Mavzu: boshlang’ich sinf o’quvchilarini bayon yozishga o`rgatishda multimedia vositalaridan foydalanish mundarija: Kirish I bob boshlang’ich sinf o’quvchilarini bayon yozishga o`rgatishning nazariy asoslari


Bayonning ta’limiy tarbiyaviy ahamiyati


Download 41.28 Kb.
bet4/7
Sana23.11.2023
Hajmi41.28 Kb.
#1795816
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu boshlang’ich sinf o’quvchilarini bayon yozishga o`rgatish-fayllar.org

1.2. Bayonning ta’limiy tarbiyaviy ahamiyati.
Onalik mehri
Ona – bu hayot demak. Ona borki, hayot davom etadi. Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib, qatorga qo`shadilar. Oq yuvib, oq taraydilar, doimo boshimiz uzra parvona bo`ladilar. Onalarimiz oyog’imizga kirgan tikonni kipriklaribilan olishga tayyordirlar. Buning boisi bitta –bu onalik mehridir. (41 ta so`z)
Shifobaxsh sumalak 
Sumalak – Navro`zning bosh taomi bo`lib, ilk ko`klam darakchisi, baraka,
hosildorlik, to`kin,sochinlik, ahillik, tan sihatlik va ezgulik timsolidir. Bu taom ajdodlarimizdan bizga meros bo`lib, ayni bahorda, ko`klamda tayyorlanadi.
Un, yog’, bug’doy qo`shib tayyorlangani bois sumalak darmondorilarga boy taom hisoblanadi. SHu sababdan odamlar uni shifobaxsh va parhez taom sifatida suyub iste’mol qilishadi. Tabiblarning aytishlaricha, taomning tarkibida qonga juda tez so`riladigan moddalar bor. Undan tashqari bu taomda sog’u bemor uchun zarur bo`lgan darmondorisi bo`lib, u ko`p kasalliklarga yaxshi davodir.
U qon tarkibini yaxshilaydi, tomirlar toraygan bo`lsa, qonni suyultiradi. Oshqozon va ichak yo`llari faoliyatini kuchaytiradi. Issig’i ko`tarilgan, qon bosimi oshgan kishilar sumalak esa, o`zini yaxshi his qiladi.
Ota-onaga hurmat 
Bolalar, otaonani hurmat qilish, ular oldida adab bilan turib, xizmatlarini bajarish hammamizning vazifamizdir. Otaonalaringizni ranjitadigan so`zlar aytishdan, ko`ngillarini qoldiradigan ishlardan doimo saqlaning! Bayonlarnin tarbiyaviy va ta`limiy ahamiyati juda katta va ijobiydir, Qachonki bola matnlarning manosini to`g`ri tahli qila olsa.

Bayon matni asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi bir matn tanlansa unga yana bir qancha lavhalarning tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari qoʻshiladi; keyinroq shaxsini oʻzgartirib bayon yozishga oʻtiladi.


Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus oladi. Boshlangʻich sinflar ona tili dasturiga koʻra 2-sinfda katta boʻlmagan (30−40 soʻzli) matn yuzasidan oʻqituvchi yordamida soʻroqlar asosida bayon yozish koʻzda tutiladi.
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon oʻquvchilarda adabiy nutqni toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi. Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayoti, ona tabiat tasviri, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlari aks ettirilgan yuksak gʻoyali matn tanlanishi, bayon mavzusi oʻquvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning dunyoqarashini shakllantirishi zarur. Qayta hikoyalash va bayonda oʻquvchilarning tabiiy nutqi eshitilishi, ya’ni berilgan matnni tushunmasdan yodlamasligi, nutq birliklaridan, sintaktik birlikdan foydalana olishi zarur.



Download 41.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling