Mavzu: Boshlangich sinf oquvchilarning matematik fikrlash qobiliyatlarini oʼstirish


Download 44.75 Kb.
bet1/7
Sana14.11.2023
Hajmi44.75 Kb.
#1771944
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Boshlangich sinf oquvchilarning matematik fikrlash qobili-fayllar.org


Mavzu: Boshlangich sinf oquvchilarning matematik fikrlash qobiliyatlarini oʼstirish

Mavzu:Boshlangich sinf oquvchilarning matematik fikrlash qobiliyatlarini oʼstirish.
Reja:
Kirish.
I bob Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika o‘qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilari rivojlanishining nazariy asoslari va usullari.
1.1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika o‘qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilari rivojlanishining nazariy asoslari.
1.2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika o‘qitish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish usullari
II bob O’quvchilarni mantiqiy fikrlashga o’rgatish, ko’nikma va malakalarini shakllantirish usullari.
2.1.Boshlangich sinf oquvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʼstirish.
2.2. Boshlangʻich sinf matematika darslarida oʻqitish vositalarini oʻquvchilar bilimini oʻquv jarayonida tekshirishning ahamiyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Bolalarni masala yechishga o’rgatish - bu berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog’lanishni aniqlashni va buning asosida arifmetik amallarni tanlash haqida ularni bajarishini o’rganish demakdir. Masalalarni yechish o’quvida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan markaziy zveno berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi boglanishni o’zlashtirishdir. Masalalar yecha olish o’quvlari bu bog’lanishlarni qanchalik yaxshi o’zlashtirganligiga bog’liqdir. Shuni hisobga olgan holda boshlang’ich sinflarda yechilishi berilgan sonlari va nomalumlar orasidagi bir xil bog’lanishlarga asoslangan, aniq mazmuni va sonli berilganlari bilan esa farq qiluvchi masalalar guruhi bilan ish koriladi. Bunday masalar guruhini bir turdagi masalalar deb ataladi. Masalalar ustida ishlash o’quvchilarni avval bir turdagi so’ngra boshqa turdagi masalalarni yechishga majburlashga olib kelishi kerak emas. Uning asosiy maqsadi o’quvchilarni turli hayotiy vaziyatlardagi berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi ma’lum bog’lanishlarni ularni murakkablashib borishini ko’zda tutgan holda aniqlab olishga o’rgatishdir.Bunga erishish uchun o’qituvchi masalalarni yechishini o’rgatishda malum maqsadlarni ko’zlaydigan bosqichlarini ko’zda tutishi lozim. Birinchi bosqichda o’qituvchi ko’rilayotgan turdagi masalalarni yechishga tayyorgarlik ishini olib boradi. Bu bosqichda o’quvchilar maskur masalalarni yechishda tegishli amallarni tanlash uchun asos bo’ladigan bog’lanishlarni o’zlashtirishlari lozim. U yoki bu turdagi masalalarni yechishga tayyorgarlik ishi arifmetik amallarni tanlashda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi qanday bog’lanishga tayanishga bog’liq. Shunga muvofiq masala yechishga doir maxsus mashqlar o’tkaziladi. Ko’p hollarda masalalar yechishga qadar to’plamlar ustida amallar bajariladi.
Boshlang’ich ta‘limda matematika o’qitish arifmetik amallar va tushunchalar mohiyatini ochish orqali, hayotiy mazmunli mashq va misollardan keng foydalanish va shu asosda mantiqiy biri-biriga bog’langan tushunchalar, ta‘riflar, qoidalar va xulosalarni keltirib chiqarish o’quvchilar matematik qobiliyatlarini rivojlantirigshga xizmat qiladi..
Boshlang’ich ta‘limda matematika o’rganishda har bir amalning o’ziga xos xususiyatlarini o’zida aks ettiruvchi matnli mashqlar va ularni o’quvchilar ha1yotiy tajribasi bilan bog’lab taklif etish uzviylikka ega, bu esa o’quvchilarning fanga qidiqishlarini oshirish bilan birga fikrlash qobiliyatlarini rivojlanishi uchun asos bo’ladi. SHuningdek umumiy fikrlash usullari va ko’nikmalarni rivojlantirishga ta‘sir ko’rsatadi.
Boshlang’ich ta‘limda matematika o’qitishda fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish arifmetika materiallari mazmuni, o’rganilayotgan asosiy tushunchalar va ularga doir masalalarni yechish ko’rgazmali tasavvurlar bilan birga mantiqiy fikrlashni, asoslash va amaliy qo’llanishni talab etadi.
SHularni hisobga olib ushbu malakaviy bitiruv ishi boshlang’ich sinflar matematika darslarida bo’lish tushunchasini o’qitish uslublari o’rganishga va bu borada uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga bag’ishlangan.Boshlang’ich sinflar matematika darslarida boshlang’ich sinf o’quvchilarini hayotiy masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlang’ich sinflar matematika darslarida ko’pigan tushunchalarni hayoti tajribaga asoslanib o’qitishga asoslanadi, ikkinchidan, tushunchalar, qoidalar va ularni kuzatishlar,mashq va misollar asosida ko’rgazmali chiqarilishi usullari, amallar va ularning xossalarini bayon etishda ularning qo’llanilishi, uchinchidan, matnli va syujetli mashq va misollar va ularni yechishda o’quvchilarda fikrlash ko’nikmalarini gakllantirish bilan birga algebraik va geometrik tushunchalar, boshqa amallar bilan o’zaro aloqadorligidan foydalanish talab etiladi. SHuning uchun o’quvchilarini hayotiy masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyat-larini rivojlantirish samarali usullarini ishlab chiqish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo’llash usullarini o’rganish dolzarb vazifa hisoblanadi.


Download 44.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling