Mavzu: Bortli yuk avtomobillari, shataklagich avtomobil- lar va furgonlar


Maxsus va ixtisoslashtirilgan avtomobillar


Download 26.68 Kb.
bet5/5
Sana21.02.2023
Hajmi26.68 Kb.
#1218591
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bortli yuk avtomobillari, shataklagich avtomobil lar va furgonlar

Maxsus va ixtisoslashtirilgan avtomobillar

Bajargan ishlari tonna-kilometrlarda hisobga olinadigan maxsus avtomobillar (sisternali avtomobillar, yonilg‘i va moy quyuvchi avtomobillar va sh.o‘.) uchun yonilg‘ining me’yoriy sarfi (3) formula bo‘yicha aniqlanadi. Ishiga soatbay haq to‘lanadigan ixtisoslashtirilgan avtomobillar uchun yonilg‘ining me’yoriy sarfi, ishiga soatbay haq to‘lanadigan qo‘shimchalarni hisobga olgan holda, (5) formula bo‘yicha aniqlanadi.


Maxsus avtomobillar, ularda o‘rnatilgan uskunalar bilan quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. to‘xtab turgan holda maxsus ishlarni bajaradigan avtomobillar (avtokranlar, kompressor va burg‘ulovchi qurilmalar va shunga o‘xshash);

  2. harakatlanish jarayonida maxsus ishlarni bajaruvchi avtomobillar (qor tozalovchi, suv sepuvchi va shunga o‘xshash).

To‘xtab turganda maxsus ishlarni bajaradigan maxsus avtomobillar uchun yonilg‘ining me’yoriy sarfi quyidagicha aniqlanadi:

Qn = 0,01 × Hsc × S × (1 + 0,01 × D) × K + Hob × Tob


bu yerda:
Qn - yonilg‘ining me’yoriy sarfi, l yoki m3;
Hsc - maxsus avtomobil yo‘l bosishi uchun yonilg‘i sarfining chiziqli bazis me’yori, l/100 km yoki m3/100 km;
S - avtomobil bosib o‘tgan yo‘l, km;
D - yig‘ma me’yoriy koeffitsient, foizlarda;
Hob - maxsus uskuna ishlashi uchun yonilg‘ining sarf me’yori, l/h; Tob - uskunaning ishlash vaqti, h.
K - korreksiyalovchi koeffitsient;
Harakatlanish jarayonida ishlarni bajaruvchi maxsus avtomobillar uchun yonilg‘ining me’yoriy sarfi quyidagicha aniqlanadi:

Qn = 0,01 × (Hsc × S + Hcn × Scn) × (1 + 0,01 × D) × K (13)



bu yerda:
Qn - yonilg‘ining me’yoriy sarfi, l ili m3;
Hsc - maxsus avtomobil yo‘l bosishi uchun yonilg‘i sarfining chiziqli bazis me’yori, l /100 km ili m3/100 km;
S - avtomobil bosib o‘tgan yo‘l, km;
D - yig‘ma me’yoriy koeffitsient, foizlarda;
Hcn – harakatlanish jarayonida maxsus ishlarni bajarish uchun yonilg‘i sarfi me’yori, l /100 km;
Scn - maxsus ishlarni bajaruvchi harakatdagi avtomobilning bosib o‘tgan yo‘li, km;
K - korreksiyalovchi koeffitsient
Maxsus avtomobillar va mototsikllar haqida suhbat
Har yili Asaka va Samarqand shaharlaridagi avtomobil zavodlari konveyerlaridan minglab yangi yengil avtobillar, yuk avtomobillari va avtobuslar chiqarilmoqda. Yurtimizning yo’lovchi tashish va yuk tashish parklari chet elning eng yaxshi, qulay va zamonaviy yuk avtomobillari va avtobuslari bilan to’lib bormoqda.
Bizning xalq xo’jaligimizda avtomobil transportning ahamiyati juda kattadir. Har yili davlatimizga barcha yuklarning 90 foizi avtomobil transporti bilan tashilmoqda. Avtobuslar yordamida esa har kuni 3 milliondan ortiq yo’lovchi tashiladi.
Ko’chalarda siz tez-tez, ma’lum bir turdagi yuklarni tashishga maxsuslashtirilgan avtomobillarni uchratishingiz mumkun. Masalan, non, go’sht, un yoki sut kabi oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun maxsus yukxonali yoki sisternali yuk avtomobillariqo’llaniladi.
Qurilish uchun yuklar va qurilish – yo’l texnikasi maxsus yarimtirkamalarda (pritseplarda) tashiladi. Bu yarimtirkamalarga uylarning va binolarning panellarini yuk buldozeri va kranlarni yuklash mumkin.
Yurtimizning ko’pgina joylarida foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish uchun karyerlar mavjuddir. Bu yerda qazib olingan rudani tashib chiqish uchun o’ta kata yuk ko’tarishga mo’ljallangan maxsus o’zi ag’daruvchi kuzovli avtomobillar (samosvallar)dan foydalaniladi. Bu avtomobillar bir marta yuklanishda 180-240 tonna rudaniolib keta oladi.
Shahar ko’chalarida maxsus avtomobillarni: tez tibbiy yordam xizmati, yol harakati xavsizligi xizmati avtomobillari ham ko’pdir. Oddiy avtomobillardan farqlanishi uchun ular maxsus ranglar bilan bo’yaladi, kuzovi yoki tomiga miltillovchi chiroq o’rnatiladi.
Yuqorida ta’riflangan barcha avtomobillarni haydovchilar boshqaradilar. Haydovchilik kasbi juda faxrli va murakkabdir. Unga juda kata ma’sulyat yuklatiladi. Haydovchi yo’lovchilari va piyodalar sog’liklari, olib ketayotgan yuklari hamma unga topshiriladi avtomobilning butligi va sozliqi uchun javobgardir. Agar siz yo’l qoidalariga to’liq rioya qilsangiz va ko’chalarda odobli bo’lsangiz, haydovchilar ishiga kata yordam qilgan bo’lasiz.
Yong’inlarni o’chirish, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, militsiya xodimlarini hodisa ro’y bergan joyga yetkazish, tibbiy ofatlardan vaqtida qutqaruv ishlari olib boorish, gaz va vodoporovod quvirlarini tamirlashda maxsus avtomobillarda va vertolyotlardan foydalaniladi. Maxsus avtomobillar, vaertolyotlar va mototsikllardan transport haydovchilari yo’l qoidalariga rioya qilishi nazorat qilish uchun ham foydalanadi. Militsiya mashinalariga shu jumladan DYHXX avtomomillariga hamda qutqaruv ishlarini olib borishda ishlatiladigan avtomobillarga radio karnay o’rnatiladi.
O’t o’chiruvchilar mashinalar qizil ranga bo’yaladi. Militsiya mashinasi kuzovining yon tomonlariga zarur hollarda qong’iroq qilish uchun olti yoki yeti raqamli telefon raqamlari yoziladi. ,,Tez yordam” mashinalarining kuzoviga esa 03 raqami tushurilgan bo’lib, bu telefon orqali tez tibbiy yordam chaqiriladi.
Maxsus avtomobillar hodisa ro’y bergan joyga bergan joyga borayotganda ,,sirena” tovushi signalini ulaydilar va kuzov tepasidagi pirpirovchi chiroqni yoqadilar..
Download 26.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling