Mavzu: Borliq va rivojlanish falsafasi


Aloqadorlik va bog‘lanishlar tasnifi


Download 64.47 Kb.
bet22/22
Sana02.05.2023
Hajmi64.47 Kb.
#1423336
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2-Mavzu.

Aloqadorlik va bog‘lanishlar tasnifi. Borliq cheksiz aloqadorlik va bog‘lanishlar majmuidi. Dunyoda boshqasi bilan o‘zaro tabiiy aloqada bo‘lmagan hech narsa yo‘q. CHunki bu qonuniy va tabiiy holdir.
Aloqadorlik va bog‘lanishlar borliqning turli sohalarida har xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Jumladan:
Noorganik tabiatda: a) «elementar» zarralarning bir-birini taqozo qilishi va aks ta’siri; b) planetalarning bir-birini tortib va itarib turishlari;
Organik tabiatda: a) tirik organizmlarning modda almashinuvi; b) tirik organizmlar bi­lan tabiiy muhit o‘rtasidagi bog‘lanishlar; v) o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zaro aloqadorligi; g) hayvonlar va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar va h. k;
Jamiyatda: jamiyat va tabiat; b) jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti; v) jamiyat ishlab chiqarish usuli tomonlari: ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari; g) jamiyatning iqtisodiy bazisi va ustqurmasi; d) jamiyat iqtisodiy strukturasi elementlari; e) jamiyat va shaxs orasidagi munosabatlarda ko‘rinadi.
Tafakkurda: a) bir butun tafakkur jarayoni, tafakkur shakllari; b) tafakkur shakllari va qonunlari; v) tafakkur va borliq;
Bilish jarayonida: a) hissiy bilish va aqliy bilish; b) bilish bosqichlari va bilish shakllari; v) bilish va borliq o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarda ifodalanadi.
Borliqning aniq sohalariga oid bu aloqadorliklarni turli aniq fanlar o‘rganadi. Bunda har bir fan sohasiga oid aloqadorliklar zanjiridan hali ma’lum bo‘lmagan yangi bir tur aniqlanishi va oraliq sohalarni o‘rganuvchi yangi fanlar paydo bo‘lishi mumkin. Masalan: biofi­zika, biomexanika, fizikaximiya, geofizika, matema­tik lingvistika, matematik mantiq ...
Dialektika borliq va uning turli ko‘rinishlariga xos eng umumiy aloqadorlik va bog‘lanishlar mohiyatini ochib beradi. Dialektikada ularning uch turi mavjud: 1) uni­versal, 2) strukturaviy, 3) deterministik aloqador­lik.


1 Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93.

2 Джемс У. Зависимость верқ от воли. – СП(б).: 1994. –С. 35.

3 Қаранг: Вернадский В.И. Химическое строение бисферқ Земли и ее окружения. – М.: 1965. – С.328

4 Прогресс (лотинчи progress сузидан олинган бўлиб, янгининг ривожи, олдинга томон ҳаракат, ривожланишда қуйи босқичдан юқори босқичга ўтиш. дегани) — илгарилаб борадиган тараққиёт.

5Регресс (лотинча regress — сўзидан олинган бўлиб, орқага томон ҳаракат, қайтиш дегани) — салбий томон ўзгариш, ортта қайтиш, юқоридан қуйи томон бориш.

6Дифференциация (лотинча differentia — сўзидан олинган бўлиб, бўлиниш, парчаланиш, тармоқланиш, фарқланиш маъноларини билдиради) — ривожланиш жараёнида нарса на ҳодисаларнинг турли кўриниш ва шаклларга кириши.

7Интеграция (лотинча integratio — сўзидан олинган бўлиб, бир бутун ҳолга келиш, бирикиш каби маъноларни билдиради) — ривожланиш жараёни­да турли қисмларга бўлинган нарса ва ҳодисалар томонларининг қайтадан бирикиши.

8 Софистики (юнонча: sоpism — атайлаб хато асослар асосида, кўп маъноли сўзларга асосланиб фикр юритиш) — билиб туриб, хато асослардан ёлғон хулоса чиқаришдир. Бу ерда суфийлик фалсафаси эмас, балки ўрта асрларда Европада кенг тарқалган алоҳида фалсафий таълимот назарда тутилали.

9 Эклектика (юнонча: еklegein — танлайман, дегани) — турли қарама-қарши назарияларни қарашларни аралаш-қуралаш қилиб юборувчи тафаккур усули.

10 Догматика (юнонча сўз бўлиб ўзгармас, қотиб қолган, ақида дегани) — конкрет шарт-шароитларни ҳисобга олмай қўлланиладиган қоида, принцип, фикрдир.

11Ислом Каримов. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. Т., «Ўзбекистон», 1992, 10-бет.

Download 64.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling