Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini har XIL janrdagi asarlarni o’qish darslarida umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash. Kirish I bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning ilmiy-nazariy
II bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari
Download 189 Kb.
|
Kurs ishi
II bob. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari
2.1. O‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashning mohiyati Qadriyatlar, ayniqsa, umuminsoniy qadriyatlar katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Qadriyatlarning mohiyatini bilish, ularga e’tiqod, ixlos qo‘yish yoshlarda milliy g‘urur, vatanparvarlik, milliy birdamlik va hamjihatlik tuyg‘usini shakllantirishda, insonparvarlik, halollik, mshnatsevarlik. axloqiy poklik fazilatlarini kamol toptirishda katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan hozirgi sharoitda vatanparvarlik tarbiyasi katta ahamiyat kasb etmoqda. Vatanparvarlik — o‘z vatanini vijdonan sevish, uning taraqqiyot yo‘li va istiqlolini anglab olish, manfaatlarini hamma sohalarda himoya qilishda fidoiylik namunalarini ko‘rsatishdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda o‘zbek oilalarida, jamoatchilik o‘rtasida bola tarbiyasini amalga oshirishda katta tajriba bor. Bu tajriba asrlar davomida sinovdan o‘tib, milliy qadriyatga aylanib ketdi. Bu qadriyatlar bolalarda mehnatsevarlik, insonparvarlik, halollik, ota-onani, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, kamtarlik kabi xislatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Milliy pedagogikaning bu boradagi merosi ham buyuk qadriyatdir. SHu sababli ham o‘zbek yoshlari o‘zining tarbiyasi, mehnatsevarligi, kattalarga hurmate’tibori, kamtarligi, andishaliligi, halolligi bilan ajralib turadi. O‘zbek qizlarini mehnatsevarlik, kamtarlik ruhida tarbiyalash borasida ham katta tarixiy an’analarimiz bor. Nomus, iymon, qizlik iffatini yuksak tutish odati ham ulkan milliy qadriyatdir. Qadriyatlarga xolisona yondoshish, ulardan ijtimoiy, tarbiyaviy masalalarni hal etishda samarali foydalanish hozirgi kundagi ko‘plab dolzarb muammolarni hal etishning muhim shartidir. Boshlang‘ich o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar ruhda tarbiyalashni faqat dars jarayonlarida amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu jarayon boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan keyingi vaqtlarini taqsimlashlarida ham asosiy o‘rinni egallashi zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktabda olgan nazariy bilimlarini amaliyotiga darsdan tashqari holatlarda: mahallada, oilada, turli xil bayram va tadbirlarda duch keladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi vatanparvarlik, insonparvarlik haqidagi dastlabki tushunchalarini ham maktabga borgunlariga qadar oilada oladilar. SHu bois ota-ona o‘quvchi maktabga borganda bu vazifani o‘qituvchi zimmasiga yuklab qo‘ymasdan, uning oilada bo‘lgan paytida unga befarq bo‘lmasligi, unga ma’naviy bilimlarini oshirishga va mustahkamalashga yordam berishlari zarur. Eng avvalo, bolada o‘z oilasiga, ota-onasiga, opa-singil, aka-ukalariga mehr-muhabbatli bo‘lishini o‘rgatish, keyinchalik bu tuyg‘uni qo‘ni-qo‘shni, mahalla, tuman, shahar miqyosiga ko‘tarib, ona Vatanga cheksiz muhabbat hissini uyg‘otish lozim.7 «Bir bolaga etti qo‘shni ota-ona», - deyishadi dono xalqimiz. Demak, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy kamolotida qo‘ni - qo‘shni, mahallaning ham ahamiyati katta ekan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi mahallasidagi do‘stlari bilan bo‘sh vaqtini o‘tkazadi. Uning do‘stlari aqlli, odobli, tarbiyali, ilimli bo‘lsa, ularga o‘xshashga, hatto ulardan oshib ketishiga intiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining umuminsoniy qadriyatlarni shakllanishida sinfdan va maktabdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarning ahamiyati benihoyat kattadir. SHu bois o‘qituvchi ota-onalar bilan hamkorlikda turli tadbirlar o‘tkazilishi va bu tadbirlarga barcha o‘quvchilarni jalb qilish kerak. Agar tadbirlar faqat a’lochi va jamoatchi o‘quvchilar jalb qilinaversa sinfdan tashqari o‘quvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ularni ruhiyatini tushirishi, hatto o‘qituvchilarni xudbinlikda ayblashlari mumkin. Har bir boshlang‘ich sinf o‘quvchisini qobiliyatiga yarasha mas’uliyat yuklash, bu mas’uliyat esa uning olg‘a intilishi uchun turtki bo‘lishni esdan chiqarmaslik kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining gazeta, jurnal, radio va telvideniyaning ham ahamiyati kattadir. Har bir ota-ona farzandining qanday kitob, gazeta yoki jurnal o‘qiyotganini, qanday radio tinglab tamosha qilayotganliklarini nazorat qilib turishlari lozim. Kerak bo‘lsa farzandlari bilan o‘qigan kitoblari, ko‘rgan teleko‘rsatuvlari haqida suhbatlashib, ularni farzandlari ma’naviyatiga qanday ta’sir qilganligini aniqlashlari maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar ruhda tarbiyalash kunning bir qismida, faqat maktabda amalga oshirilmay, u har doim maktabda, oilada ota-ona va o‘qituvchilar hamkorligida, ularning ko‘magida amalga oshiriladigan eng dolzarb mavzulardan biridir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar ruhda tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar va tadbirlarning ahamiyati benihoyat kattadir. Ta’lim sifatini oshirishda sinfdan tashqari ishlarning o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, tarixiy badiiy qadriyatlarimizdan foydalanish ta’lim va tarbiyaning milliy negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladi. SHu ma’noda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini ma’naviy, madaniy qadriyatlar bilan tanishtirishda sinfda, sinfdan va maktabdan tashqarida o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarning ahamiyati kattadir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ajdodlarimiz asrlar davomida shakllantirgan milliy qadriyatlar va an’analarga sodaqat ruhida tarbiyalash masalasi o‘zbek pedagoglarini oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Bu borada sinfdan tashqari ishlaro alohida ahamiyatga molik. O‘quv muassasalarida sinfdan va darsdan tashqari ishlarni tashkil etish vositasida yosh avlodni aqliy tarbiyalash masalasi amalga oshiriladi. O‘quvchi bilim sifatining samarodorligini oshirish, uning umumbashariy axloq me’yorlari asosida kamol topishini ta’minlash ko‘pincha darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshiriladi. Darsdan tashqari tashkil etilgan tadbirning tabiati, xarakteri va maqsadi axloqiy tarbiyaning ma’lum yo‘nalishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi tabiiy. Har qanday tadbirni tashkil etishdan oldin tashkilotchi o‘qituvchi o‘z oldiga ma’lum didaktik maqsad qo‘yishi va shu maqsadni amalga oshirish uchun qilinish lozim bo‘lgan vaziflarni to‘g‘ri belgilab olish zarur. Har yili 9 fevralda buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiyning tavallud topgan kunlari nishonlanadi. Bu tadbirni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazish ularni a’lo o‘qishga, yuksak ma’naviyatli insonlar bo‘lib etishishlariga imkon yaratadi. O‘qituvchi sahna uchun Alisherning yoshlik yillarini mavzu sifatida olsa, yanada maqsadga muvofiq ish bo‘lar edi. Sahna did bilan bezatiladi. Milliy musiqa asboblarimizdan foydalaniladi. A. Navoiyning bolalikdagi qiyofasi o‘quvchi ishtirokida tiklanib, uning o‘qishga havasmandligi, Mavlono Lutfiy bilan uchrashuvi va ular orasida bo‘lib o‘tgan suhbat sahnalashtirilsa, o‘quvchini o‘z ustida ko‘proq ishlashga da’vat etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan Alisher Navoiyning o‘quvchilarni bilim olishga, odobli bo‘lishiga, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lishga, doimo xalq manfaatini ko‘zlashga undovchi hikmatlaridan yod o‘qib berilsa yanada jonlanib ketadi. «Navro‘z» umum xalq bayramini nisholashda ham yuqorida qayd etib o‘tganmizdek ketma-ketlikni qo‘llash mumkin. Bu bayramni boshqa bayramlardan farqi shundaki, uning bevosita xalq ma’naviy qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirish, xalqimizning ming yillik an’analarini o‘z bag‘rida kamol topdirish bilan belgilanadi. Sahnada namoyish qilinayotgan adabiy kompozitsiya buloq suvlarining shildirashi, bobodehqonning dalaga umid bilan chiqishi, momo Yerga ilk urug‘larning qadash, ko‘k tangrisidan farzandlari rizq-ruzini so‘rab olish kabi voqealar tasviri bilan boshlanib, xalqimizning mavsumiy marosimlari, sumalak qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari ijrosi bilan ulanib ketishi kerak. «Navro‘z» bayrami tadbirida namoyish qilinajak falklor asarlarini imkon qadar o‘quvchilarning o‘zlari yashab turgan mahallalardan, bobo-buvilari og‘zidan yozib olishni tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buning muhimligi shundaki, o‘quvchi ajdodlarimiz og‘zaki ijodi materiallarini o‘zi to‘playdi, marosim jarayonida bajariladigan amallarni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Ularni sahnalashtirish jarayonida ham badiiy rahbarga qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Mahalliy falklor materiallaridan foydalanishning yana bir muhim jihati shundaki, bunda ishtirokchilar o‘zi yashab turgan muhitdagi milliy an’ana va marosimlarning, bobolari xirgoyi qilib yuradigan qo‘shiqlarning nechog‘li muhimligini, uning teran, falsafiy mazmun kasb etishini anglaydi, uning qalbida xalq ma’anviy merosiga qiziqish, hurmat va muhabbat hissi shakllanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bunday tadbirlarda bevosita ishtirok etishi faqat ularni milliy urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalab qolmay, ularni qalbida bu an’analarni davom etirish, boyitish, kelajak avlod uchun o‘zlari ham nimadir qoldirish hissini uyg‘otadi. O‘qituvchi yil davomida reja asosida bunday tadbirlarni ko‘plab o‘tkazish va unga o‘quvchini ma’naviy barkamollikka eltuvchi maqsadlarni singdirib yuborishi zarur. Farzandga ta’lim-tarbiya berish avvalo oiladan boshlanadi. SHu bois oiladagi muhit, ota-onaning bolaga bo‘lgan munosabati oilaviy turmush iqlimiga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatda ma’naviyatni shakllantirishga zamin bo‘ladi. Bola tarbiyasi va boshlang‘ich ta’limda jamiyat ma’naviyatining ahamiyati katta. Farzandlarga milliy qadriyatlar, xususan, sharq allomalari qoldirgan boy meros asosida ta’lim-tarbiya berish muhim ahamiyat kasb etadi. Ulug‘ allomalarimiz asarlarida bolalarga go‘daklik chog‘idanoq kattalarga hurmat, ota-onaga alohida ehtirom ko‘rsatish, o‘zidan kichiklar izzatini o‘rniga qo‘yish kabi ajoyib qadriyatlarimizga tayanib ish ko‘rishga chaqiradi. Farzandlarga boshlang‘ich ta’lim berishda ta’sirchan kuch – oilaviy tartib, ya’ni ularning o‘zaro munosabati, ota-onaning xulq - atvori, ma’naviy va siyosiy saviyasi, muomala madaniyati, oilaning daromadi, yashash sharoiti va boshqalardan ibrat bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlar qadimdan o‘tmish allamolarimiz tomonidan ko‘p bora ta’kidlangan va hayotiy hikmatga aylangan. Buyuk bobomiz Alisher Navoiy asarlarida bola ta’lim-tarbiyasiga, dunyoqarashining kengayishiga va shaxsi rivojlanishiga oid qimmatli fikrlar ko‘plab bayon etilgan. Xalqimizga xos bo‘lgan tortinchoqlik, andisha kabi psixologik xususiyatlarni chuqur anglagan ulug‘ bobomiz insonni faol bo‘lishiga, bilim egallashga undab shunday yozadi: Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim. Yana bir hikmatida: Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur, qatra - qatra yig‘ilib, daryo bo‘lur - deb yozadilar. Hadisu sharifda ham quyidagi ibratomuz fikrlar bayon etilgan: «Ilm egallang! Ilm sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida-yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda–rahbar, qayg‘uli onlarda-madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir», «Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir», «Beshikdan to qabrga kirguncha ilm izlangiz», «Yoshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan naqshdir». Bu nur ma’no fikrlar ham bolalarga ta’lim berishda muhim o‘rin tutadi. Xalqimiz farzandlarini doimo tabiatga mehrli bo‘lish tevarak-atrof, suv, havo, tuproq hayvonot olamini asrab-avaylash, insonni oliy qadriyat deb bilish, uning haq-huquqlarini himoya qilish ruhida tarbiyalangan. Bular haqida ham shunday beboho o‘git va yo‘l-yo‘riqlar, umuminsoniy ahamiyatga molik fikrlar bayon etilganki, ular hozirga qadar ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongida yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishda oila va pedagog hamkorligi alohida o‘rin tutadi. Ta’lim jarayonida maktab bilan uy, pedagogik jamoa bilan ota-ona hamjihatligi yaxshi samara berishi amalda isbotlangan. Inson ma’naviyatining asosini bilim tashkil qiladi. Oila tarbiyasi o‘z xususiyatiga ko‘ra boshqa har qanday tarbiyadan afzaldir. Uning asosiy omili ota-onaning farzandlariga muhabbati va bunga javoban bolalarning o‘z ota-onalariga mehru-oqibatidir.8 Bola, ayniqsa, ilk yoshlarida ko‘proq oilaning ta’sirida bo‘ladi. Oila kichkintoyni asta-sekin kichik ijtimoiy guruhdan katta ijtimoiy hayotga olib chiqish, unga ko‘nikma hosil qilishi hamda uning fikr doirasini kengaytira borishga qodir dargohdir. Bu borada ota-ona va pedagog hamkorligi yaxshi natija beradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va ota-ona maslakdosh sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. SHu o‘rinda o‘qituvchi ham o‘z ish faoliyatining jamiyat talablariga javob berishni tekshirib turish va yanada takomillashtirishi lozim. Bugungi kun pedagoglari yangi avlod ota-onalari bilan ishlashlari lozim bo‘lgani bois ular oldida: jamiyat rivojlanishi bilan ham fikr bo‘lishi; oilaviy ildizning mustahkam bo‘lishi va pedagogning oilaga ta’siri; maqsadga erishish yo‘lida ota-ona hamda o‘qituvchi hamkorligi; o‘quvchi tafakkurida milliy ongni shakllantirishda ma’naviy meroslardan unumli foydalanish; jamiyat qonunlariga asoslangan holda har tomonlama etuk shaxsni kamol toptirish kabi vazifalar turibdi. O‘qituvchi ish jarayonida oilaning bugungi kundalik ahvoli va bolaning o‘sha muhitda olayotgan tarbiyasi muhim o‘rin tutilishini nazarga oladi. Lekin shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, oiladagi turmush tarzi doimo bir xilda bo‘lmaydi, u o‘zgarib turishi mumkin. Bu hol bola xulq - atvori va ma’naviyatiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi oilaga yordam berish maqsadida bola holatiga o‘zini moslashtirib borishi lozim. Shunday oilalar borki, maktab bilan hamkorlik qilishga e’tiborsizlik bilan qarashadi, guyoki o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berish faqat maktabning burchiga kiradi. Bunday ota-onalar bilan ishlash pedagoglardan juda ko‘p mehnat talab qiladi. O‘qituvchi bor imkoniyatdan foydalangan holda ularni faol hamkorlikka jalb qila bilishi va bu yo‘lda o‘z maqsadiga erisha olishi lozim. Ota-onalarning ko‘pchilik qismi maktab hamda pedagoglar bilan uzviy aloqada bo‘lishi, maktab jamoalarini qo‘llab-quvvatlash o‘z farzandlarining to‘g‘ri rivojlanishining muhim shartlaridan biri deb bilishadi, binobarin, bunday hamkorlikning muhim jihatlari ham ishlab chiqilgan, lekin bu maqsadga to‘liq erishildi, degan emas. Shunday ekan, oilada maktabga yo‘naltirilgan hamkorlikni yanada kengroq rivojlantirish zarur. Buning uchun: pedagoglar ko‘p qirrali tajribalarga ega bo‘lishi va yanada tushunarli, jalb etuvchi usullarni ishlab chiqishi; an’anaviy tajriba-almashinuv usulini to‘la-to‘kis taqdim etishi; «Hamkorlik faolligi» mavzusida o‘ziga xos dastur ishlab chiqish; ota-onalar faolligi borasida alohida izlanish olib borilmog‘i, yig‘ilishlarda oila va maktab hamkorligining natijalarini muhokama qilish va pedagoglarni bu borada qayta ko‘rib chiqilgan datsurlar bilan tanishtirish lozim.9 Bunda ota-onalar yig‘ilishining ahamiyati katta. Natijada, yig‘in a’zolari rahbarga faqat o‘z ko‘rsatmalarini berib qolmasdan, ayni paytda, uning ijrosini o‘qituvchidan talab qilishlariga imkon bo‘ladi. SHuningdek pedagogning faol ota-onalar bilan ishlashi qanchalik katta mas’uliyat ekanini ko‘rsatadi. Quvonarli tomoni shundaki, tarbiya jarayonida ota-onalarning faolligi maktabda va oila quchog‘ida o‘quvchilarning sog‘lom, bilimli va ma’naviyatli bo‘lib etishishlari uchun sharoit yaratadi. Eng muhimi, bunday hamkorlikni yosh o‘qituvchilarga saboq tarzida tavsiya etish mumkin. SHuning bilan birgalikda ular har bir tajribali pedagogning bilimidan foydalanib, o‘z o‘quvchilarining ota-onalari bilan ishlash tajribalarini boyitib boradilar va shaxsiy izlanishlari bilan pedagogika fani rivojiga hissa qo‘shadilar.10 Download 189 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling