Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga tarixiy malumotlarni o'zlashtirish


Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Saadara at – Sulami al – Bug‘iy at Termiziy


Download 59.56 Kb.
bet5/9
Sana29.09.2023
Hajmi59.56 Kb.
#1689967
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga tarixiy malumotlarni o\'zlashtirish

Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Saadara at – Sulami al – Bug‘iy at Termiziy 824 yili Termiz shahrida dunyoga keldi. Imom at – Termiziy ham yoshlik chog‘idan hadis mutolaasiga kirishib, tezda hadislarni to‘play boshlagan va bu yo‘lda ko‘plab hadis olimlari bilan muloqotda bo‘lib, ularning suhbatini olgan. Imom at – Termiziy Imom al – Buxoriyga shogird bo‘lgan. Undan tashqari Muslim, Abu Dovud, Kutayba, ibn Sa’id, Ishoq ibn Abdurahmon, Muhammad ibn Bashorat, Ali ibn Hujr, Ahsad ibn Muni’, Muhammad ibn al – Musanno, Sufyon ibn Vaki’ kabi qator yirik muhandislarni ham o‘ziga ustoz deb bilgan.
Imom at – Termiziy o‘zining «Sunan» asaridan tashqari yana quyidagi kitoblarni yozganligi ma’lum. Chunonchi: «Kitob al – ilal» («Nuqsonlar kitobi»), «Kitob at – tarix» («Tarix kitobi»), «Kitob ash – shamoil annabiyya» («Payg‘ambarimizning axloq – odoblariga bog‘liq oid kitob»), «Kitob azzuhd» («Zohidlar haqida kitob», «Kitob al – asmo valkuna» («Roviylarning ism va laqablari haqida kitob») va boshqalar. Imom at-Termiziy to‘plagan hadislar orasida bolalarni ahloq – odobga, marhumlarga hurmat ruhida tarbiyalashga da’vat kuchli: «Chinakam sabr – toqatli deb musulmon kishining musibat yuz bergandagi chidamligiga aytiladi».
Abu Nasr Forobiy – o‘rta asr Sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining SHarqdagi eng yirik davomchisi va targ‘ibotchisidir. U Sirdaryo bo‘yidagi O‘tror (Forob) shahrida 873 yilda tug‘ilib, SHosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o‘qidi, so‘ng Arab xalifaligining markazi Bag‘dod shahriga borib, u erda ko‘p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o‘rganish bilan shug‘ullandi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o‘z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi.U «Aql haqidagi risola», «Falsafadan oldin nimani o‘rganish kerak?», «Substansiya haqida», «Falsafa manbalari», «Logikaga kirish», «Masalalar manbai» kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi. Farobiy ta’lim – tarbiya berish usullari haqida yozadi. «Amaliy fazilatlar va amaliy san’atlar qanoatbaxsh so‘zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiradi, odamdagi g‘ayrat, kasb – intilish, harakatga aylantiradi.» Olim, daraxtning etukligi uning mevasi bilan bo‘lganidek, insonning barcha xislatlari ham axloq bilan yakunlanadi, deydi, Farobiy o‘z davridagi yoshlarni ta’lim, bilim, hunar egallashlari zarurligi xususida fikrlar bildirdi. Bu fikrlar hozir ham ta’lim – tarbiyada g‘oyat muhimdir.
Abu Rayhon Beruniy jahon fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan zo‘r iste’dod egasi va zahmatkash tadqiqotchi edi. Uning o‘lmas ilmiy asarlari jahon tarixida va taraqqiyotida benihoya yuksak ahamiyatga molikdir.

Download 59.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling