Mavzu: Borliq va rivojlanish falsafasi


Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi


Download 64.47 Kb.
bet5/22
Sana02.05.2023
Hajmi64.47 Kb.
#1423336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2-Mavzu.

Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Notirik tabiat o‘z shakllari va holatlarining son-sanoqsizligi va rang-barangligi bilan aqlni lol qoldiradi. U turli jismlar, predmetlar, zarralar, gazlar, maydonlar, xossalar, hodisalar ko‘rinishida amal qilar ekan, muttasil harakat va o‘zgarishlar jarayonini boshdan kechiradi.
Dunyoning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar so‘nggi 400 yil ichida vujudga keldi, galaktikalar va ularning to‘dalari, makro va mikrodunyoning hayratomuz rang-barangligi haqida odamlar XX asrdagina xabar topdilar. Olamning cheksiz bo‘shlig‘i qarshisida bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz hozir ham dengizdan bir tomchi bo‘lib tuyuladi. Lekin, shunga qaramay, bugungi kunda biz bilgan va tushungan narsalar butun Olam va uning ayrim qismlari evolyusiyasi va muttasil o‘zgaruvchanligi haqida ancha asosli xulosa chiqarish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, dunyo u yoki bu bosqichda ma’lum narsalar vujudga kelib, o‘z borlig‘ini kasb etadigan va qachondir yo‘q bo‘ladigan, ya’ni o‘zining avvalgi borlig‘ini yo‘qotib, modda va energiyaning saqlanish qonuniga binoan boshqa narsaga aylanadigan muttasil davom etuvchi jarayondir.
Notirik tabiatning hozirda mavjud bo‘lgan butun rang-barangligi o‘z asosiga ega, ya’ni u qachondir vujudga kelgan. Bu fikrni kengayib borayotgan Olam haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar ham tasdiqlaydi. Biroq, olimlar fikriga ko‘ra, biz yashayotgan Olam tarixi boshlanishiga asos bo‘lgan Katta portlash nazariyasi dunyoning mohiyati va uning tuzilishi xususida yangi va yangi masalalarni kun tartibiga qo‘ymoqda. Tabiiy fanlarning ma’lumotlari taxminan 15 milliard yil muqaddam ayrim osmon jismlari mavjud bo‘lmagani, bizning Olam deyarli bir jinsli kengayib borayotgan plazmadan tashkil topganidan dalolat beradi. Endilikda bir-biridan uzoqlashayotgan galaktikalar tarkibiga kiruvchi yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar va boshqa ko‘plab kosmik jismlar mavjud bo‘lib, bu galaktikalarning to‘dalarida vaqti-vaqti bilan fanga ma’lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ulkan tadrijiy va inqilobiy o‘zgarishlar yuz beradi.
Er tarixi. Ilmiy tasavvurlarga ko‘ra biz yashayotgan sayyora taxminan 4,5 milliard yil muqaddam Quyosh tizimsida sochilib yotgan gazsimon-changsimon moddadan paydo bo‘lgan, muayyan moddiy jism sifatida o‘z borlig‘ini kasb etgan, oradan yana bir milliard yilcha vaqt o‘tgach, Erning geologik tarixi boshlangan. Hozirgi zamon fani aniqlagan eng qadimgi tog‘ jinslarining yoshi shundan dalolat beradi. SHunday qilib, Er jonsiz tabiatining moddiy dunyosi o‘zining aniq geologik yil hisobiga ega va uning borlig‘i sayyoramizning umumiy evolyusion jarayonlari bilan bog‘liq. Erning tabiiy kosmik jism sifatidagi evolyusiyasini esa nafaqat tog‘ jinslari yoki qit’alar tarixi, balki minerallar, foydali qazilmalar, keyinroq esa – oliy shakllar darajasigacha rivojlangan jonli mavjudodlarning paydo bo‘lishi ham tasdiqlaydi.

Download 64.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling