Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchisi mantiqiy tafakkurini o’stirishda o’quv tamoyillari roli


Download 282.5 Kb.
bet2/10
Sana04.02.2023
Hajmi282.5 Kb.
#1158441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SABOHAT NAPASOVA KURS ISHI QAYTA TAYYOR

Tadqiqot maqsadi. Boshlang’ich sinf o’quvchisi mantiqiy tafakkurini o’stirishda o’quv tamoyillaridan o’rinli foydalanish foydalanish yo’llarini qidirish va bu yo’lni konkret holatlarda yoritib berishdan iboratdir.
Tadqiqot obyekti. 1-4 sinfda matmatika darslari hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining manitiqiy tafakkurini o’stirishda ta’lim tamoyillarini qo’llash jarayonlarini oldik.
Tadqiqot vazifalari:

  1. muammoning umumdidaktik va psixologik asoslarini o’rganish va uni ishga yoritish.

  2. Muammoning metodik obektlarini aniqlash va uni asoslab berish.

  3. Nihoyat shularni barchasiga tayanib, ish rejasini tuzish va uni amalgam oshirish.

Tadqiqot metodlari: pedagogik tahlil, qiyosiy tahlil, suhbat, kuzatish, analitik obzor.
Kurs ishining tuzilishi. Ish kirish, ikki bob, 4 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati va ilovalardan iborat bo'lib, uning hajmi betni tashkil etadi.

I BOB
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHISI MANTIQIY TAFAKKURINI O’STIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI



  1. 1. Bolalarni mantiqiy tafakkurini shakllantirishning shart-sharoitlari

Tushuncha va tafakkur qilishning ijtimoiy moxiyati.Inson idrok qilgan xotirasida saqlab qolgan narsalarning barchasi uning uchun ma`lum ma`no va moxiyatga ega bo’ladi.Aks xolda u eslab qolmaydi xam, keyingi safar analogik ob`ekt bilan tuqnash kelganda, unga diqqatini qaratmaydi ham, figura fonga aylanib qolaveradi.Ya`ni, biz qo’rgan, eshitgan, his qilgan narsalarimizning barchasi ma`noli, kerak bo’lsa, ma`nili bo’lishini xoxlaymiz.SHunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan ma`no xar bir aloxida shaxs tomonidan turlicha idrok qilinadi. Masalan, olim uchun har qanday kitob-hayotining ma`nosi bo’lsa, dehqon uchun er va undan olinadigan hosil-ahamiyatli hisoblanadi. Xattoki, bitta narsaning o’zi turli odamlar uchun turli xil ma`no va mazmun kasb etadi.
Demak, bizning dunyoni uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, angalashimiz va unga ongli munosabatimiz bildirib, izxor qilishimizga aloqador bo’lish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi.
Tafakkur - inson ongining bilish ob`ektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o’rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo’lishini ta`minlovchi umumlashgan va mavxumlashgan aks ettirish shaklidir.Tafakkur muammolari o’zoq vaqtgacha o’zining murakkabligi bilan psixologlar nazaridan chetda bo’lgan. U asosan faylasuflar va mantiqshunoslar fikr yuritadigan masala hisoblangan. Psixologiya ilmining otaxoni hisoblanmish nemis olimi Vilgelm Vundt xam psixologiyani ikkiga bo’lib- fiziologik psixologiya (eksperimental yul bilan bilish jarayonlarini o’rganuvchi fan ) va xalqlar psixologiyasi qismlariga bo’lib, oxirgi psixologiyaning tarkibiga nutq va tafakkur psixologiyasini xam kiritgan, hamda uni eksperimental tarzda o’rganib bo’lmaydi, ularni tushuntirish mumkin xolos deb hisoblagan.Bu xulosalar aslida tafakkur va fikrlash jarayonlarining naqadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.Lekin shunday bo’lsa ham shuni ta`kidlash joizki:
-birinchidan, tafakkur va fikrlash jarayonlari- bu bilish jarayonlari;
-ikkinchidan, ular xam shaxs tomonidan borliqni aks ettirish shakli, umumlashtirib, bilvosita aks ettirish shakli;
-uchinchidan, bu jarayonlar eksperimental psixologiya tomonidan o’rganiladi;
-to’rtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yuqori darajadagi shaklidir.
Tafakkurning oliyligi va murakkabligi, shundaki, u idrokdan farqli, bevosita aks ettirish bo’lmaydi, narsalar va ularning xossalarini ular yo’q paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Tafakkur qilishimizning ta`minlovchi organi - bu miyamizdir.Barcha hisob-kitob ishlari-eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab mavxum teoremalarni isbot qilishga qaratilgan operatsiyalar miyada sodir bo’ladi. SHuning uchun xam juda charchab to’rgan paytda odamdan biror qiyinroq masala xususida fikr bildirishni so’rasangiz, "Hozir boshim og’rib turibdi, juda charchaganman, biroz o’zimga kelay, keyin fikrlashamiz", deb javob beradi.Demak, miya faoliyati bilan fikrlash faoliyati o’zaro uzviy bog’liq ekan.Miyamizning fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim olimlarning fikricha, uning ishlash qonunlari hozir biz ishlayotgan komp'yuterlar emas, yana 100-200 yillardan keyin paydo bo’ladigan murakkab, o’ta "aqilli" kompyuter faoliyatiga yaqin ekan.
Kallamizga kelgan barcha uy-xayollar bu fikrlardir. Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib bo’lmaydi, har on, har daqiqada odam miyasi qandaydir fikrlar bilan band bo’ladi. Ularni tartibga solish, keragicha diqqatni tarqatish emas balki qaratish ichki yoki tashqi nutq vositasida uni echish fikrlash jarayonidir.
Psixologlarning fikricha, har qanday masalani echish mobaynida odam uning sharoitlarini bir necha variantlarda tasavvur qilsagina echimga kelarkan. Agar idrok bilan bog’laydigan bo’lsak figura fanga, fan esa figuraga aylanadi.Ularning o’rinlari almashadi va hokazo. Bundagi individual farq shundaki ba`zi bolalar echimga to’g’ridan-to’gri figura asosida keladi, boshqalar esa bir necha echimning variantlarini ko’z oldiga keltirib, so’ng bir qarorga keladi, boshqalar esa juda tez fikrlaydi, kimdir juda sekin. SHuning uchun ham test echish jarayonida yonma-yon o’tirgan ikki bola bir xil echimni belgilaydi, lekin o’sha echimga kelish yo’llari har birida o’ziga xos bo’ladi.Aynan shu jarayonning qanday kechishni tafakkur psixologiyasi o’rganadi.Muammoning echimi ba`zan birdan, yorqin yulduzday yarq etib paydo bo’ladi. Bunday psixologik xolat psixologiyada insayt-oydinlashuv deb ataladi.Xattoki, ba`zan shunday xam bo’ladiki, yangilik kashf etgan olim o’zining fikri naqadar noyob ekanligini xam anglash imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Qolaversa kashfiyot guyoki uniki emasday, qaerdan kelib qolganini genial kashfiyotlarning haqiqiy qadr-qimmati muallif o’tib ketgandan keyin tarix tomonidan baholanadi.Xuddi shunday kadrga ega bo’lgan kashfiyotlar yurtimizda yashab o’tgan yuzlab allomalar ijodiga taalluqli.Masalan, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abu Nasr Farobiy, Al-Farobiy, Xorazmiy kabi allomalar o’zlari ijod qilgan paytlarda yaratgan g’oyalari va kashfiyotlarining qanchalik ahamiyatli va o’lmasli ekanligini keyingi avlod, butun bir insoniyat tarixi isbot qilib, tan oldi.R.Dekartning kallasiga analitik geometriya g’oyasi kelganda, o’zida yo’q xursand bo’lgan va cho’kkalab, yig’lab shu fikrni unga ato etgan xudoga sajda qilgan ekan. Darhaqiqat, miyadagi tiniqlik, oydilashuv avvalo, olloxning inoyati, qolaversa, o’sha fikr egasining mashaqqatli mexnati, tinimsiz ilmlar dunyosida to’kkan zaxmatli terlari evaziga ro’y beradi.Umuman yangiliklar ochish, ijod qilishga aloqador tafakkur turi uning eng ahamiyatli va shu bilan birga eng qiyin turidir.
Tushuncha tafakkur formasidir.Inson tushunchalar vositasi bilan fikrlaydi.Bir-biri bilan aloqada bo’ladi. Insonning dunyo, uning qonuniyati va mohiyatini bilish tushunchalar kategoriyalar formasida sodir bo’ladi.
Tushuncha ob`ekt voqelikni inson ongida aks ettirish asosida paydo bo’ladi. Tushunchа moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning umumiy muhim belgi va xususiyatlarini inson miyasida aks ettirish asosida paydo bo’ladi.
Tushunchalar hosil bo’lishi uchun ularning muhim va umumiy belgilarini topish kerak. Bu jarayon esa murakkabdir. SHuning uchun turli mantiqiy usullardan foydalaniladi.Bu mantiqiy usullar taqqoslash, analiz va sintez, abstraktsiyalash va umumlashtirishdan iborat.
Predmet va narsalarni bilish, tushunish dastavval taqqoslash asosida boradi, u boshqa buyumlardan farq qilinadi va unga yaqin narsaga bo’lgan o’xshashligi aniqlanadilanadi.Demak, taqqoslash narsalarning bir-biriga o’xshashligi va bir-biridan farqini aniqlanadigan mantiqiy usuldir. Bir necha predmetlarni taqqoslash asosida biz ularning umumiy belgilarini topamiz.Predmetlarni bilish, o’rganish, belgilarini ajratish uchun ularni fikran bo’laklarga ajratish kerak.Demak, analiz (taxlil) predmetlarni fikran qismlarga bo’lish, ularning ayrim qismlarini, belgilarini, xususiyatlarini ajratishdan iborat bo’lgan mantiqiy usuldir.
Predmetlarning ayrim bo’laklari, qismlarini o’rganib, fikran ularning bir butunligini tiklash kerak.Demak, sintez analiz (taxlil) qilingan predmetlar qismlarini fikran birlashtirib, bir butun xoliga keltiradigan mantiqiy usuldir.
SHunday qilib, analiz bilan sintez bir-biriga qarama-qarshi usuldir.Biroq ular bir-birini to’ldiradigan, bir-birisiz yashay olmaydigan mantiqiy usullardir. Chunki bu mantiqiy usullarning ikkovi birgalikda predmet xususiyatlarini inson ongida aks ettiradi.
Predmetlarning belgilarini analiz qilish asosida ularning ayrimlari muhim ekanligini, boshqalari esa nomuhim, ikkinchi darajali ekanligini ajratamiz. Biz o’z ongimizning muhim belgilariga qaratib, nomuhim belgilaridan uzoqlashtiramiz. Demak, abstraktsiyalash (mavxumlashtirish) predmetlarning muhim xususiyatlarini fikran ajratib, nomuhim, ikkinchi darajali xususiyatlarini fikrdan soqit qilishdan iborat bo’lgan mantiqiy usuldir.U eki bu belgini abstraktsiyalash-boshqa belgilarni fikrdan sokit qilish, o’zoklashtirish demakdir. Abstraktsiyalash-tirmasdan turib xech qanday tushuncha xosil qilib bo’lmaydi.Abstraktsiyalashning natijasi abstraktsiya (mavxumlash) deb ataladi.
Predmetlarning muhim belgilarini ajratib, ularning boshqa uxshash, jinsdosh predmetlarga tegishli ekanligini aniqlanadilab, ularga xam mansub ekanligi kursatiladi.Ma`lum belgilar bir gruppadagi yoki butun predmetlarga tegishli ekanligi umumlashtiriladi.
Demak, umumlashtirish uxshash, jinsdosh predmetlarning umumiy xususiyatlarini, belgilarini fikran birlashtirishdan iborat bo’lgan mantiqiy usuldir.



Download 282.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling