Mavzu: Boshlangich sinf oquvchilarning matematik fikrlash qobiliyatlarini oʼstirish


Boshlangʻich sinf matematika darslarida oʻqitish vositalarini oʻquvchilar bilimini oʻquv jarayonida tekshirishning ahamiyati


Download 44.75 Kb.
bet6/7
Sana14.11.2023
Hajmi44.75 Kb.
#1771944
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Boshlangich sinf oquvchilarning matematik fikrlash qobili-fayllar.org

2.2. Boshlangʻich sinf matematika darslarida oʻqitish vositalarini oʻquvchilar bilimini oʻquv jarayonida tekshirishning ahamiyati.
Matematika o‘qitishda o‘quvchilarning misol va masalalarni to‘g‘ri yechilganligini tekshirish muhim ahamiyatga ega. Matematikadan bilimlarni tekshirishda faqat dastur talabiga yarasha u yoki bu bilimlarning o‘quvchilar ongida bo‘lishligini hisobga olmasdan, balki sifatini xarakterlaydigan quyidagilarni ham e’tiborga olish kerak:
1) O‘quvchilar mulohazasi va tushunchalarining o‘qitilayotgan ob’yektga mos kelishi;
2) aniqlik, ya’ni detallarning to‘g‘riligi;
3) to‘liqlik, ya’ni ob’ekt va jarayonlarga taalluqli mulohaza va tushunchalarning yetarli va to‘liq bo‘lishi;
4) Ob’ekt va jarayonlardagi muhim belgilarni, tushuncha va mulohazalarda aks ettirish;
5) onglilik, ya’ni tushunchalar orasidagi bog‘lanishni tushuna olish va mulohazalarni asoslay olish;
6) mustahkamlik, ya’ni o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlab qolish. O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash didaktikada barcha fanlar uchun umumiy qilib berilgan. Bilimlarni tekshirish va baholash maqsadi o‘qituvchi uchun o‘quv materialini o‘quvchilarning o‘zlatirish sifatini, dasturdagi bilimlarni egallash darajasini, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilinganligini aniqlashdan iboratdir.
Bu orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini o‘quvchilar matematikadan o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan bilimlar hajmini o‘quv dasturi bilan soltshtiradi. Shu hajmni o‘zlashtirish va mustaqil masalalar yechishga erishish uchun lozim bo‘lgan bilimlar hosil bo‘ldimi yoki yo‘qmi ekanligini doimo nazorat qilib boradi.
Yangi masalalarni yechishda bilimlarni amaliyotga qo‘llash va o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning matematikadan bilim va malakalarini tekshirishning usullari xilma-xil bo‘lib, ular o‘quvchilarning og‘zaki yoki yozma bayon qilishi, masala yoki misol yechishi, aniq bilimlardan foydalanib chizish, o‘lchash, laboratoriya ishlarini bajarilishi kabilar orqali aniqlanadi. Masalan, o‘quvchi ko‘paytmani ko‘paytirishdan hosil bo‘lishini bilsada, “ko‘payuvchi 15, ko‘paytuvchi 6, ko‘paytmani toping” – degan masalani yechishda qiynaladi. Shuning uchun o‘quvchining har bir javobida yuqorida aytilgan bosqichlarni bajarish zarur.
O‘quvchilar bilimini og‘zaki aniqlash
O‘quvchilar bilimini tekshirishning yana bir usuli o‘quvchilardan individual so‘rash hisoblanadi. Bu so‘rash uncha katta bo‘lmagan og‘zaki hisoblash bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunday so‘rashni o‘qituvchi odatda uy vazifasini tekshirish bilan bog‘laydi. Og‘zaki hisoblash malakalarini tekshirish maqsadida sinfning barcha o‘quvchilari bilan misol va masalalar yechishda qo‘llaniladi. O‘qituvchi misolni aytadi, o‘quvchilar og‘zaki yechib, daftaridagi taalluqli raqam to‘g‘risiga faqat javoblarini yozib qo‘yadilar. Bunday topshiriqni har bir darsda 7–10 minut davomida o‘tkazish maqsadga muvofiq.

XULOSA
Boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallarni shakllantirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun har bir tushunchaning mohiyati, mazmuni va uning o’quvchilar amaliy tajribasiga asoslanilishi hamda ko’rgazmalilikning keng yo’lga qo’yilishi, taqqoslash, xulosa chiqarish va konkretlashtirishga o’rgatish bo’lish usullarining o’rganilishi bilan birga umuman boshqa amallardagi o’xshash qonuniyatlarni taqqoslash asosida keltirib chiqarishga hamda mashq va misollarni yechishni tahlil qilish asosida o’rgatilishi, xatolar ustida ishlash va bularning barchasidan samarali foydalanish asosini tashkil etadi.Boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar xossalari va usularini o’rganishda o’ziga xos bo’lgan qonuniyatlarini ko’paytirish amaliga teskari amal sifatida muvofiqlikda o’rganilishini talab etsa, ikkinchi tomondan maxsus hollarni taxlil etishda amallardagi xos xususiyatlar bilan taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o’quvchilarni fikrlashlarini o’stirishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatadi.Boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar tushunchasiga doir qiziqarli masalalar va ko’rgazmalilik, predmetlar vositasida, nazariy mantiqiy savollardan foydalanish na faqat o’quvchilarning arifmetik amallar chuqur o’rganishga, ularda mantiqiy tafakkur ko’nikmalarini rivojlantirishga hamda asosiy boshlang’ich matematik tushunchalarning nutqda o’zlashtirilishini ta‘minlaydi va ularni bosqichma-bosqich tafakkur usullari mohiyatini tushunishlariga xizmat qiladi.O’quvchilarda boshlang’ich sinflar matematika darslarida arifmetik amallar o’rgatish sistemali jarayon bo’lishi, bunda o’qituvchining turli imkoniyatlardan foydalana olishi. tayyorlovchi savol va topshiriqlardan o’rinli foydalana olishini talab etadi. Bu shu bilan asoslanadiki, tushunchalar natija va qoidalarning mantiqiy asoslanishida analitik va sintetik usullarni o’zaro muvofiq holda qo’llash ularni asoslash va tekshirish, taqidiy fikrlash usullarini qo’llash uchun muhim ahamiyatga ega.

Download 44.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling