o’ziga xos tarzda talqin etgan. Tohir Rajabiyning Estrada simfonik orkestri bilan qilgan ijodiy izlanishlari ijrochilik nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, qashqar rubobida yangi ijro uslubini, cholg’uda yangicha jozibador tovush chiqarish imkoniyatlarini, yangi qirralarini ochib berdi. Tohir Rajabiy barcha mashhur o’zbek rubobchilaridan farqli o’laroq shunchaki, mahoratli ijrochi emas, tom ma’noda buyuk ijodkor sozanda hamdir. Xalq musiqasi, maqom me’rosi o’tmishdosh va zamondosh o’zbek va chet el bastakorlarining asarlari uning ijrosidan bahra olgan turli avlodlarga mansub tinglovchilarga o’ziga xos ijroviy uslub va teran-talqinlarda yetkazib berdi. Xususan, uning ilhombaxsh kuy - oxanglari uslubiy jihatdan o’zgalardan yaqqol ajralib turishi bilan noyob va benazirdir.


Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling