Zardo‘shtiylik ta’limotida ta’lim – tarbiya
Ma’lumki, Markaziy Osiyo hududida qadim – qadimdan turli dinlar, diniy aqidalar paydo bo‘ldi. Ularda aholining ijtimoiy – madaniy hayoti, turmush tarzi va an’analari ma’lum o‘lchovga solindi va belgilandi. Bunday dinlardan eng qadimiysi va eng mashhuri zardo‘shtlik dini, uning ta’limotidir. Zardo‘shtlik dinining asoschisi Zardo‘sht atalmish buyuk tarixiy shaxsdir. Zardo‘sht sharqning faylasufi, notig‘i, shoiri, donishmandi bo‘lgan. Zardo‘sht – o‘z nasihatlari, o‘gitlarida adolatni targ‘ib etadi, yaxshi xulq – odobni e’zozlaydi. Uning ta’limoti uch nuqtada: Xumata – yaxshilik, Nuxta – to‘g‘ri so‘z, Xvarishita – yaxshi xulqlarda mujassamlashgan. U chorvadorlar, dehqonlar va hunarmandlar hayotini badaviy ko‘chmanchi yo‘lto‘sarlar chopqinidan himoya qiladi. Adolat va odillik g‘oyasini olg‘a suradi. «Avesto» eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklar namunasi sifatida VII-XIII asrlarda O‘rta Osiyoda ijtimoiy va madaniy hayot, maktab va pedagogik fikr. «Avesto» zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi bo‘lishi bilan birga, ilm – fan, hayotiy voqealar haqida mukammal ma’lumot beradigan eng qo‘hna manba hisoblanadi. Unda O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi marosimlari: urf – odat, e’tiqod, ibodat, qiroat qiladigan oyatlar, diniy marosimlarda ijro etiladigan og‘zaki ijodlari haqida ma’lumot berilgan. «Avesto»da yaxshilik, unib –o‘sish, erda hayotni saqlash uchun intiluvchi kuchlar bilan razolat va qabohat, zulmat va halokat kuchlari o‘rtasidagi kurashda mardlik, jasorat va matonat, ma’rifat va insoniylik g‘alaba qozonadi.
«Avesto»da inson tozalikka, sog‘lomlikka da’vat qilinib, ularga badan tarbiya bilan shug‘ullanish, kunda yuz – qo‘lni bir necha marta yuvish, sochni toza tutib, tirnoqlarni olib tozalab turish tavsiya etiladi. Inson me’yori bilan ovqatlanib, doimo to‘q yurishi lozimligi uqtiriladi. «Avesto»da ta’kidlanishicha, qarindoshlar o‘zaro oila qurmasligi, qavm va urug‘ qoni toza, avlod benuqson saqlanishi kerak, ko‘p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozim, bir yo‘la 2 – 3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |