Mavzu: boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida so’z turkumlarini o’rgatish metodikasi
II Bob. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO’Z TURKUMLARINI O’RGATISH METODIKASI
Download 112.75 Kb.
|
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO’Z
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. 3-sinf ona tili darsida sifat so‘z turkumini o’rgatish metodikasi
II Bob. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO’Z TURKUMLARINI O’RGATISH METODIKASI
2.1. Ona tili darslarida sifat so‘z turkumiga oid ilmiy tushunchalarni o’zlashtirish jarayonini integratsion usul bilan amalga oshirish “Ot” mavzusini o’rganish tizimi maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, bunda shu so’z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog’liqlikda o’rganiladi, shuningdek, otdan nutqda to’g’ri foydalanish va to’g’ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi. Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o’rganish vazifalari, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o’rganish izchilligi belgilangan. Boshlang’ich sinflarda otni o’rganish vazifalari quyidagilar: 1)“ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish; 2) kim? so’rog’iga javob bo’lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so’rog’iga javob bo’lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko’nikmasini hosil qilish; 3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo’yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko’nikmasini shakllantirish; 4) otlarda son (otning birlik va ko’plikda qo’llanishi) bilan tanishtirish; 5) otlarni egalik qo’shimchalari bilan to’g’ri qo’llash ko’nikmasini shakllantirish; 6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish; 7) o’quvchilar lug’atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o’rinli foydalanish malakasini o’stirish; 8) so’zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish. Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o’zaro bog’liq holda hal etiladi. SHu bilan birga, “Ot” mavzusini o’rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo’lgan bir vazifani hal qilishga ko’proq ahamiyat beriladi. Masalan, I-II sinflarda so’z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so’roqlari) o’rganiladi, III sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko’plikda qo’llanishini o’zlashtirishga ahamiyat beriladi. IV sinfda otning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarining yozilishini o’rganishga e’tibor qaratiladi. O’quvchilarning nutqi va tafakkurini o’stirish vazifasi esa mavzuni o’rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o’rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o’quvchilar lug’atini boyitishga, bog’lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga qaratiladi. So’z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma’nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog’), o’simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig’in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo’ron, yomg’ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o’rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi. Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko’plikda qo’llanadi, egalik qo’shimchalari bilan o’zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko’proq ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son, olmosh, fe’l bilan birika oladi. Otning ma’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o’quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi. Fe’l ustida ishlashda izchillik, bo’limlar orasidagi bog’lanish, dastur materialining hajmi, uni har sinfda o’rganish usullari va vositalari shu so’z turkumini o’rganish vazifasi uning lingvistik xusisiyatlari va kichik yoshdagi o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. “Fe’l” mavzusini o’rganishda asosiy vazifalar: so’z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o’quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og’zaki va yozma nutqda fe’ldan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini o’stirish o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bo’gliq holda aytrim orfografik qoidalarni o’zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir – biri bilan bo’gliq holda hal etiladi. Fe’l ustida ishlashga tayyorgarlik savod o’rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi. Fe’l uchun tipik hisoblangan leksik grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishini umumlashtirish imkonini beradigan aniq manba yig’iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe” dagi so’z va matnlarni o’qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog’lab o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishiga, so’z nimani bildirishini va qanday so’roqqa javob bo’lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Ma’lumki, ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Shu bois ham, darsni tashkil qilishda unga integratsion va innovatsion yondashish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Zero, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmunini, mohiyatini, ularni darsga qanday tadbiq etish usullarini puxta bilmog‘i darkor. Quyidagi 4-sinf ona tili darsligidagi Fe’l zamonlari mavzusi asosida ko‘rib chiqamiz: Darsning mavzusi: Fe’l zamonlari. Darsning maqsadi: - Ta’limiy: o‘quvchilarga fe’lning uch zamoni, zamonning nutq so‘zlanib turgan paytga nisbatan belgilanishi haqida ma’lumot berish; - Tarbiyaviy: kelajakda yaxshi kasb egasi bo‘lishga undash; - Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish; Darsning metodi: tushuntirish, suhbat, ”Bulutlarni tarqating” didaktik o‘yini, ”Kungaboqar guliga kapalaklarni qo‘ndiring” didaktik o‘yini. Darsning borishi: O‘quvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida ”Kungaboqar guliga kapalaklarni qo‘ndiring” didaktik o‘yini o‘tkaziladi. ”Kungaboqar guliga kapalaklarni qo‘ndiring” didaktik o‘yini. O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi uch guruhga bo‘linadi. Har bir guruh uchun alohida kungaboqar guli doskaga ilib qo‘yiladi va kapalakchalarning qanotlariga har xil so‘z turkumlariga oid so‘zlar yozilgan bo‘ladi. 1-guruhga fe’l so‘z turkumiga oid, 2-guruhga ot so‘z turkumiga oid, 3-guruhga esa sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar yozilgan kapalakchalarni kungaboqar guliga qo‘ndirish topshirig‘i beriladi. To‘g‘ri va birinchi bajargan guruh g‘olib hisoblanadi va rag‘batlantiriladi. IPT Fe’l so‘z turkumi Ot so‘z turkumi Sifat so‘z turkumi Yangi mavzu: Yangi mavzuni e’lon qilishdan avval, o‘qituvchi doskaga bittadan misol yozilgan varoqlarni iladi, o‘quvchilarga navbat bilan bajartiradi va birgalikda bajarilgan misollarni tekshiradi, xatosi bo‘lsa, to‘g‘rilaydi. Shundan so‘ng varoqlarning orqasini o‘giradi va bugungi mavzu nomi (Fe’l zamonlari) kelib chiqadi. O‘qituvchi mavzuni tushuntiradi va o‘quvchilar bilan suhbatlashadi. Fe’llarda harakat uch zamonda bajariladi. Harakatning qachon bajarilayotganini so‘zlab turgan paytingizga qarab belgilaysiz. Agar so‘zlab turgan paytingizdan oldin bajarilgan bo‘lsa, o‘tgan zamon fe’li, so‘zlab turgan paytingizda bajarilsa, hozirgi zamon fe’li, so‘zlab turgan paytingizdan keyin bajarilsa, kelasi zamon fe’li bo‘ladi. Mavzu asosida mashqlar bajartiriladi. Mashqlarni multimedia vositalaridan foydalanib tushuntiradi. Mavzuni mustahkamlash maqsadida ”Bulutlarni tarqating” o‘yini o‘tkaziladi. ”Bulutlarni tarqating” didaktik o‘yini. O‘qituvchi doskaga quyosh rasmini iladi va ularni Fe’l zamonlari mavzusiga oid savollar yozilgan bulutchalar bilan yopib qo‘yadi. Sinf jamoasi 3 guruhga bo‘linadi. IPT O‘quvchilarning qo‘llariga tabiatshunoslik faniga oid savollar yozilgan kartochkalar tarqatiladi. Kartochkalarga javob bera olgan o‘quvchi bulutlarni olib, savolga javob beradi. Agar qo‘lidagi savolga javob bera olmasa, jamoasidan yordam olishi mumkin, ammo bulutlardagi savolga o‘zi javob berishi lozim. O‘yin shu tariqa davom etib, hamma bulutlardagi savollarga javob berilgandan so‘ng quyosh porlaydi. Qaysi guruh to‘g‘ri va ko‘p savollarga javob bergan bo‘lsa, shu guruh g‘olib hisoblanadi va rag‘batlantiriladi. Uyga vazifa: Fe’l zamonlariga oid gaplar tuzib kelish. Bu dars orqali o‘quvchilarda zamonlarni farqlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o`qituvchilari hamda oily ta’limning bitiruvchi kurs talabalariga ham ushbu maqoladan foydalanishini tavsiya beramiz. 2.2. 3-sinf ona tili darsida sifat so‘z turkumini o’rgatish metodikasi O`quvchilar so’z bоyligini оshirishdа sifаt so’z turkumining imkоniyalаri chеksiz. O`quvchilar sifаt hаqidа tizimli vа izchil mа’lumоtga ega, ular qaysi so’rоqlаr so’z turkumlаrini fаrqlаsh uchun yоrdаmchi vоsitа ekаnligini biladilаr: Sifаt nаrsа-buуum bеlgisini ko’rsаtuvchi mustаqil so’zginа bo’lib qоlmаy, gарdаgi vаzifаsigа ko’rа оt, оtlаshgаn so’z, sоn kаbilаrning хususiyatlаrini аniqlаydi. Nutqning аniqligi, go’zаlligа, rаng-bаrаngligi, tа’sirchаnligi, rаvоnligi ko’рrоq shu turkumdаgi so’zlаrni bilish, ulаrni to’g’ri, o’rinli qo’llаsh bilаn bоg’liq. Sifatni o’rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko’zda tutadi. O’quvchilar I va II sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so’rog’ini berishga o’rganadilar; III sinfda sifat so’z turkumi sifatida o’rganiladi; IV sinfda ilgari o’rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog’liq holda qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o’rgatiladi. Ona tili va o’qish darslarida o’quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo’lgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatni o’rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko’rinishi, maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o’rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun I sinfdanoq o’quvchilar e’tibori sifatning otga bog’lanishini aniqlashga qaratiladi. O’quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so’roq yordamida gapda so’zlarning bog’lanishini aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi, ya’ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so’z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog’liqlik aniqlashtiriladi. SHunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) ravishda olib borishni talab etadi. Boshlang’ich sinflarda “Sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o’rganiladi: 1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (III sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o’zlashtirish (IV sinf). Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma’nosi va so’roqlari ustida kuzatish o’tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo’lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. SHunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O’qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko’rsatadi, o’quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma – qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip – uzun, ko’k ip. Albatta, suhbat asosida o’quvchilar olma, ip so’zlari nima? so’rog’iga javob bo’lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so’zlar qanday? so’rog’iga javob bo’lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O’qituvchi atrofimizni o’rab olgan predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday daraxt? – Katta, chiroyli, sershox, ko’m-ko’k daraxt. Qanaqa shkaf? – Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar predmet belgisini bildiradi. O’quvchilar belgi bildirgan bunday so’zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so’ngra sifatlari bilan o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so’zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko’rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi. O’quvchilar qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan (predmet belgisini bildirgan) so’zlarni o’zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi: 1) so’roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so’zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so’zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zni va unga bog’langan qanday? va qanaqa? so’rog’iga javob bo’lgan so’zni tanlab (so’z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so’zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish. Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: “sifat” tushunchasini shakllantirish hamda o’quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o’rinli foydalanish ko’nikmasini o’stirish hal qilinadi. “Sifat” tushunchasini shakllantirish o’quvchilarning “predmet belgisi” degan umumlashtirilgan kategoriyani o’zlashtirish darajasiga bevosita bog’liq. SHu maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xil-xususiyat bildiradigan so’zlar guruhlanadi va shu so’zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o’quvchilar uning so’z turkumi sifatidagi o’ziga xos ko’rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b) qanday? yoki qanaqa? so’rog’iga javob bo’ladi, v) gapda otga bog’lanib, shu ot bilan so’z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi. Bu sinfda og’zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog’i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o’rin beriladi. O’quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o’stirish uchun: 1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday shaftoli? SHirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday kitob? Qalin, qizil kitob; 2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki); 3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi mashqlardan foydalanish mumkin. XULOSA Boshlang’ich sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanishning ahamiyatini o’rgatish o‘quvchilarning yoshi, saviyasi va bilimni qabul qila olish qobiliyatlarini hisobga olgan holda dars mashg‘ulotlarini tashkil qilish, o‘qitish prinsiplari va mеtodlariga qat'iy amal qilish maqsadga muvofiqdir. Darslarda noan'anaviy mеtodlarni qo‘llash, yangi pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish, dars qismlarida sport o‘yinlaridan, turli xil musobaqalardan yoki qiziqarli o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarda, nafaqat, chuqur bilim va ko‘nikmalarini hosil qilishda, balki insoniy fazilatlarini o‘stirib borishda samarali natijalar bеradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qiziqarli o‘yinlarni o‘ynashga bo‘lgan qiziqishlaridan unumli foydlanib, dars jarayonlarida, ayniqsa, darslarida mavzuga oid mashqlar bajarishda, qolavеrsa, uy vazifalarini tеkshirishda ko‘proq qiziqarli o‘yinlardan foydalanish lozim. Qo‘llagan usullarimiz orqali o‘quvchilarning 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanishning ahamiyatini o’rgatishga oid tushunchalarini o‘stirishga harakat qildik. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini interfaol usullardan, didaktik o‘yinlardan foydalangan holda tashkil etish o‘quvchilarning jajji qalblarida milliy iftixor va milliy g‘ururni shakllantirish bilan birga kamtarlik, rostgo‘ylik, hushmuomalalik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini rivojlantirish hamda komil inson bo‘lib yеtishishlarida katta yordam bеradi. Boshlang‘ich sinflarning, nafaqat ona tili darslarida balki boshqa har qanday dars turlari davomida yangi pеdagogik tеxnologiyalarni qo‘llash, noan'naviy dars usullaridan foydalanish, ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha yondashish juda ham katta samarali natijalar bеrishiga ishonch hosil qildik. Download 112.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling