Mavzu: Borliq va rivojlanish falsafasi
Dialektik tafakkur va uning muqobillari: sofistika, eklektika
Download 64.47 Kb.
|
2-Mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sofistika 8
Dialektik tafakkur va uning muqobillari: sofistika, eklektika,
dogmatika, metafizika, sinergetika. Dialektika bilishning umumiy usuli sifatida dunyoga dialektik qarashni vujudga keltirgan. Dunyoga dialektik qarash – barcha narsa-hodisalar, inson bilishini o‘zaro aloqadorlik va bog‘lanish, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi, eskining o‘rnini yangi egallashi, xullas, «o‘z harakati», o‘zgarib va rivojlanib turishi, paydo bo‘lib va yo‘q bo‘lib turishida, ayni vaqtda hamma narsa o‘zaro munosabatda, deb tushunishdir. Dunyoga dialektik qarash dialektik tafakkurni yuzaga keltiradi. Dialektik tafakkur inson tafakkuri taraqqiyotining nisbatan yuqori bosqichiga xos: borliqdagi narsa-hodisalar asli qanday bo‘lsa, ularning sub’ekt miyasida xuddi shunday muayyan fikr shaklida aks etishidir. Dialektik tafakkur tabiatshunoslik va ijtimoiy fikr taraqqiyoti bilan o‘zgarib, rivojlanib boradi. Dialektik tafakkur usuli o‘z mohiyatiga ko‘ra sofistik, eklektik va metafizik-dogmatik tafakkur usullaridan tubdan farq qiladi. Ular dialektik tafakkur usulining muqobillari bo‘lib, har birining inson tafakkuri jarayonida o‘z o‘rni bor. Sofistika8dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta asrlarda, ayniqsa keng tarqaladi. Qadimgi davr yunon falsafasida biror xunar yoki bilim sohasini mukammal egallagan kishilar sofistlar, deb atalgan. O‘rta asrlarga kelib, notiqlik, donishmandlik, bilimdonlik bilan nom chiqargan, turli omonim so‘zlar asosida kishilarning boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini chalg‘itadigan kishilar ham sofistlar, deb nom oldi. Sofistik tafakkur usuli muhokama jarayonida bilib turib, atayin yolg‘on asoslardan yolg‘on xulosalar chiqarishdir. SHu bois Forobiy sofistikani «yolg‘ondakam donolik» deydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli yolg‘onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan adashtiradi. Sofistika ijtimoiy ildizlarga ega. Haqiqatni atayin buzib, yolg‘on fikrni haqiqat sifatida ko‘rsatishga asoslanish doim ma’lum manfaatdan kelib chiqib qilinadi. Odatda, bunga formal mantiq qonunlari talablariga ko‘ra yondashish ham imkon tug‘diradi. Lekin sofistik tafakkur usulini faqat salbiy jihatdan qarash to‘g‘ri emas. Sababi: san’atda har xil komik vaziyatni yaratishda, badiiy tasvirda ijobiy rol o‘ynaydi. SHuningdek, dialektik tafakkurning qaror topishida uning o‘ziga xos muhim o‘rni bor. Forobiy yozganidek, mantiq qonunlariga qatiy bo‘ysuniladigan fikr jarayoni sofistik tafakkur usulidan kishini xalos qiladi. Fikr mantiqiy bo‘lishi uchun u formal mantiqdan dialektik mantiq qonunlari darajasiga ko‘tarilishi lozim. Download 64.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling