Mavzu: Boshlangʻich sinf matematika darslarida daftar bilan ishlash


Boshlang’ich sinf darslarida ijodiy qobiliyatlarni shakklantirish


Download 70.74 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi70.74 Kb.
#1528993
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
fotimaxon

2.2.Boshlang’ich sinf darslarida ijodiy qobiliyatlarni shakklantirish
Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joylarida kichik va uzoq aholi yashaydigan punktlar mavjud bo‘lib, bujoylarga bir sinfga belgilangan normadan anchagina kam bo‘lgan 7 yoshli bolalar bo'lganda oz komplektli maktablar ochiladi. Bu shunday maktabki, unda bir o‘qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ishlaydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha cfquvchi bo’lishi mumkin.
Bir o‘qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlavdigan maktab bir komplektli maktab dyeyiladi. Ikkita o‘qituvchi, uchta (ba’zan to'rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab dyeyiladi. Ikki komplektli maktablarda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu variantlarini amalga oshirish mumkin:
1- va 2 - sinflarni bir komplektli qilib birlashtirish (bu holda birinchi sinf bilan uchinchi sinf o‘qituvchisi ishlaydi). 1- va 3-sinflarni 2- va 4- sinflarni bir komplektga birlashtirishning mos variantlarini tanlanadi. Oz komplektli maktablarda ishlash o'qituvchi va o'quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to’siqlar bilan bog‘liq:
1. O'qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o'tishi kerak. Oz komplektli maktablarda darslar bo’yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan ishlashdagiga qaraganda ko’p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta reja ustida ishlash qiyingina bo’lmay, balki bularni o’zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan, ularga optimal pedagogik samara beradigan ularni bir butun birlashtirish zarurligi bilan ham qiyindir. Bularning hammasi o'qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, yuqori darajada kuch, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat'iyatlikni talab qiladi.

2. O’quvchilarning bir necha sinfga diqqat e’tiborini taqsimlashi juda qiyin.


3. O’qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi. yoki 1/3 qismi davomida shug’ullanishga. darsning qolgan vaqtida o’quvchilar mustaqil ishlashiga to’g’ri keladi.
4. O’quvchilar mustaqil ish bajarayotganida darhol o’qituvchidan yordam olish niyatidan mahrumdirlar, chunki bu vaqtda o’quvchi boshqa sinf bilan band bo’ladi.
5. Bir sinf o'quvchilari, ayni vaqtda o’qituvchi rahbarligida ishlayotgan boshqa sinf o’quvchilarining halaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak. Shunga qaramay oz komplektli maktab o’quvchilari
uchun bir qator afzalliklari ham mavjud.
1. Sinf o’quvchilari sonining kamligi (ba‘zan 2-3 ta o'quvchi). Bu o’qituvchiga tez-tez so’rab turish, o’quvchilar bilimlaridagi kamchilliklarni topish va ularni tuzatish imkoniyatlarini beradi.
2. Oz komplektli maktablarda o’quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi. u bu daftarlar orqali o'quvchi qandav va nimadan qiynalavotganini oson aniqlaydi.
3. Oz komplektli maktablar maktab xususiyatiga ko’ra o’quvchi darsning taxminan 1/3 qismidamustaqil ishlashga to’g’ri keladi. Buning o’quv maqsadlaridan tashqari, kata tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, qiyinchiliklarni bartaraf qilishi malakasi tarbiyalanadi.
4. Yuqori sinf o’quvchilari quyi sinf o’quvchilariga
yordam berishlari mumkin, chunki ular har kuni bir sinf xonasida birga bo’lishadi.
Darslarni rejalashtirish ta’liam oz komplektli maktablarda ish tashkil qilishni aniqlab beruvchi omillardan biridir. Bu rejalashtirish esa bar xil ishlarni bir necha sinf bir vaqtda bajarishni ta’minlashdan iborat. Dars jadvali tuzish to'g'risidagi keng tavsiyalar shuni ko’rsatmoqdaki, bunga binoan 1-yarim yillikda har kuni
oldingi 1-2 dars faqat 1-sinf bilan o‘tkaziladi. Bunga kundalik darslar sonini 6 taga yetkazish yo’li bilan erishib bo‘ladi. Buning uchun darslar vaqtini 30 minutgacha qisqartirish kerak bo’ladi.
Hamma narsadan oldin oz komplektli maktablarda sinf doskasi o’lchamini kattalashtirish kerak. Buning sababi bir necha sinf bilan ishlash sharoitida doskaga, birinchidan bir necha topshiriq materiallari yoziladi va ikkinchidan, bir necha sinf uchun yoziladi. Shu bilan birga topshiriqlar umumiy maktabdagiga qaraganda to‘laroq bayon qilinadi. Chunki, o‘quvchilar ulardan o‘qituvchining tushuntirishlarisiz foydalanishlari kerak.
Oz komplektli maktabda o‘quvchilarni o‘qitishda har xil jadvallar ham muhim ro’l o’ynaydi. Bunda asosan umumiy ta’lim maktablari uchun mo’ljallangan jadvallarning (spravochnik, instruktiv, o‘rgatuvchi jadvallarning)
o’zidan foydalanish mumkin. Oz komplektli maktablar uchun ma’lumotlari o’zgartiriladigan jadvallarning ahamiyati ayniqsa katta. Masalan.
sodda masalalarning (murakkab masalalarning) qisqa yozuvlari namunalarini o’z ichiga oladigan jadvallarni cho’ntakli qilib tayyorlash maqsadga muvofiq
Buyuk kelajak taraqqiyoti tomon odim otayotgan mamlakatimizda kadrlar masalasi yosh avlod tarbiyasi birinchi o‘rindagi muhim masalalar qatorida turibdi. Zeroki o‘zbekiston ravnaqi kelajagi shu yoshlar, ya’ni kadrlar qo‘lida ekan, jamiki e’tibor ularni hur fikrli bo‘lishi, jahon ta’lim standartlariga mos kela oladigan ta’lim olishi buyuk kelajak uchun qo‘yilayottan mustahkam poydevordir. Buning uchun esa avvalo ta’lim sifatini jahon andozalariga mos ravishda oshirish lozimdir. Bu borada boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematika darslarida ijodiy ishlashga o’rgatish ham hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Ijodkorlik - bu aqliy faoliyatning eng yuqori darajasi, mustaqillik, yangi, o’ziga xos narsalarni yaratish qobiliyati. Ijodiy imkoniyatlar nafaqat aqliy qobiliyatga, balki ma’lum belgilar xususiyatlariga ham bog’liq. Insonning ijodiy kuchlarining kelib chiqishi bolalik davridan boshlanadi - bunda ijodiy namoyishlar o'zboshimchalik va hayotiy ahamiyatga ega bo’lmagan davrga to'g'ri keladi. Boshlang'ich sinf o’quvchilari kutilmagan taqqoslashlar, g’ayrioddiy taxminlar bilan ajralib turadi. Taklif etilayotgan aqliy ishning juda yangiligi sezgi, o'ziga xos aqliy tashabbusni talab qiladi. Bolada ko’plab noma’lum narsalarni kashf etishga, turli xil faoliyat turlarida asl, nostandart echimlarni izlashga to’g’ri keladi.
Ijodkorlikning asosiy mezonlari:
1. Fikr ravonligi - muayyan vaqt birligida vujudga keladigan g’oyalar soni, g’oyalarni yuzaga keltiradigan qulaylik.
2. Fikrning moslashuvchanligi - bir fikrdan boshqasiga o’tish qobiliyati.
3. O’ziga xoslik - umumiy qabul qilingan stereotiplardan farq qiladigan g’oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati, stimullarga nostandart tarzda javob berish qobiliyati.
4. Qiziquvchanlik - muammolarga, atrofdagi vaziyatlarga sezgirlik, retseptivlik – g’ayrioddiy tafsilotlarga, qarama-qarshiliklar va noaniqliklarga sezgirlik, bir fikrdan boshqasiga tezda o'tishga tayyorlik.
5. Gipotezani ishlab chiqish qobiliyati - aniq fikr, keyinchalik uni sinchkovlik bilan tekshirish kerak.
6. Qoniqish - ijodkorlik natijasi, reaktsiyalarning stimullardan mantiqiy mustaqilligi, muammolarni hal qilish, tahlil qilish va sintez qilish qobiliyati. Ijodkorlikni rivojlantirib, o’quvchilar turli yo’nalishlarda o’ylashni, muammoli vaziyatni turli tomonlardan tahlil qilishni, noodatiy vaziyatlarda echim topishni, aqliy faoliyatning o’ziga xosligini rivojlantiradilar. Iqtidorli shaxs qobiliyatning yana bir ko‘rinishi - bu ijodiy qobiliyat sanaladi.
Kuzatuvchanlik, xotiraning mustahkamligi, obrazli tasavvur hosil qilish, ijodkorlik (kreativlik), mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, yangiliklar yaratishga intilish, izlanuvchanlik, o‘z-o‘zini tanqidiy baholash, fantaziyaga boylik, eng oddiy unsurlarni ham ilg‘ay olish kabilar ijodiy qobiliyatga ega shaxsga xos sifatlardir. Ijodiy qobiliyatni rivojlantirish doimiy ravishda badiiy asarlarni o‘qib borish, kino, teatr, musiqa, hunarmandchilik va tasviriy san’at namunalari bilan tanishish, asarlardan bahramand bo‘lish, ularga nisbatan shaxsiy baho berish hamda ko‘proq tabiat qo‘ynida bo‘lish asosida rivojlanib boradi. Ijodkorlik (kreativlik) ijodiy qobiliyatga ega shaxs faoliyatining muhim jihati bo‘lib, u avval mavjud bo‘lmagan sifatiga ko‘ra yangi sanaluvchi narsalarni yaratishni ifodalaydi. Ijodiy qobiliyat namoyon bo‘lishi va natijasiga ko‘ra betakror, o‘ziga xoslik, shu bilan birga ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega faoliyat mazmunini aks ettiradi. Shaxsda ijodkorlik (kreativlik) sifatlari muayyan shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan sharoitlardagina rivojlanadi. Masalan, tanqid erkinligi, ijodiy munozara, fikrlar almashinuvi va ular o‘rtasidagi o‘zaro kurash, ijodiy qobiliyat, iqtidorni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Pedagogik-psixologik va falsafiy yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar shaxs tomonidan tashkil etiluvchi ijodiy faoliyat bir necha bosqichda kechishini asoslab bergan. Jumladan, 1924 yilda angliyalik olim G.Uolles mazkur jarayonning quyidagi to‘rt bosqichdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tgan 1) tayyorgarlik; 2) g‘oyalarning tug‘ilishi; 3) ularning to‘la aks etishi; 4) tekshirib ko‘rish (nazorat). G‘oyalarning tug‘ilishi va ularning aks etishi ijodiy jarayonning ongli-irodaviy boshqaruvga egaligini anglatmaydi. Aksincha, ijodiy faoliyat ko‘p holatlarda beixtiyoriy, tasodifan amalga oshiriladi.
Ana shu jihatiga ko‘ra ko‘pchilik tadqiqotchilar bu jarayonning yetarlicha samarani ta’minlay olishiga shubha bildiradilar. Biroq, keyingi 30-20 yil ichida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar beixtiyorlik, tasodifiylik ixtiyoriy va ongli faoliyatni to‘ldirib turishi isbotlandi. Ijodkor shaxs ijod jarayonida garchi fikr harakatining umumiy holati (o‘ylab topish vaziyatlari, kashf etish, kutilmagan qarorlarni qabul qilish va hokazolar)ni kuzatib borsa-da, o‘z-o‘zini nazorat qilmaydi. F.Galton tomonidan shaxs alohida qobiliyatga ega bo‘lgandagina ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi mumkinligi to‘g‘risidagi qarashni ilgari surgan va ijodkor shaxsga xos bo‘lgan pedagogik-psixologik sifatlar o‘rganilgan. Biroq, F.Galton hamda daholik va uning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etuvchi Ch.Lombrozoning qarashlari keskin tanqid ostiga olingan. O‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab esa shaxs qobiliyati, iqtidori va salohiyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish hamda yondashuv ilm-fan va texnika taraqqiyoti tufayli keskin o‘zgardi. Chunki, unga qadar maxsus testlar inson aqliy qobiliyatini past darajada baholar va o‘ziga xoslik, nostandart tafakkur namoyon bo‘lgan vaziyatlarda ijodiy qobiliyat darajasini baholay olmas edi. Ijodiy qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxsda esa quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi: Ijodiy qobiliyati yuqori bo‘lgan shaxs sifatlari tavakkal qilish qobiliyati boy tasavvurga egalik falsafiy fikrlash qobiliyati ichki sezgining rivojlanganligi fikr yuritish va harakatni tashkil etishdagi tezkorlik turli vaziyatlarni birdek qabul qilish va ularga javob berish qobiliyati tafakkur tezligiga egalik Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik yangilik yaratish layoqatiga egalik o‘ziga xos (orginal) g‘oyalarni ilgari sura olish qobiliyati Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida ijodiy qobiliyatni shakllantirish ta’lim-tarbiya jarayonining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Zero, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at, mehnat va musiqa o‘qituvchilari sifatida ularning ijodiy qobiliyatga ega bo‘lishlari muhim ahamiyatga egaBoshlang‘ich ta’limning faol va yetakchi sub’ektlari bo‘lgan o‘quvchilarning yosh va pedagogik-psixologik xususiyatlari, shuningdek, tasviriy san’at, mehnat, musiqa va jismoniy tarbiyaning o‘ziga xos jihatlari o‘qituvchidan ijodiy yondashuvni talab qiladi. Shaxsning hissiy qobiliyatga egaligi uning atrofdagilar bilan ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tashkil eta olishiga imkon beradi. Zero, bu qobiliyat nafaqat o‘zligini tushunish, shu bilan birga atrofdagilarning o’y-xayollari, ichki kechinmalari, orzu-o‘ylarini tushunish, ularni his qila olish, ruhan yaqin bo‘lishiga imkon yaratadi. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarining hissiy qobiliyati va ijodiy qobiliyatiga ega bo‘lishlari esa ta’lim-tarbiya jarayonining faol sub’ektlari – o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning mo‘tadil kechishini ta’minlaydi va yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etishga yordam beradi. Har bir o‘quvchining individual xususiyatini inobatga olish va unga muvofiq yondashish, shuningdek, o‘quvchilarning xatti-harakatlarini to‘g‘ri tushunish, aytayotgan so‘zlariga ishonch bildirish kerak.

XULOSA.
Buyuk kelajak taraqqiyoti tomon odim otayotgan mamlakatimizda kadrlar masalasi yosh avlod tarbiyasi birinchi o‘rindagi muhim masalalar qatorida turibdi. Zeroki O‘zbekiston ravnaqi kelajagi shu yoshlar, ya’ni kadrlar qo‘lida ekan, jamiki e’tibor ularni hur fikrli bo‘lishi, jahon ta’lim standartlariga mos kela oladigan ta’lim olishi buyuk kelajak uchun qo‘yilayottan mustahkam poydevordir. Buning uchun esa avvalo ta`lim sifatini jahon andozalariga mos ravishda oshirish lozimdir.
Bu borada boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematika darslarida ijodiy ishlashga o’rgatish ham hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ijodkorlik - bu aqliy faoliyatning eng yuqori darajasi, mustaqillik, yangi, o’ziga xos narsalarni yaratish qobiliyati. Ijodiy imkoniyatlar nafaqat aqliy qobiliyatga, balki ma’lum belgilar xususiyatlariga ham bog’liq. Insonning ijodiy kuchlarining kelib chiqishi bolalik davridan boshlanadi-bunda ijodiy namoyishlar o’zboshimchalik va hayotiy ahamiyatga ega bo’lmagan davrga to’g’ri keladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari kutilmagan taqqoslashlar, g’ayrioddiy taxminlar bilan ajralib turadi. Taklif etilayotgan aqliy ishning juda yangiligi sezgi, o’ziga xos aqliy tashabbusni talab qiladi.

Download 70.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling