2.2. O‘quvchilarning umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash ishining tajriba- sinov natijalari
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda o‘qish, ona tili, odobnoma tarbiyalash darslari o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra kuchli o‘quvchilarda aniqlash vositalaridan sanaladi. Ushbu fanlar dars mavzulari, Vatanni madh etuvchi, do‘stlik, to‘g‘rilik, halollik, jasurlik, mardlik, ezgulik singari g‘oyalarni ilgari suruvchi o‘quv materiallariga boydir. Undagi ertak, doston, hikoya, rivoyat, maqol, topshiriq, she’r, badiiy asar materiallari, matnlarda kishining insoniy fazilatlari yuksaklarga ko‘tarilib, salbiy fazilatlar esa qoralanadi. O‘qituvchi bolalarning badiiy qahromonlar ijobiy fazilatlaridan namuna olishlari, salbiy fazilatlaridan esa nafratlanishlari, ularni qarashlarini chuqur tushunib etishlari uchun barcha milliy o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlari usullaridan foydalanishi kerak.
Odobnoma darsidan «Salomlashish odobi» mavzusida bir soatlik dars reja-ishlanmasidan namuna.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarni urf-odatlar va axloq normalari bilan tanishtirish, ularni jamiyatda xushmuomala, odobli bo‘lishga o‘rgatish, salomlashishning mohiyatini tushuntirish.
Darsning jihozi: turli rasmlar, tarqatma kartochkalar.
Darsning turi: Noan’anaviy dars.
Darsning borishi:
Dars O‘zbekiston madhiyasi bilan boshlanadi. O‘quvchilar bilan siyosiy savol-javoblar o‘tkaziladi:
O‘zbekiston qachon mustaqil bo‘ldi?
Madhiya, gerb, bayroqni ta’riflab bering.
Vatan haqida she’rlar ayting.
Konstitutsiya qachon qabul qilingan?
Konstitutsiya moddalaridan ayting.
Yangi mavzu: Salomlashish odobi.
Mavzu asosida ma’ruza o‘qiladi.
Salomlashib yurish - har insonga qarz ham farz. Salom berish - islom dinida ham sunnat hisoblanadi.
«Assalomu alaykum» so‘zi arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, «Men sizga tinchlik, sog‘lik-salomatlik tilayman» degan ma’noni bildiradi.
Bu so‘zni to‘g‘ri ayta olish, to‘g‘ri talaffuz qilish zarur. Kichik yoshdagi o‘quvchilarga, salom berish odobi haqida tushuncha berish uchun ham, ertaklardan, maqollardan namunalar keltirishimiz mumkin.
Salom berish ertaklarda ham yaxshiliklar keltirishini bilamiz. Masalan, «Kenja botir» ertagida Kenja botir yalmog‘izga duch keladi!
Assalomu alaykum onajon deydi.
Gar saloming bo‘lmasa, ikki yamlab bir yutar edim - deydi yalmog‘iz.
Yalmog‘iz qanday inson ekanligini ham bilamiz. Lekin keyinchalik u Kenja botirga yordam berdi.
Salom haqida she’rlar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlar ijro etiladi. O‘quvchilar she’rlar va qo‘shiqlar aytib, sahna ko‘rinishlarida har xil obrazlarni ijro etib o‘z qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Dars yakunida salom haqida rivoyatlar, hadislar va maqollar aytadilar.
Odobnoma darslarining muntazam ravishda o‘qitib borilishi o‘quvchilarning odob-axloqi, o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarili, aqlli bo‘lib o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlari olishida katta yordam beradi. Pedagog o‘qituvchilar uchun o‘quvchilarni o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarilash, ularning ongini o‘stirish, komil inson qilib etishtirish juda ham katta mas’uliyat yuklaydi.
Odobnoma darslari o‘quvchilarga turli qiziqish va qobiliyatlarni yoritib beradi va ularga odob-axloqdan chuqur bilim beradi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar uchun odobnoma darsi juda ham katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar bu darsga katta qiziqish bilan intiladilar, uni chuqur o‘rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |