Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga tarixiy malumotlarni o'zlashtirish


Download 59.56 Kb.
bet7/9
Sana29.09.2023
Hajmi59.56 Kb.
#1689967
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga tarixiy malumotlarni o\'zlashtirish

Yusuf Xos Hojibning pedagogik qarashlarida xalq bilan birga bo‘lish, adolatparvarlik g‘oyalari asosiy o‘rin tutadi. U har bir kishining yuksak kamolot cho‘qqisiga yetishini orzu qiladi. Yusuf xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asarida XI asrdagi ijtimoiy va oilaviy tarbiya, maktablardagi fan tarmoqlari, o‘qitish tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini aqliy, axloqiy, mehnat va jismoniy, nafosat tarbiyasiga doir fikrlari bayon etilgan. Yusuf Xos Hojibning fikricha, insonning ulug‘ligi, aql – idroki, so‘zlash qobiliyati, bilimi, o‘quvi hunarga egaligidir. O‘quv tug‘ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa, o‘qish – o‘rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o‘zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur,
Bilig kimda bo‘lsa, beduglu alur.
O‘qushlik uqar – ul, bitiglig bilir,
Biligli, o‘quli tilakka tegir.
Shoirning fikricha, bilim bir boshbog‘ yoki jilov kabidir. U kishini har xil noloyiq ishlardan asraydi. Shu xususiyati tufayli bilim aziz va mo‘‘tabardir. Adib ta’lim tizimi, ta’lim nazariyasi va amaliyotiga, ta’lim mazmuniga oid bir qator jiddiy fikrlarni aytadi. U ayrim fanlarni o‘qitishdagi izchillikni ham ko‘rsatib o‘tgan.
Yusuf Xos Hojib insonda o‘quv – idrok va bilim til, so‘z orqali ayon bo‘lishini aytadi, ravon tilni bilishga da’vat etadi. Yusuf Xos Hojib tilni avaylab asrash zarurligini ta’kidlaydi. Ko‘p so‘zlik foydasiz mashg‘ulotdir. SHuning uchun ham tuman so‘z tugunini bir so‘zda yozish lozim. Zero, kishi so‘z tufayli qadr topishi yoki, aksincha «boshi egik bo‘lishi» mumkin. Buning farqiga bilim bilgangina etadi. Bilimsiz odam ko‘zi ko‘r kishiga o‘xshaydi. Bu hol uning so‘zlar ma’nosidagi ayrimini ham ko‘rmaslikka olib keladi. Demak, so‘z ma’nolarini ilg‘ash uchun ham bilimdonlik talab etiladi.Yusuf Xos Hojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u, tug‘ilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. Shoir o‘g‘il va qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘zlariga xos xususiyatiga e’tibor berishni ta’kidlaydi, bu – ularning kelajak hayotlari jamiyat rivoji uchun kerak.
Yusuf Xos Hojib akliy tarbiyaning baland mavqe tutishini eslatadi. Adib tarbiyaning barcha turlari bir – biri bilan uyg‘un bo‘lishini talab etadi. Shundagina insonning aqlan barkamol, jismonan etuk, axloqiy – ma’naviy boy bo‘lishiga ishonadi. Farzandlariga turli bilim va hunarlar o‘rgatish, ularni go‘zal axlokli qilib, voyaga yetkazish ota – onaning burchidir. Yusuf Xos Hojib tarbiyada kattalar namunasi, ajdodlar tajribasi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Neku ter, eshitgil sinamish qari,
Sinamish qarilar so‘zi so‘z qo‘ri…
Ya’ni:
Ko‘p narsalarni sinagan qari kishi nima deydi, eshitgin,
Sinagan qarilarning so‘zlari so‘z qo‘r – quti.
Yusuf Xos Hojibning Sharq ijtimoiy – siyosiy, axloqiy – ta’limiy hamda badiiy tafakkuri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Allomaning pedagogik qarashlari ham bu sohadagi ulkan me’rosdir. Ular tarix nuqtai nazari bilangina emas, bugungi kunimizga xizmat qilish i bilan ham zo‘r ahamiyat kasb etadi.

Download 59.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling