Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga tarixiy malumotlarni o'zlashtirish


Download 59.56 Kb.
bet3/9
Sana29.09.2023
Hajmi59.56 Kb.
#1689967
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga tarixiy malumotlarni o\'zlashtirish

Islomda ta’lim-tarbiya
Islom jahonga keng yoyilgan dindir. Uning ta’limotlari– Qur’oni karimda bayon etilgan. Islom dinida onalar mo‘‘tabar zot sifatida ulug‘lanadi va sharaflanadi. Islom dinida mehnat qilish ibodat qilish bilan barobarligi, mehnat qilishdan uyalmaslik kerakligi aytiladi.Zero, mehnat – inson hayotining ko‘rki, bezagi. Mehnat insonga baxt – saodat, farovonlik baxsh etadi. Halol mehnat ma’naviy hayotning mezonidir. Mehnat insonni uch balodan saqlaydi: yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Qur’onda ilmga katta e’tibor berilgan. Bunga unda «ilm» so‘zining 765 marta takrorlinishi yorqin dalildir. Ilmlarni o‘rganish har bir inson uchun farzdir. Ilm o‘rganishdan murod mansab emas, avval o‘qigan ilmiga o‘zi amal qilib, so‘ng xalq va Vatan oldidagi burchni ado etishdir.
Islom dini ilm talab qilinishini ibodat darajasiga ko‘taradi, ilm talabini ixtiyoriy ibodatdan yuqori qo‘yadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, ilm olishda erkak ham, ayol ham teng huquqlidir.Islom ta’limotida sabr axloqiy fazilat, musulmon kishining ruhiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Sabr musulmonlar qalbiga sukunat va xotirjamlik baxsh etadi, alam berayotgan dardiga malham bo‘ladi. Sabrsizlik insonni kayg‘udan qutqaza olmaydi: uning o‘zi kuydiruvchi bir kayg‘u.
Islomta’limotidavafodorliksadoqatturlaridanhisoblanadi. Vafo – insoniy eng oliy fazilat. Islom ta’limotida mol – dunyoga erishgan har bir inson o‘z boyligini to‘g‘ri yo‘lda sarflashi kerakligi ta’kidlanadi. Islom dinida birovning haqiga xiyonat qilish, halol mehnat bilan topgan molini, mablag‘ini zo‘rlik va aldov bilan olish, o‘g‘rilik qilish og‘ir gunoh, kabih odat hisoblanadi. Islom ta’limotida aytilishicha, baxil kishi oqibatda xor bo‘ladi, ko‘pchilikning nafratiga uchraydi.Islom dinida insonga baxsh etilgan sifatlardan yaxshisi, xushxulqdir. Xushfe’llik inson aql – idroki, madaniyati, bilimliligidan dalolatdir. Xushfe’l inson samimiy, mulohazali, pokdil, irodali, sabr – toqatli bo‘ladi. Bunday fazilatli inson boshqalarda o‘ziga nisbatan hurmat, samimiylik, izzat, hurmat hissini uyg‘otadi.

Download 59.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling