Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga tarixiy malumotlarni o'zlashtirish
Download 50.03 Kb.
|
Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga tarixiy malumotlarni o\'zlashtirish
Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentyabr (hijriy 362 yil 2- zulhijja) kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga keladi. U yoshlikdan ilm – fanga g‘oyat qiziqadi. Xorazmda shuhrat qozongan olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo‘lida ta’lim oladi, fanning turli sohalari bilan shug‘ullanadi, butun sharqning fan va madaniyatini o‘rganadi, ona tilidan tashqari arab, sug‘diy, fors, suyoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini mukammal egallaydi. Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi. Beruniy o‘z didaktik qarashlarida tabiat, jamiyat hodisalariga, turmush voqealariga xolisona baho berish – inson tabiatini bildiruvchi omil ekanligini ta’kidlab, kishilarni voqealarga mustaqil va ongli munosabatda bo‘lishga undaydi. Olimning ta’kidlashicha, sezgi o‘z qo‘zg‘atuvchi a’zolari orqali yuzaga keladi. Qo‘zg‘atuvchilar bir me’yorda bo‘lsa, yokimli va zararsiz, agarda me’yordan ortiq bo‘lsa, dardli va halokatli bo‘ladi. Ko‘rish sezgisini nur qo‘zg‘atadi, eshitish, hidlash havo bilan burunga uriladigan hidlar orqali paydo bo‘ladi, ta’m – ozuqaning mazasi bilan vujudga keladi. Bu to‘rt sezgini his etuvchi maxsus a’zolar tanada mavjuddir. Beshinchi sezgi esa, butun badanda voqeadir. Beruniy inson ana shu xususiyatlari bilan barcha mavjudotlardan ustunligini ta’kidlab, insonning asosiy vazifasi mehnat orqali ko‘zlagan maqsadiga erishish, yaxshilik ko‘rishdir, degan g‘oyani olg‘a suradi. Beruniy ilm – fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi, ilm – fanning gullab yashnashida, odamning baxti esa, uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida har bir inson o‘z qalbining farmoyishiga ko‘ra xayr – ezgulikka intilishi, sun’iy obro‘, shuhrat qozonish uchun muruvvat va shafqat ko‘rsatmasligi kerakligini ta’kidladi. Beruniy olg‘a surgan insonparvarlik g‘oyalari, ta’lim- tarbiya xususidagi fikr – o‘gitlari mustaqillik davrida ham yoshlarni barkamol qilib etishtirishga xizmat qiladi.
Ibn Sino butun musulmon Sharqining ulkan qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyandalaridan biridir. Ibn Sino o‘rta asr fanining turli sohalari – falsafa, tibbiyot, tabiatshunoslik, badiiiy adabiyot bo‘yicha yozgan asarlari bilan madaniyatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi, uning rivojiga katta hissa qo‘shdi, o‘z davrida «Shayx – urrays» (olimlar raisi) unvoni bilan taqdirlandi. Uning 150 dan ortiq asari ma’lum. Uning «Tib qonunlari» nomi bilan shuhrat qozongan asari Sharqda ham, G‘arbda ham meditsinada asosiy qo‘llanma hisoblangan. Olimning meditsinaga doir kashfiyotlari, ayniqsa, turli o‘simliklardan kimyoviy yo‘l bilan dori – darmonlar tayyorlash haqidagi fikrlari hamon o‘z qimmatini saqlab kelmoqda. Ibn Sino olim bo‘lish bilan birga iste’dodli adib hamdir. Uning forsiy tilda yozgan she’rlar devoni, «Donishnoma» kitobi, arab tilida yozilgan «Salamon va Ibsol», «YUsuf qissasi», «Qush» va boshqa qissalari bizga qadar etib kelgan. Ibn Sino xalq og‘zaki ijodidagi termalar asosida yozma adabiyotga ruboiy janrini olib kiradi. O‘z g‘azal va ruboiylarida shoir go‘zallikni, ilm – fanni targ‘ib etadi, jaholat, zulm – zo‘rlikni qoralaydi. Bir ruboiysida ilmda kamolot cho‘qqisiga etishsa – da, hamon qadrlanmaganidan shikoyat qilsa, boshqa birida o‘z ilmiy qudratini ta’kidlaydi: Qora er qa’ridan to avji Zuhal, Koinot mushkulin barin qildim hal. Ko‘p chigal tugunni angladim, echdim, Echilmay qolgani birgina ajal. O‘z qissalarida Ibn Sino mardlik, insonparvarlik, halol – poklik, mehnatsevarlikni targ‘ib qilib, munofiqlik, sergaplik, yolg‘onchilik, ishyoqmaslikni, riyokor imomlarning ikki yuzlamachiliklarini fosh etadi. Ibn Sino kishilarni ilm – fanni o‘rganishga, kasb – hunar egallashga da’vat etadi.Ulug‘ olim va iste’dodli adibning nodir asarlari biz uchun hamisha aziz va mo‘‘tabardir. Download 50.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling