Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida amaliy topshiriqlarni yechishga o‘rgatish metodikasi


-sinf matematika darsligidagi geometrik mazmundagi amaliy topshiriqlarni yechishga o‘rgatish metodikasi


Download 0.56 Mb.
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1494494
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ismoilova Malika MO\'M kurs ishi

2.2. 4-sinf matematika darsligidagi geometrik mazmundagi amaliy topshiriqlarni yechishga o‘rgatish metodikasi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy geometrik tushunchalarni o‘zlashtirishi uchun asos yaratish va ularni o‘rganish metodikasi va o‘zlashtirish faoliyatini tashkil etish, muammoni muvaffaqiyatli hal etishda o‘qituvchining shaxsiyati, bilimi va o‘quvchilarga munosabati, metodik mahorati katta ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinflarda fazoviy munosabatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirish va ulardan geometriya elementlarini o‘rganishda foydalanish geometrik tushunchalar mazmunini o‘zlashtirishga imkon beradi, atrof-muhitini real dunyo haqidagi bilimlardan tortib, mavhum geometrik olamgacha bo‘lgan barcha ranglari bilan his qilishga olib keladi. Shu bilan birga, geometrik figuralar (shakllar) o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinishiga e'tibor berish kerak.
O‘quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, befarq qaramasligini ta’minlash har bir bugungi kun pedagogining vazifasi hisoblanadi. Matematika fanida to‘rt amalning bajarilishini o‘rgatish bilan birga shakllar, ular tuzilishi, farqini va o‘lchamini o‘rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega. Bu geometriya fanining ilk tushunchalari hisoblanadi. Bunda boshlang’ich sinf o‘qituvchisining roli nihoyatda kattadir. Geometriya 2500 yildan avvalroq paydo bo`lgan. Geometriya yunoncha so‘z bo‘lib “yerni o‘lchash” degan ma’noni bildiradi (“geo” –yer , “metrio” –o‘lchayman). Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bobil, ayniqsa Yunoniston olimlari katta hissa qo‘shdilar. Yer maydonlari sathini o‘lchash, ariqlar o‘tkazish, turli ko‘rinishdagi idish, savatlar, omborlarga qancha suyuqlik, don va boshqa mahsulotlar sig‘ishini bilish zaruriyati geometriyaga oid dastlabki ma’lumotlarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Boshlang’ich maktabda matematika ta’limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarda qo‘llash hamda ta’limning ikkinchi bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Matematika bo‘yicha standart ko‘rsatkichlari bolalarda natural sonlar va nol to‘g’risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni qo‘llay olishda o‘rgatish, eng sodda geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish hamda og’zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazardan izohlanadi. Agar o‘quvchiga fazoviy tasavvurlar yaxshi shakllansa, har qanday qiyinchilikdagi masalalarni soddagina yechish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fazoviy tasavvurlar rasm chizmachilik, steriometriya masalalarini yechishda shakllanadi, ba’zan o‘quvchilar ayni bir figuraning turli ko‘rinishlarida tasvirlangan hollarini birbirlaridan farqlay olmaydilar. Bunda o‘qituvchi faoliyati muhim o‘rin tutadi. Bitta obyektni turli xil ko‘rinishlari ustida fikrlash, o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va tafakkurlarni shakllantiradi. Fazoviy tasavvurlarni shakllantirish o‘quvchilarning konstruksion texnologik tafakkurlarini shakllantiradi. Shuningdek, steriometrik figuralarni kesma holida chizmalarda qaralishi fazoviy tasavvurlarni shakllantiradi.
Ma’lumki, o‘quvchilarning geometrik tasavvurlarini shakllantirish bo‘yicha faoliyati bolalarda geometrik tasavvurlarning shakllanishiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Ta’riflar tushunchalarni o‘zlashtirishdagi asosiy faoliyatlardan biridir. Biroq, boshlang‘ich sinflarda geometrik tushunchalar bilan tanishishda ta’riflardan foydalanish chegaralari aniqlanmagan, chunki ular turli ko‘rinishlarda har xil bo‘lishi mumkin. Boshlang‘ich maktab amaliyotida ikki xil kamchilik mavjud: ta’riflarning haddan tashqari ko‘pligi yoki to‘liq yo‘qligi. Bu ham ta’limni samarasiz qiladi. Geometrik elementlarni o‘rgatishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin, masalan: geometrik modellashtirish, qog‘oz, tayoq, plastmassa va iplardan figura (shakl) maketlarini yasash, qog‘ozga geometrik shakllarni chizish-bolalar ongida geometrik tasvirni shakllantirish omili bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o‘lchami va joylashishini hisobga olmagan holda, shakllar bolalar ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik xususiyatlarini) aniqlay oladigan tarzda tanlanishi kerak. O‘quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata olishlari uchun bularga e’tibor qaratish lozim. Ushbu shakllar tasavvurni to‘g‘ri qilishga yordam beradi. Masalan, to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakni o‘rganish jarayonida bolalar uning ikkita asosiy xususiyatini-bu to‘rtburchak va burchaklari to‘g‘ri ekanligini tushunishlari kerak. O‘qituvchi shunday tushuntirishi kerakki, u o‘quvchilarga tushunarli va qiziqarli bo‘lishi kerak. Masalan: O‘qituvchi - Mening qo‘limda sariq karton shakli bor. Uning 4 tomoni, 4 balandligi va 4 burchagi bor, uning barcha tomonlari to‘g‘ri burchakli. Bu shakl qanday nomlanadi? (Bu to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak). Bunda doskaga turli rangdagi to‘g‘ri to‘rtburchakli rasmlar osilib, o‘quvchilarga ko‘rsatiladi. Keyin o‘qituvchi doskaga qo‘shimcha figuralarning rasmini qo‘yadi va bolalarga rasmlar asosida savollar beradi, masalan:
- Bu shakllar nima deb ataladi? 
- Nega bunday deyiladi? Kabi.
Bolalarga quyidagi vazifani berish mumkin: doskaga uchta kvadratni osib qo‘ying. O‘quvchi ularning tomonlarini o‘lchashni va ularni bir-biriga solishtirishni taklif qiladi, bolalar o‘z tomonlarini o‘lchaydilar va kvadrat uchga teng ekanligini bilishadi.
O‘quvchilarga geometrik figuralarni o‘rgatish metodikasi.
Fanni o‘qitishning vazifalari:
1. Nuqta, kesma, burchak, ko‘pburchak, to‘rtburchak, kvadrat kabi shakllar haqida aniq tasavvur hosil qilish.
2. Chizma asboblari bilan va chizmasiz geometrik figuralarni yaratish bo‘yicha amaliy tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirish.
3. O‘quvchilarning tasavvurlarini shakllantirish.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarini shakllantirish metodikasida yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar alohida qo‘yilgan va u quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1-bosqich (tayyorgarlik) - Bolalarning geometrik shakllar haqidagi umumiy g‘oyalarini aniqlash (bolalar hayotiy tajribasi, amaliy ishlarni bajarish).
2-bosqich - o‘quvchilar bilan amaliy ishlar asosida ulardagi geometrik figuralar haqida tasavvur hosil qilish.
3-bosqich - O‘rganilgan materialni xotirada mustahkam saqlash, maxsus tanlangan mashqlar va shakllar yasashga oid masalalarni bajarish.
O‘quvchilar 10 ga qadar bo‘lgan sonlarni o‘rganish jarayonida geometrik figuralar haqida yana bir bor umumiy tasavvurga ega bo‘ladilar. Dastlab, bu raqamlar (doira, uchburchak, kvadrat va olti burchakli) mavzu materiali sifatida ishlatiladi. Unda bolalar hisoblashadi - bunday shakllardan foydalangan holda kitoblar, masalan, 3 kvadrat, 8 doira, 5 uchburchak, katta yoki kichik uchta burchak; qizil yoki ko‘k doiralar hisoblash yo‘li bilan olib tashlanadi. Yosh maktab o‘quvchilarida geometrik tasavvurni shakllantirish metodida ma’lum shakldagi real ob’ektdan uning tasviriga yoki tasvirdan real ob’ektga o‘tish zarur. Geometrik elementlarni o‘rgatishning yuqoridagi usullaridan, masalan, qog‘oz, tayoq, plastmassa va iplardan shakllar yasash, qog‘ozga geometrik shakllarni chizish bolalar ongida geometrik tasvirni shakllantirish omili bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata olishlari uchun bularga e’tibor qaratish lozim. Ushbu shakllar tasavvurni to‘g‘ri qilishga yordam beradi. Maktab geometriya kursida uning asosiy tushunchalari sinfdan-sinfga o‘zgarib turadi, masalan, kesma, burchak, ko‘pburchak kabi tushunchalar noaniq tushunchalar guruhiga kiradi. Shunday ekan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun Uchburchak nima? degan savol berish o‘rinsiz bo‘ladi. Ammo bu savolga boshqa shaklda, uchburchak haqida nima deya olasiz? deb aytsak, bolalar o‘z bilimlari doirasida savolga javob berishlari mumkin (uchburchakning uchta burchagi va uchta tomoni bor deya).
4-sinf matematika darsligidagi geometrik mazmundagi amaliy topshiriqlardan namunalar keltirib o‘tsam:
667-misol. [4, 107-bet.]

667-misolda berilgan rasm asosida to‘g‘ri to‘rtburchakning perimetrini topishni tushuntiramiz. Chizg‘ich yordamida o‘lchab keyin esa shunday perimetrdagi to‘g‘ri to‘rtburchak chizishlarini tushuntiramiz.
464-misol. [4, 107-bet.]

Bu misolda to‘g‘ri to‘rtburchak yuzasidan kelib chib uning tamonlari topilishi kerakligi tushuntiriladi.
802-misol. [4, 176-bet]

802-misolga ko‘ra o‘quvchilar burchak tushunchasiga ko‘ra egallagan bilimlarini mustahkamlaydilar.
420-misol. [4, 95-bet.]

420-misol orqali o‘quvchilar chizg‘ich yordamida o‘lchashni va shakllarning yuzasini topishni o‘rganadilar.
425-misol. [4, 97-bet.]

425-misol quyidagi namuna asosida tushuntiriladi va ishlanadi:
424-misol. [4, 97-bet.]

Paletkalar yordamida shakllar yuzasini hisoblashni o‘rgatishda o‘quvchilarga turli ko‘rsatmali vositalar orqali tushuntirish yaxshi samara beradi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling