Mavzu: boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida orfografik mashqlarni tahlil qilishda samarali usullarni qo‘llash reja: kirish asosiy qism I bob. Boshlang`ich ta’lim tizimida orfografiya o


Download 226 Kb.
bet1/11
Sana24.12.2022
Hajmi226 Kb.
#1051742
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ofrografik



MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINFLAR ONA TILI DARSLARIDA ORFOGRAFIK MASHQLARNI TAHLIL QILISHDA SAMARALI USULLARNI QO‘LLASH


REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM


I BOB. BOSHLANG`ICH TA’LIM TIZIMIDA ORFOGRAFIYA OQITISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Orfografik bilimni shakllantirishdagi lingvistik va psixologik xususiyatlar
1.2 O‘quvchilarni orfografik bilimlarini o‘stirishga oid mashqlar


II BOB. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA ORFOGRAFIK BILIMLARNI O’RGATISH METODIKASI
2.1 Orfografik bilimni o’rgatish metodikasi
2.2 Orfografik bilimni o’rgatishda pedagogik texnologiyadan foydalanish


XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YXATI


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning so’zlagan nutqida quyidagi fikrlarni aytib o’tgan edilar: «Faqatgina chinakkam ma‘rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallashi uchun faollik bilan kurashishi mumkin. Sir emas, har qaysi davlat, har qaysi millat o’zining yer osti va yer usti tabiiy boyliklari, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va ma‘naviyati bilan kuchlidir. Bunday boyliklarni ahamiyatini anglash uchun Chor Rossiyasining Turkiston o’lkasidagi general – gubernatori M.Skobelov: «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, balki uning madaniyatini, san‘atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi», deb aytgan. Bunday yovuz qarashlarga qo’shimcha izoh berishga hojat yo’q, kerakli xulosa – saboq chiqarishga bugun ham kech emas. Chunki uzoq yillar davomida biz maktabda o’rganilgan barcha fanlar qatori ona tilidan ham mutloq dastur va darsliklarga, uni tubdan yangilash, o’zgartirishlarga qaratilgan fikrlarning qoralab kelinganini yaxshi bilamiz. Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimzda amalga oshirilgan muhim ijobiy ishlardan biri «Ta‘lim to’g’risida»gi va «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida»gi Qonunlarning qabul qilinishi hamda boshlang’ich ta‘limning ham shaklan, ham mazmunan o’zgarishi bo’ldi. Boshlang’ich ta‘lim 1992-1993 o’quv yilidan 4 yillik ta‘limga o’tdi. Barcha boshlang’qich sinflarining darsliklari ishlab chiqildi. 1994-1995 yili ishlab chiqilgan dastur, darslik, metodik qo’llanmalar, ko’rgazma qurollar, tarqatma 5 materiallar ishlab chiqildi va 1995-1996 yilda «Lotin yozuviga asoslangan o’zbek imlo qoidasi» ishlab chiqilib yangi alifboga o’girildi. Maktablarda ona tilining o’qitilishini talab darajasiga chiqarish maqsadiga mazkur fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda uning mazmuni va tarkibiy qismlari ishlab chiqildi. Mazkur holatlarning barchasi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling