Mavzu: boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida so’z turkumlarini o’rgatish metodikasi


Download 112.75 Kb.
bet1/5
Sana22.06.2023
Hajmi112.75 Kb.
#1648245
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO’Z


MAVZU: BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO’Z TURKUMLARINI O’RGATISH METODIKASI
MUNDARIJA:
kirish……………………………………………………...…………………3
I Bob. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO’Z TURKUMLARINI O’RGATISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so`z turkumlari bo`limini o`qitishning metodologik asoslari………………………………………………………..…………5
1.2. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so`z turkumlarini o`qitishda interfaol metodlarning ahamiyati………………………………………………………………..9
II Bob. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO’Z TURKUMLARINI O’RGATISH METODIKASI
2.1. Ona tili darslarida sifat so‘z turkumiga oid ilmiy tushunchalarni o’zlashtirish jarayonini integratsion usul bilan amalga oshirish……………………...………….…14
2.2. 3-sinf ona tili darsida sifat so‘z turkumini o’rgatish metodikasi ………….19
XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………………….……29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……….…………...…31

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. So‘z turkumlarini belgilashda so‘zlarning sintaktik funksiyalari bilan birgalikda morfologik belgilari, xususan, so‘z o‘zgarish xususiyatlari hamda semantikasi ham e’tiborga olindi.
O‘zbek tili grammatik qurilishini ilmiy o‘rganish boshlanishi bilanoq, so‘z turkumlari, ularning tarkibi va sirasi haqidagi qarashlar paydo bo‘lgan. Bu borada rus turkologlari M.Terentev, I.A.Belyaev kabilarning anchagina xizmatlari bor. Ammo ular bu sohadagi boshlang‘ich ishlar bo‘lganligi va ko‘proq amaliy maqsadlarni nazarda tutgani bois berilgan nazariy ma’lumotlar kam asoslangan va xilma-xil edi.
Keyinchalik professor A.Fitrat, Q.Ramazon, X.Qayumiylar, yanada keyinroq O.Usmon, B.Avizovlarning tadqiqotlarida so‘z turkumlariga berilgan ilk ta’riflar, ularni tasnif qilish usul va mezonlari borasidagi ma’lumotlar yuzaga keldi.
Yuksak ma'naviy ahloqiy qarashlarni o’zida mujassam etgan barkamol shaxsni yetishtirish, milliy qadriyatlarni saqlab qolish, o’sib kelayotgan yosh avlodni sog’lomligini mustahkamlash va ijobiy hal qilish uchun hukumatimiz rahbarlari barcha imkoniyatlarni yaratmoqdalar.
Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlispalatasining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida: “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og’ishmashdan qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz , balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko’taramiz.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bolib , kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuchi va imkoniyatlarini safarbar etamiz” deya ta’kidladilar.
Maktabda ona tilini chuqur o'rganish zaruriyati ona tilining jamiyatdagi bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Til jamiyat a'zolarining bir -biri bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabat til orqali amalga oshadi. Kishilar o'z his-tuyg'ulari, kechinma va holatlarini taassurot va tasavvurlarini til vositasida ifodalaydilar. Umumiy ta'lim tizimida ona tili asosiy va markaziy o'ringa ega. Ayniqsa, umumiy o'rta ta'limning asosi, poydevori bo'lgan boshlang'ich sinflarda ona tili yetakchi mavqeda turadi.
Yosh avlodda fikrlash va fikrni to'g'ri ifodalay olish ko'nikmasini hosil qilish va rivoj toptirish, ularga ona tilining qonun -qoidalarini singdirish, bu qonun-qoidalarni amalda qo'llay bilishni o'rgatish, ularni savodxonlik bilan to'g'ri va chiroyli yozish, to'g'ri talaffuz, ifodali nutq.

Download 112.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling