Mavzu: Boshlang’ich sinflarda gap o’qitish metodikasi


Download 205.64 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi205.64 Kb.
#1531603
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda gap o’qitish metodikasi

2. reja Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitishning asosida grammatik nazariya emas, balki nutqiy ko`nikma va orfografik malaka hosil qilish turadi. Bu davrda bolalar til materiallarini tahlil qilishga , asosiy tushunchalarni ajratishga o`rgatiladi. Materialni tahlil va tarkib qilish, guruhlash va umumlashtirish, o`xshash va farqli tomonlarini topish, nutqiy va orfografik ko`nikmalarni amalda tadbiq etish jarayonida bolalar har tomonlama rivojlanadi. 3-sinfda “Gap” bo`limi mavzusini o`rganishga 30 soat ajratilgan. O`quvchilar 2-sinfda gap bilan amaliy tanishganlar, nutqdan gaplarni ajratishni ,gapning tugallangan mazmun bildirishini , gap oxirida ovozning pasayishi va to`xtam bo`lishini , yozuvda nuqta qo`yilishini, gap ki yoki nima haqda aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so`zni aniqlashni, gap tuzishni va gapni savollar orqali kengaytirishni, gapning birinichi so`zi bosh harf bilan boshlanishini bilib olganlar. 3- sinfda o`quvchilarning “Gap‟ mavzusi yuzasidan olgan bilimlari takrorlanib, mustahkamlanadi va kengaytiriladi. “Gap” bo`limi mavzusi o`tilganda o`quvchilar gapning turi, gap turi, gap bo`laklari va gapda so`zlarning bog`lanishi haqida ma`lumot oladilar;”Darak va so`roq gap‟, “His-hayajon gap”, “Gapning bosh bo`laklari” (ega va kesim) , “Ikkinchi darajali bo`laklar ” mavzularini; gapda bir- biri bilan bog`langan so`zlarni juft-juft qilib ajrata olishni o`rganadilar. Darslikdagi yangi materialni o`rganishga kirishish oldidan o`quvchilarning ijodiy fikr yuritishlari , izlanishlari, qiziqishlari va faolliklarini oshirish maqsadida “Nutq nima?” “Nima uchun nutqimizda turli gaplar qo`llanadi?” , “So`roq gaplar qanday 36 tuziladi?‟, “His- hayajon gaplar qanday bo`ladi?‟ kabi savollar qo`yilgan. Bu kabi savollar darsning maqsad va vazifasini belgilaydi. XX asrning 80-yillarida “samaradorlik” tushunchasining didaktik jihatlarini O.Roziqov tahlil qilgan edi . U ta`lim jarayoniga qo‟yilgan o‟quv maqsadi bilan bolalar erishgan natija o‟rtasidagi farqni tahlil qilib, samaradorlikni ta`lim jarayoniga qo‟yilgan maqsad va erishilgan natija o‟rtasidagi tafovut shaklida qayd etgan . Shu bilan birga muallifning yozishicha, samaradorlik fanlararo tushuncha bo‟lib, uning mohiyati ta`limni tashkil etish muhiti, vaqt, natija, ta`limni tashkil etish madaniyati kabi tushunchalar bilan aloqador. O.Roziqov didaktik hodisalarni sistеm tahlil qilish mеtodologiyasiga asoslanib, ta`limning samaradorligini oshirishning qator tamoyillarini ham qayd etgan. Ta`limning samaradorligini oshirish uchun ta`lim jarayonida qo‟yilgan maqsad bilan erishiladigan natija o‟rtasidagi tafovutni kamaytirish (1), ta`lim vositalarining ta`lim jarayoni mazmuniga mosligi (2), ta`lim mazmuni va faoliyat usullarini bir paytda o‟zlashtirish (3), ta`limni bolalarning yuqori darajadagi taraqqiyotini mo‟ljallab tashkil etish (4) kabilar samaradorlik tamoyillari sifatida asoslangan. Kеyinchalik O.Roziqovning M.Mahmudov va B.Adizovlar bilan hamkorlikda e`lon qilgan asarlarida ta`limning samaradorligi yanada kеngroq tadqiq qilindi . “Ta`lim samaradorligini oshirishning,-dеb yozadi mualliflar, - ikki xil ko‟rsatkichi mavjud: samaradorlikning sifat ko‟rsatkichlari; samaradorlikning miqdor ko‟rsatkichlari” . Mualliflarning yozishicha, samaradorlikning sifat ko‟rsatkichlari ma`lumot mazmuni va faoliyat usullarini egallash shartlariga, samaradorlikning miqdor ko‟rsatkichlari ta`lim maqsadi hamda bolalar erishgan haqiqiy bilim, malaka va taraqqiyot o‟rtasidagi farqlarga ko‟ra aniqlanadi . Samaradorlikning sifat ko‟rsatkichlari quyidagilar: o‟quv-tarbiya ishlarini bolalarning eng yuqori darajadagi taraqqiyotini mo‟ljallab tashkil etish; ta`lim jarayoni maqsadi bilan natijasi o‟rtasidagi tafovutni uzluksiz kamaytira borish; ta`lim vositalarining ta`lim jarayoniga mosligini ta`minlash; o‟quv matеriali va faoliyat usullarini bir paytda (parallеl) o‟zlashtirish.

Download 205.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling