Birinchidan, grafik tasvirlarning turini belgilab olish;
Ikkinchidan, grafik tasvirlarning grammatik mavzular bo’yicha izchil tizimini ishlab chiqish;
Uchinchidan, grafik tasvirlardan ta’lim jarayonining qaysi bosqichida foydalanish zarurligini belgilab olish;
To’rtinchidan, grafik tasvirlardan foydalanish usulini ishlab chiqish. Hozirgi kunda grafik tasvirlardan tovush ifodasi bo’lgan katakcha , bo’g’in
ifodasini, so’z ifodasi, o’zak, qo’shimchalar ifodasi, gap ifodasi,gap bo’laklari ifodasi mavjud.
Ko’rinadiki, grafik tasvirlardan ona tilidan o’rganiladigan barcha mavzularda foydalanish mumkin. Buning uchun grafik tasvirning izchil sistemasini ishlab chiqish lozim. Ishlab chiqilayotgan grafik tasvirli topshiriqlar ko’zlangan ta’limiy maqsadga yo’naltiriladi. Grafik tasvirlari yangi nazariy qoidani o’rganishda, mustahkamlashda qo’llab ko’rdik. Ular mavzuni yaxshi o’zlashtirishlariga katta yordam berdi.
Masalan, 4- sinfda ot turkumini o’rganish jarayonida asosiy ta’limiy maqsad
o’quvchilarning ot turkumiga oid so’zlarni o’z so’ziga aylantirish, ularning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanishga o’rgatish bo’ldi. Buning uchun quyidagi tizimdagi grafik tasvirlardan foydalanildi:
1. Yil fasllarining nomi, harakati, belgisi ham adashdi.Sxemalariga
qarab, kim birinchi ularni tartiblashtiradi?
Oppoq, yoz, yog’adi, qish, kuz, bahor, muzlaydi, ko’karadi, yashil, isiydi,
issiq, sarg’ayadi, to’kiladi, sariq.
2. O’zingizga yoqqan fasl haqida matn tuzib yozing. ( o’quvchilarga
matn sxemasi berilishi mumkin) Kim sxemalarni tez to’ldiradi?
Yil qaysi fasl bilan boshlanadi?
Qishda qushlar qayoqqa uchib ketadi?
So’zlardan sxemaga mos gap tuzing. (Sxemalar tavsiya etiladi)
Qor, qish, oppoq, oq, choyshabga, yerni, o’ragan, keldi.
Gapni birikmalarga ajrating.
Rasmlarni kuzating. Ularni biror tartibda qo’ying. Ulardan bir voqeani ifodalovchi hikoya tuzish mumkin bo’lsin.Ikkala guruhga bir xil rasmlar beriladi. Hikoya yuzasidan grammatik topshiriqlar ham beriladi. Ularning ijodiy ishlari taqqoslanadi va baholanadi.
“Kim ko’p so’z tuzadi?“ o’yini. Kartochkalarga bosma harflar tarqoqlikda yozib qo’yiladi. O’quvchilar shu harflar ishtirok etgan so’z tuzadilar. Bu o’yin kompyuter dasturiga ham kiritilishi mumkin.
1. Berilgan harflar ishtirokida otlar tuzib yozing.
2. Berilgan harflar ishtirokida sifatlar tuzib yozing.
3. Berilgan harflar ishtirokida fe’llar tuzib yozing.
4. Berilgan harflar ishtirokida turli turkumga oid so’zlar tuzib yozing. Kartochkalardan namunalar:
T X N O A B L K I U
Do'stlaringiz bilan baham: |