Mavzu: boshlang’ich sinf o’quvchilariga qambar ota ijodini o’rgatish usullari
Download 47 Kb.
|
4744-Текст статьи-11914-1-10-20220111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annatatsiya
- Kalit so’zlar
MAVZU: BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA QAMBAR OTA IJODINI O’RGATISH USULLARI Usmonov Abdujabbor Jizzax davlat pedagogika instituti dotsenti Raxmonova Dilrabo Akbarovna Boshlang`ich ta`lim fakulteti 3-bosqich talabasi Annatatsiya: Ushbu maqolada bolalarni adabiyot olamiga qiziqtirish, adabiyot orqali bolalarning dunyoqarashlarini shakllantirish, Qambar ota ijod namunalari bilan bolalarni tanishtirish haqida fikrlar berib o’tiladi. Аннотация: В статье рассматривается интерес детей к миру литературы, формирование мировозрения детей через литературу, приобщение детей к творчеству Камбара. Annotation: This article is about getting children interestiol in the world of literature, shaping their worldview through literature, Thoughts on introducing children to examples of Kambar father’s work will be given. Kalit so’zlar: bolalar adabiyoti, dunyoqarash, ijod, metod, nutq o’stirish, multimedia. Ключевые слова: детская литература, мировоззрение, творчество, методика, речевое развитие, мультимедиа. Key words: children's literature, worldview, creativity, methodology, speech development, multimedia. Bugungi kun rivojlanish asri hisoblanadi. Bu rivojlanishlar bugungi kunda barcha sohani qamrab olmoqda. Xususan, ta’lim , adabiyot sohalari ham bundan mustasno emas. Bugungi kunda ta’lim va adabiyot ham alohida ahamyatga ega. Ayniqsa bolalar adabiyotiga ham e’tibor berilmoqda. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prizedenti Shavkat Mirziyoyev: ,,Adabiyot, san’at va madaniyat yashasa , millat va xalq , butun insoniyat bezavol yashaydi” ¹ degan so’zlariga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bugungi kunda adabiyot orqali insonlarning fikrlash qobilyati va dunyoqarashlarini o’zgartirib yuborish mumkin. Chunki, adabiyot orqali insonlar qalbiga ta’sir ko’rsatish mumkin. Masalan, biror bir yaxshi qahramonlar uchun achinamiz, undagiog’riqlarni o’zimizda xis qilamiz. Adabiyot namunalarini ham shunga ko’ra guruhlarga bo’lishimiz mumkin. Bular bolalar adabiyoti va kattalar adabiyotidir. O’zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’rgatish bugungi kunda muhim masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Adabiyot namunalari boshlang’ich sinf darsliklarida ham berilganligi xech birimizga sir emas. Ularni o’quvchilarga o’rgatish jarayonida biz turli usullardan foydalanishimiz zarur. Boshlang’ich sinf darsligidagi sh’erlari bilan o’quvchilar qalbidan joy olib kelayotgan adabiyotshunodlardan biri bu Qambar otadir. O’quvchilarni Qambar ota ijodi bilan tanishtirishdan oldin, shoir hayoti, ijod yo’li bilan tanishtirishimiz lozim. O’quvchilarga shoir ijodini o’rgatishda hayotimizda uchraydigan voqealar asosida bilim berishimiz kerak. Bunda biz turli usul va o’qitish metodlaridan foydalanamiz. ,,Metod” yunoncha ,,metodos” so’zidan olingan bo’lib ,,bilish” va ,,tadqiqot yo’li” , ,,ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi². Metod usullar majmuasi hisoblanadi. Malakali o’qituvchi har bir yangi ma’lumotni o’quvchilarga o’rgatishda to’g’ri usulni qo’llay olishi darkor. O’quvchilarni adibning ijodi bilan tanishtirishdan oldin, adibning hayoti va yuksalish davomida bosib o’tgan yo’li haqida o’quvchilarga dastlabki tushunchalarni berish muhim. Shunday ekan biz o’quvchilarga Qambar ota she’rlarini o’rgatishdan oldin uning hayoti haqida aytib o’tishimiz zarur. Shu o’rinda Qambar ota hayoti haqida ma’lumot berib o’tmoqchiman. Qambar ota O’tayevlar sulolasi vakili.Bolalarning sevikli shoirlaridan biri Qambar Ota 1941 yilda Kattaqo’rg’on shahrida tavallud topdi. 2-o’rta maktabda o’qidi. O’quvchilik davridan she’rlar mashq qila boshladi. U 1958-1967 yillar shahardagi Suv xo’jaligi texnikumida so’ngra Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti o’zbek filologiyasi fakultetida o’qidi. 1970-1974-yillarda turli oliy o’quv yurtlaridamuallimlik qildi. Qambar Otaning kichkintoylar hayotidan olib yozgan turli she’riy mashqlari tuman, viloyat, hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida tez-tez bosilib turdi. 1975-yilda oilasi bilan Toshkentga ko’chib kelib G’afur G’ulom nomli adabiyot va san’at nashriyoti, “O’zbekiston agitatori” jurnali, “Xalq so’zi”, “Ma’rifat” gazetalarida, O’zbeiston istiqbolini belgilash Davlat qo’mitasida turli lavozimlarda ishlash bilan birga qizg’in va samarali badiiy ijod qilish bilan mashg’ul bo’ladi. Kichkintoylarning katta shoiri tinimsiz o’z ustida tinimsiz ishlar, mashq qilar, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Qudrat Hikmatdek zabardast bolalar ijodkorlarining she’rlarini o’qir, xulosalar chiqarar, yosh kitobxonlar davrasida bo’lar,yozuvchilar tomonidan uyushtirilayotgan adabiy-badiiy yig’inlarda ishtirok etar edi. Bunday intilish va harakatlar shoir ijodida o’z samarasini berdi. Natijada “Vatan tuprog’i”, “Yuzlar”, “Diydor”, “Dil ko’rki”, “CHavandoz orzusi”, “Tinim bilmas shamolvoy”, “Quyoshli dunyo”, “Sizday yashagim kelar”, “SHirin so’z”, “Bolalarning ko’zlari”, “Quyosh bilan gaplashdim”, “Mashhur Toshpolvon haqida ertak”, “Tinmay izlan, yuragim” kabi bolalar va kattalarga atalgan 30ga yaqin she’riy kitoblar chop etilgan. Respublikamizning iqtidorli bolalariga ustozlik qilib, adabiy to’garaklar olib borgan. Qambar Ota bir necha o’nlab jahon bolalar shoirlari ijodidan sara tarjimalar qilgan va o’z navbatida uning she’rlaridan rus, belorus, qozoq, qoraqalpoq, turkman, tojik, uyg’ur, turk tillariga namunalar tarjima qilingan. SHoir Qambar Otaning ijodi ayniqsa bog’cha bolalari, maktab o’quvchilari diliga yaqin bo’lganligi uchun 80-yillar boshidanoq bog’cha tarbiyachilari uchun metodik qo’llanmalar va maktab darsliklariga ko’plab asarlari kiritildi. Shoir qalamiga mansub bo’lgan ,,Toshpolvon va Ishpolvon haqida ertak” , ,,Qush bilan gaplashdim” , ,Tomda uxlagan bola” kabi to’plamlar axloqiy – didaktik xaraktirdagi asarlar bolalarni ma’naviy ruhda tarbiyalashga qaratilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining quidagi darsliklarida Qambar ota ijod namunalari bolalarga taqdim etilgan. 1-sinf o’quvchilari uchun 2018-yilda nashr etilgan “Odobnoma” darsligi. 3-sinf o’quvchilari uchun 2019-yilda O’qituvchi nashriyot tomonidan 15-nashrda chop etilgan “Ona tili” darsligi. 4-sinf o’quvchilari uchun 2017-yilda O’qituvchi nashriyoti tomonidan 8-nashrda nashr etilgan “Ona tili “ darsligi va 2017-yili 6-nashr bilan “Yangiyo’l poligraf servis” tomonidan “O’qish” darsligi. Keling biz bugun o’quvchilarga Qambar ota ijodi namunasidan biri bo’lgan “Non qayerdan keladi” nomli she’rini o’quvchilarga o’rgatish usulini ko’rib chiqamiz. Bu she’r orqali biz non aziz ne’mat ekanligini, uni asrash zarurligi va uni uvol qilmaslik kerakligini o’quvchilarga o’rgatamiz. Download 47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling