Mavzu: Borliq va rivojlanish falsafasi
Download 64.47 Kb.
|
2-Mavzu.
Bosh ziddiyat – rivojlanishning u yoki bu bosqichi mohiyatini belgilab beradigan asosiy ziddiyat.
Jamiyat hayotiga xos ziddiyatlarni tahlil qilganda, antagonistik va noantagonistik ziddiyatlarni farq qilish zarur. Antagonistik ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari bir-biriga tubdan zid bo‘lgan kuch, ijtimoiy guruh va tabaqalar o‘rtasida kechadi. Antagonistik ziddiyatlar konfliktlarga olib kelishi, bir tomonning mag‘lubiyati ikkinchi tomonning g‘alabasi bilan hal qilinishi mumkin. Noantagonistik ziddiyatlar jamiyatdagi manfaatlari bir-biriga mos keladigan ijtimoiy qatlamlar orasida yuz beradi. Umuman, hamma ziddiyatlarni o‘z vaqtida hal qilib borish zarur, aks holda ular keskinlashib, kutilmagan oqibatlarni keltirib chiqaradi. So‘nggi paytda jamiyatdagi ziddiyatlarni hal qilishda qo‘llanilayotgan samarali usullardan biri konsensus (o‘zaro kelishuv)dir. Konsensus usuli o‘zaro tinch yo‘l bilan olib borilayotgan muzokara, muloqot, referendum, xalqaro huquq normalari asosida ma’lum bir bitimga kelishuvlar asosida eng muhim hujjatlar qabul qilish orqali olib borilmoqda. Ayniqsa, xalqaro tashkilotlar obro‘-e’tiboridan foydalanish, xalqaro hamjamiyatga teng huquqli a’zo bo‘lish va ularning jahon taraqqiyotiga ta’siri ortib borishi muhim omil bo‘lmoqda. v) Taraqqiyotda vorislik va davomlilik (inkorni inkor). Taraqqiyotdagi vorislik va davomlilik inkorni inkor etish yo‘li bilan amalga oshadi. Borliqda doim eskining yangi bilan almashinishi inkor, deb ataladi. «Inkor» atamasini falsafaga Gegel kiritgan. Uning nuqtai nazaricha, inkor g‘oya, fikrning rivojlanish bosqichidir. Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo‘q» demak, biror narsani rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor qilish narsani mavjud emas, deb e’lon qilish yoki uni yo‘qotib tashlash emas, balki yangi eskining bag‘rida vujudga kelib, undagi sog‘lom jihatlardan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Gegel ta’biricha, «Ichki inkor» taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Dialektik inkor «yo‘q», deb inkor etish barobarida «ha», deb tasdiqlashni o‘z ichiga oladi. U bir paytda sodir bo‘ladigan emirilish va yaralishni tashkil qiladi. Dialektik inkorning muhim ikki jihati mavjud: 1) eskining o‘rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon; 2) yangi eski bilan vorisiy bog‘liq. Taraqqiyotdagi davriylikning tugallovchi xalqasida, ya’ni navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichdagi ba’zi belgilar takrorlanadi (don o‘simlikdan yana donlarga aylanadi). Inkorni inkorda taraqqiyot aylanashaklidaborib, uning oxirgi nuqtasi boshlang‘ich nuqtaga yaqinlashadi. Ammo oxirgi nuqta bilan tutashmay, balki yuqori bosqichda sodir bo‘lishi sababli taraqqiyot «spiralsimon» shaklga ega bo‘ladi. Spiralning har bir yangi o‘rami oldingisiga nisbatan yuqori bosqichda yuzaga keladi. Taraqqiyotning spiralsimon xarakteri quyidagi uch jihatiga ega: 1.inkorni inkorda narsa-hodisalar davriy o‘zgaradi. YAngi sifat faqat emirilayotgan (inkor etilayotgan) narsa zaminida paydo bo‘lishi destruksiya deyiladi. 2.emirilayotgan narsa bilan paydo bo‘layotgan yangi narsa o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning o‘zaro munosabati kumulyasiya deyiladi. 3.inkor etilayotgan narsa oldin erishgan yutuqlar, uning rivojlanishga qodir ba’zi belgi va xususiyatlarini saqlab qolish, ulardan foydalanish asosida yuz beradi. Buni konstruksiya deb yuritiladi. Mazkur uch jarayon birligi O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida o‘z ifodasini topmoqda. Endilikda eskirgan ijtimoiy munosabatlarni imkon qadar dialektik izchillik va ziyraklik bilan o‘z vaqtida bartaraf etish, yangi paydo bo‘layotgan bozor iqtisodiyotiga oid munosabatlarni rivojlantirish muvaffaqiyatlar garovidir. Inkorni inkor jarayonida oddiydan murakkab, quyidan yuqoriga qarab ilgarilab boruvchi rivojlanish sodir bo‘ladi. SHuning uchun uni orqaga qaytarib bo‘lmaydi. Sababi: har bir yangi bosqich ilgarigi bosqichlar boyligini o‘zida sintezlashtirib, eskining rivojlanishga qodir tomonlari saqlanib, yangida paydo bo‘lgan tomonlar bilan uzviy birikishi asosida taraqqiyotning yanada yuqoriroq shakllari uchun zamin yaratadi. Bu sintez «inkorni inkor» deyiladi. Download 64.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling