Mavzu: Boshlang’ich sinflarda gap o’qitish metodikasi


Download 205.64 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi205.64 Kb.
#1531603
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda gap o’qitish metodikasi

3.Xulosa
XULOSA Gap ustida ishlash o‟quvchilarining nutqini o‟stirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o‟quvchilarini sintaktik jihatdan to‟g‟ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o‟rgatish hisoblanadi. Gap (Grammatik jihatdan o‟zaro bog‟langan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega bo‟lgan) nutq birligi bo‟lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa oid mashqlarga qo‟yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir; ikkinchidan, gap- Grammatik tomondan to‟g‟ri tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bo‟gliq bo‟lib, bu jarayonda gap qurilishi, gapda so‟zlarning bog‟lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan, gap,nutq va til birligi bo‟lib, tugallangan mazmunni bildiradi. Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bog‟liqligi ustida ishlash ham zarur; to‟rtinchidan gapning intonatsiyasi katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, intonatsiyaning mazmun bilan bog‟liqligini tushuntirish kerak. Boshlang‟ich sinf dasturining “Grammatika, imlo va nutq o‟stirish” bo‟limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko‟rsatilgan. Bola boshlang‟ich suinflarda beriladigan sintaktik materiallar hajmida faqat ona tili darslaidagina emas, balki boshqa darslarda va maktabdagi barcha mashg‟ulotlar jarayonida gap tuzish, uni tahlil qilish va qayta tuzishga o‟rgatib boriladi. Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma – xil bo‟lib, analiz va sintezning ustunligiga hamda o‟quvchilarning mustaqillik darajasiga ko‟ra tasnif qilinadi. Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo‟linadi: 1) analitik mashqlar, ya‟ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish; 2) sintetik mashqlar, ya‟ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar; 50 Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi, ular parallel holda yoki sintetik mashqdan so‟ng analitik mashq o‟tkaziladi. O‟quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko‟ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo‟linadi: 1) namuna asosidagi mashqlar; 2) konstruktiv mashqlar; 3) ijodiy mashqlar.
Boshlang'ich ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining mustaqil, shu bilan birga, o'ta murakkab tarkibiy qismidir. Avvalo, boshlang'ich ta`lim uzluksiz ta`limning dastlabki bo'g'inidir. U o'ziga yarasha dastur,darslik, o'quv qo'llanmalariga ega.
Boshlang'ich sinflarda alohida tayyorgarlikdan o’tgan o'qituvchilar ishlaydi. Boshlang'ich ta`lim muammolarini tahlil va tadqiq ishlari bilan mutaxassis olimlar shug’ullanadi. Shuningdеk, boshlang'ich ta`lim ma`lum o'quv yillaridan tashkil topadi. Bular boshlang'ich ta`limning mustaqil bo'g'in ekanligidan dalolat bеradi. Qolavеrsa, boshlang'ich ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining murakkab bo'g'ini hisoblanadi. Bola o'qish, yozish, hisoblash tеxnikasini ilk bor boshlang'ich sinfda egallaydi. U to'rt o'quv yili mobaynida hozirgi zamon fani, ishlab chiqarish tеxnologiyasining umumiy asoslarini o'zlashtiradi va fikrlashni o'rganadi. Bolalar boshlang'ich sinflarda o'qish orqali ta`lim0 jarayonida faol ishtirok etish yo'llari, vositalarini egallaydi. Yuqoridagilardan ayon bo'ladiki, umuman maktablarni, bizning sharoitda boshlang'ich sinflarni isloh qilishning ikkinchi sifat bosqichida boshlang'ich ta`lim mohiyatini o'rganishni davom ettirish, boshlang'ich sinf o'quvchilarining rеal o'quv imkoniyatlarini pеdagogik va mеtodik jihatdan atroflicha o’rganish, boshlang’ich sinf o’qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish, bolalarda mustaqil fikrlash layoqatlarini tarbiyalash, bolaga o’z fikrlarini ona tilida ravon, tushunarli bayon qilish vositalari, usullarini tadqiq qilish kabilar ona tili mеtodikasi sohasida ham eng zaruriy va dolzarb masalalar sanaladi.
Gap fikrning eng kichik bo’lagi, nisbiy tugallangan fikr kabi ta’riflarga ega. Chunki inson gap orqali ko’zlagan maqsadi haqida xabar berishi, tinglovchidan biror voqea hodisani so’rashi, his-hayajon, buyurish kabi mazmunlarini ifodalaydi. Umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflaridayoq gap tuzish, gapning grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Boshlang’ich sinfda asosan o’quvchilar gapning bosh bo’laklari; ega va kesim; gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari: darak, buyruq va undov gaplar haqida dastlabki ma’lumotlarni oladilar.
Bizga malumki , til kishilar orasida eng muhim aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi . Tilda fikr ifodalash , bayon qilish va anglashda esa gapdan foydalaniladi . Demak ,gap , avvalo , so‘zlovchi uchun fikr ifodalash , bayon qilish , tinglovchi uchun esa fikr anglash vositasidir . Shuning uchun ham gap muomala vositasining eng kichik birligi deyiladi
Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni , so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir . Gap so‘z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo‘laklarga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi . So‘z birikmasi tushuncha , gap fikr ifodalaydi. Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi . Bu fikriy mundarija fe‘l - kesimning mayl va zamon ma‘nolari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan , Bolalar ishlayaptilar. Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo‘layotganidan darak bersa , Bolalar ishladi. Ozoda rasm chizdi gaplari esa ish-harakatning o‘tgan zamonda bo‘lganidan darak beradi. Siz dalaga borasizmi ? Sen hikoyani o‘qidingmi ? gaplari o‘tgan zamonda bo‘lgan ish-harakat haqida so‘roqni bildiradi. Siz she‘rni o‘qing .
Siz shu ishni bajarib qo‘ysangiz gaplari esa buyruq – istak ma‘nosiga ega .
Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma‘no tomondan , ham grammatik tomondan o‘zaro bog‘lanadi3.
Biz morfologiya bo‘limida o‘rgangan kelishik , egalik , son , zamon va shaxs-son qo‘shimchalari , shuningdek , ko‘makchi va bog‘lovchilar sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi . Ayrim hollarda gapdagi so‘zlar tartib va ohang yordamida ham bog‘lanadi . M: Oq paxtalar ochildi . Havo sovuq . Ular tez yurdi .
Har bir gap biror maqsadni – mazmunni ifodalaydi . Og‘zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo‘ladi . Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib turadi. Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so‘z ( Kuz. Tong.) yoki so‘z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr – maqsad anglashiladi: Ko‘m-ko‘k dala. G‘arbiy chegaralardan biri. Ayni bir sodda gapning ohangini o‘zgartirish orqali ba`zan uch xil mazmun ifodalash mumkin : Buvijonim keldilar. - Buvijonim keldilar ! – Buvijonim keldilar ?
Yozma nutqda ana shu ohangga qarab har bir gap oxiriga yo nuqta, yo undov yoki so‘roq belgisi qo‘yiladi. M: Qor yog‘yapti. – Qor yog‘yapti?Qor yog‘yapti!
Ular gap orqali fikrni ixcham, to’g’ri va ta’sirchan ifodalashning turli yo’llari, usullari bilan tanishadilar. Umuman, ona tili darslarida gap ustida ishlashning usullari xilma-xil bo’lib, biz ularning ayrimlari haqida fikr yuritamiz.
-Ixcham gap tuzish. O’rta maktabda ona tili mashg’ulotlari oldiga qo’yiladigan asosiy talablardan biri fikrni ixcham shaklda ifodalashga o’rgatishdan iborat. O’quvchi gap qurilishida ortiqcha so’zni ishlatmasligi, maqsadni aniq ifodalovchi so’zni topib qo’llashga odatlanishi, gap tuzishda zarur bo’lgan barcha grammatik qonuniyatlarni egallashlari shart. Bu haqida me’yoriy hujjatlarda va DTS da aniq ko’rsatilgan. Fikrni ixcham bayon qilish uchun o’zbek tili imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish zarur. O’quvchilarni berilgan gaplardan mazmunga salbiy ta’sir etmaydigan ma’lum bir so’zni tushirib qoldirishga o’rgatish gapni ixcham shaklda tuzishga odatlantirishining eng muhim omillaridan biridir.
Masalan: Mehmonga kelgan odamlarga juda katta hurmat-e’zoz bildiriladi. –Mehmonlarga juda katta hurmat- e’zoz bildirildi. Men uyda o’tiribman – Men uydaman. Birlashgan odam yovni qaytarar- Birlashgan yovni qaytarar kabi.Ba’zan gapda ayrim so’zlarni takror qo’llash ham fikr ta’sirchanligini oshiradi. Masalan: Yaxshi niyat- yorti davlat, yomon niyat- yorti mehnat(maqol). Oq it, qora it - bari bir it ( maqol) kabi. Demak, o’quvchilarga zarur o’rinlarda so’zlarni takroriy qo’llashga o’rgatish, xalq maqol- matallaridan foydalanishga o’rgatish ham ularning nutqini boyitishga, ixchamlik sari yetaklashga yordam beradi.
-Gapni kengaytirish va toraytirish.
O’quvchilarga gap va uning bo’laklari mavzusini o’tish jarayonida yig’iq va yoyiq gaplar tuzishga o’rgatish mumkin. Masalan ixcham gaplarni kengaytirish yoki yoyiq gaplarni toraytirish usullaridan foydalanamiz. Gapni kengaytirishning eng qulay usullaridan biri kesimdan savol berish orqali uning egasini yoki ikkinchi darajali bo’laklarini topib qo’yishdir. Jumladan, Boraman, kelishdi, ko’rganmisiz? kabi bir bosh bo’lakli gaplar berib, o’quvchilardan avval ularni ikki bosh bo’lakli gaplarga aylantirish (Men boraman, Ular kelishdi. Siz ko’rganmisiz? kabi gaplar tuzishga odatlantirish ham maqsadga muvofiqdir. Chunki o’quvchilar mustaqil fikrlashga, erkin gap tuzishga o’rganadilar. Shuningdek, sodda yig’iq, ixcham gaplarni kengaytirishga odatlanadilar.
Dastlab gap bo’laklaridan bir-biriga savol berish, ixcham fikrni kengaytirish mumkin. Masalan: Qushlar qayerga? uchishdi? – Qushlar issiq o’lkalarga uchishdi. – Qushlar qachon issiq o’lkalarga uchishdi ? Qushlar kuzda issiq o’lkalarga uchishdi kabi . Aksincha, ayrim hollarda sodda yoyiq gaplarni sodda yig’iq gaplarga aylantirish usuli ham fikrni ixchamlashtirishga, aniqlikka olib keladi. Demak, gap mazmunini saqlagan holda uning shaklini o’zgartirish o’quvchilar nutqining o’sishiga, erkin fikrlashga va o’z nutqida sintaktik sinonomlarning boyishiga yaqindan yordam beradi.4
-O’quvchilarni gap tuzishga o’rgatish;
Ixcham gap tuzishga o’rgatish. Masalan: Men uyda o’tiribman. Men uydaman kabi;toraytirish
-Gapni kengaytirish.
Boraman –Men boraman. Ko’rganmisiz- Siz ko’rganmisiz;
Gapning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish. Masalan: Maqsadim shuki, bolalarni bo’sh vaqtida foydali ishlar bilan shug’ullantirish. Mening maqsadim – bolalarni bo’sh vaqtida foydali ish bilan shug’ullantirish.
- Berilgan matndagi gaplarni ajratish
3- sinflarda matnni gaplarga ajratish usulidan samarali foydalaniladi. O'quvchi berilgan matnda tinish belgilari tushurilib qoldirilgan gaplarni aniqlaydilar, har bir gapning nisbiy tugallangan mazmunga ega bo’lishini anglab oladilar. Shuningdek, gap tuzishga, har bir gapning alohida gap ekanligini ajratishga odatlanadi. Ularda qanday tinish belgilar qo’yilishini bilib oladilar. Hatto so’z va gaplarni bir-biridan farqlaydilar. Bu esa o’quvchilarni avvaldan nutqida qo’llanib yurgan gaplarga xos sintaktik qonuniyatlarni anglab olishga yaqindan yordam beradi. Hatto matn yaratish jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliy qo’llashiga, yozma nutqining ravon bo’lishiga o’z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan: V sinfda «Ko’chirma gap» mavzusini o’qitishda o’quvchilarga avvalo og’zaki matn yaratish keyin esa yozma dialogik matn yaratish topshiriladi. Bu esa ularning og’zaki nutqidagi har qanday fikrni yozma bayon qila olish malakasini shakllantiradi. Umuman, gap ustida ishlash o’rta maktablarda keng yo’lga qo’yilgan bo’lib, ulardan samarali foydalanish o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarining ravon bo’lishlarini ta’minlaydi.
- Mustaqil gap tuzishga o’rgatish usullari. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga va o’z fikr mahsulini og’zaki va yozma shakllarda to’g’ri va ravon bayon qila olishga o’rgatish ona tili o’qituvchilari oldida turgan eng dolzarb masaladir. Demak, bu kabi ma’suliyatli ishlarni amalga oshirish maqsadida DTS va darsliklarda bir qancha talablar va topshiriqlar berilgan. Har bir sinfda o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib talablar belgilab qo’yilgan.
- berilgan so’z, tayanch tushuncha, so’z birikmasi, tasviriy ifoda va iboralardan foydalanib gap tuzish
- berilgan andozaga qarab gap tuzish;
- berilgan mavzuli rasmlar asosida gap tuzish;
- o’qituvchi tomonidan yoki darslikda tavsiya qilingan mavzuga doir gap tuzish kabi.
Xullas, ona tilining izchil kursini o’rganish jarayonida gap ustida ishlash va gap tuzish berilgan barcha mashg’ulotlarni tarkibiy qismini tashkil etadi. Darslikda berilgan gap, gapda so’zlarning bog’lanishi, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari, gap bo’laklari, qo’shma gap, ko’chirma gap va ularda tinish belgilarning ifodalanishi kabi mavzular shular jamlasidandir. Boshlang'ich ta'limda gap ustida ishlashning bir necha yo'nalishi mohir metodistlar tomonidam ishlangan bo'lib quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. Muhim belgilar vositasida gap xususidagi grammatik tushunchani shakllantirish
2. Gap qurilishini o‘rgatishda so’zlarning bog’lanishiga, bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning joylashtirish tartibiga e'tibor berish
3. Bog'lanishli nutqda gapning maqsadiga va ohangiga ko'ra turlaridan o'rinli foydalanish
4. Fikrni aniq ifoda etadigan so‘zlar ishtirokida gap tuza olish ko'nikmasini egallash
5. Yozma nutqni orfografik normalar asosida tog'ri tashkil etish. Bundan ko‘rinadiki, gap fikr ifodalash, aloqa bog'lashning eng qulay shakli hisoblanadi.
«Gap»mavzusi boshlang’ich ta'limning barcha bosqichlarida o'rganiladi. Darsning dastlabki mashqlaridan boshlab, matndagi gaplar sonini va har biri nechta so'zdan iborat ekanligini aniqlaydilar. Ular " Gap so'zlardan tuziladi" degan tushunchani o'zlashtiriladilar.
Gapning uch belgisi o'quvchilar xotirasiga havola etiladi:
1. Gap tugashida ovoz pasayadi.
2. Yozuvda gap oxiriga nuqta qo’yiladi.
3. Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi.
3-sinfda gap ustida ishlash doirasi kengayadi. O'quvchilar gapning maqsadiga ko'ra turlari (darak gap, so'roq gap, undov gap) gap bo'laklari (bosh bo'laklar, ikkinchi darajali bo'laklar) va gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishi bilan kengroq tanishadilar. Ular gapning asosiy mazmuni bosh bo'lakdan anglashilib turishini, fikr yanada to'liq bo'lmog'i uchun boshqa so'zlar ishtirok etishini, bunday so‘zlar ikkinchi darajali bo‘laklar deyilishini, gapda ular ham ma'lum bir so'roqqa javob bo'lishini tahlil qiladilar. Masalan: Yosh qo'shiqchilar tanlovga puxta tayyorlandilar.
Bosh bo'laklar: qo'shiqchilar( kimlar?)- ega, tayyorlanadilar(nima qiladilar?)- kesim.
Ikkinchi darajali bo'laklar: qanday qo'shiqchilar?- yosh. Nimaga tayyorlandilar ? - tanlovga. Qanday tayyorlandilar ? - puxta.
Bu sinfda ikkinchi darajali bo‘laklar turlarga ajratilmaydi. So‘z ostiga bir xil belgi chiziladi. Gapda so'zlarning bog'lanishini aniqlash muhim sintaktik va nutqiy ko'nikmaga kiradi. Bosh bo‘laklar so‘roq yordamida aniqlanadi, keyin ularga mazmunan bog’langan so‘zlar ham so‘roq berib topiladi. Masalan: Mardonavor qo‘shiq safimizni mustahkamlaydi.
Bu gapdagi so'zlarning bog'lanishi quyidagicha:
Ega (e)
Kesim (k)
qanday? nimani?
(Ikkinchi darajali bo’laklar)
Nima? qo‘shiq ega; Nima qiladi? mustahkamlaydi kesim;
Qanday qo’shiq? mardonavor; Nimani mustahkamlaydi? safimizni.
Boshlang’ich talim bosqichlarida o‘quvchilar har xil mashqlarni bajarish orqali ikki nuqta, chiziqcha, tire va qo‘shtirnoqning qo‘llanishi bilan umumiy yo‘sinda tanishadilar. O’qituvchi aniq misollar keltirish bilan (Bog‘imizda mevali daraxtlar: nok, olma, xurmo, o’riklar birin- ketin gullay boshladi.) uyushiq bo’lakli gaplarda umumlashtiruvchi so’zdan keyin ikki nuqta qo’yilishini aytsa, juft so’zlar orasiga va so’z ko’chirishda chiziqcha qo’yilishini amaliy tarzda o’rgatadi.
O’quvchilarni sintaktik va punktuatsion bilimlar bilan tanishtirish og‘zaki va yozma nutqda gapdan ongli foydalanishga, nutq madaniyatini egallashga imkon yaratadi milliy til nufuzini ko‘tarish hissiyotini uyg'otadi.
1.2. 3-sinf ona tili darslarida gap va uning turlarini o‘rgatish yo‘llari.
Boshlang'ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o'zlashtirilgani uchun tilni o'rganishda gap ustida ishlash markaziy o'rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo'lib, boshlang'ich sinf o'quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe'l va ularning muhim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O'quvchilar ona tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar.So'zning leksik ma'nosi va uning qo'llanish xususiyatlari so'z birikmasi yoki gapda ma'lum bo'ladi. So'z gapda bir ma'noli bo'ladi (gapdan tashqari bir necha ma'no ifodalash mumkin).
Boshlang'ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh yo'nalishga bo'lish mumkin:
1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo'lgan gapning muhim belgilarini o'rgatish).
2. Gap qurilishini o'rgatish (so'z birikmasida so'zlarning bog'lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig'iq gaplar ustida ishlash).
3. O'quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko'ra turlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
4. Gapda so'zlarni aniq qo'llash ko'nikmasini o'stirish.
5. Yozma nutqda gapni to'g'ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo'yish) ko'nikmasini shakllantirish.
Ishning bu besh yo'nalishi bir-biriga o'zaro ta'sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o'rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi. Gapni o'rganish va nutqda undan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish o'quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi.
O'quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug'iladi. U o'z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi.“Gap” mavzusi barcha sinflarda o'rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O'quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi – gap haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo'laklari, gapda so'zlarning bog'lanishi, gapning uyushiq bo'laklarini o'rganishga o'tadilar.5
Gap ustida ishlashning boshlang’ich bosqichi savod o’rgatish davriga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so'zlardan gap tuzib bo'lmaydi. Agar o'quvchilar gapning bosh bo'laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar.
Ega va kesim gapning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham savod o'rgatish davrida gapning bosh bo'laklari ustida kuzatish o'tkazgan ma'qul. Gapning bosh bo'laklarini kuzatish bilan o'quvchilar o'z fikrlarini aniq fodalashga o'rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko'nikmasi shakllanadi. Gapni o'rganish me'yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so'z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi. Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sintaktik material kam bo'lsa ham, butun o'quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi. 3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir
O'quvchilar gapni amaliy o'rganishdan tushuncha sifatida o'rganishga o'tadilar. Ular gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning ta'rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi. Bu sinfda gapda so'zlarning bog'lanishiga katta e'tibor beriladi. O'quvchilar gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo'laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so'z (hokim va tobe so'z)ni, so'zlarning grammatik jihatdan, ya'ni qo'shimchalar orqali bog'lanishni bilib oladilar.
Shunday qilib, o'quvchilarda gap bo'laklari haqidagi tasavvurni o'stirish gapni o'zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang'ich sinf o'quvchilari gap bo'laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga) bo'linishini o'zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo'laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o'zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo'laklar esa bosh bo'laklarni aniqlovchilik va to'ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Shunday qilib, o'quvchilarda gap bo'laklari haqidagi tasavvurni o'stirish gapni o'zlashtirishda yetakchi hisoblanadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari gap bo'laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga) bo'linishini o'zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo'laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o'zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo'laklar esa bosh bo'laklarni aniqlovchilik va to'ldiruvchilik vazifasini bajaradi.Ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyatini ochish uchun o'quvchilar gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo'lagiga bog’lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo'laklarning xususiyatlari gapni yoyish (yig'iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko'rinadi. Masalan, o'quvchilar“Qushlar uchib keldi” gapini yozadilar. Fikrni to'liq ifodalash uchun gapga qaerga? va qachon? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni qo'yish topshiriladi.
O'quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo'lagi (ikkinchi darajali bo’lak) fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.O'quvchilarda gapda so'zlarning bog'lanishini aniqlash ko'nikmasini shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko'nikmalar qatoriga kiradi. So'z birikmasi gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang'ich sinflarda uning muhim belgilari idrok qilinadi. “So'z birikmasi” atamasi darsliklarga kiritilmagan, ta'rifi berilmaydi. Ammo kichik yoshdagi o'quvchilar uning quyidagi muhim belgilarini amaliy bilib olishlari zarur:6
1. So'z birikmasi mazmun va grammatik tomondan bog'langan ikki qism bo'ladi. Masalan, “Dunyo xalqlari tinchlik uchun kurashadilar” gapida ikkita so'z birikmasi bor: 1) dunyo xalqlari; 2) tinchlik uchun kurashadilar.
2. So'z birikmasida bir so'z hokim ikkinchi so'z tobe bo'ladi. Hokim so'zdan tobe so'zga so'roq beriladi, tobe so'z shu so'roqqa javob bo'lgan so'zdir. Masalan, (Qanday?) Iqtidorli o’quvchilar (qaerga?) to’garakka a’zo bo’ldilar. Ega va kesim so'z birikmasini emas, gapni hosil qiladi.
Gap tarkibidagi so'z birikmalarni ajratish ko'nikmasi uzoq mashq davomida shakllantirilib boriladi. Buning uchun o'quvchilarning so'z birikmasidan bir so'zning boshqa so'zga tobeligini tushunishga qaratilgan mashqlar tizimidan foydalaniladi:
1. Gaplarni yoyish. Buning uchun gapning qaysi bo'lagi yoyishni talab qilishi aniqlanadi. Masalan, “Daraxtlar gullaydi” gapini tahlil qilish uchun berilgan ega va kesim (gapning asosi) ajratiladi.
– Daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qanday so'zni qo'shish kerak?
– Qachon gullaydi? (bahorda gullaydi)
– Bu so'z gapning qaysi bo'lagi bo'ladi? (Ikkinchi darajali bo'lak)– U gapning qaysi bo'lagiga bog'lanadi, ya'ni tobelanadi? (Kesimga bog'lanadi)
– Gapga egani izohlaydigan yana bitta so'z qo'ying. Qanday gap hosil bo'ldi? (Mevali daraxtlar bahorda gullaydi).
2. So’zlari aralash berilgan gapni qayta tiklash. Avval gapning asoslari (ega va kesim) tiklanadi (aniqlanadi), so'ng so'roqlar yordamida ikkinchi darajali bo'laklar (so'z birikmalari) “topiladi”, tiklanadi. Masalan, Mashinada, teradi, terimchi, paxtani.
– Gap kim haqida aytilgan? (Terimchi haqida, kim? – terimchi)
– U haqda nima deyilgan? (Teradi. Terimchi teradi – bosh bo'laklar).
– So'roqlar yordamida so'z birikmasini toping. Nimani teradi? (Paxtani teradi) Nimada teradi? (Mashinada teradi). Keyin gapda so'zlarning qulay tartibi aniqlanadi (Terimchi paxtani mashinada teradi). Gap ohanggi ustida ishlanadi.
3. Uzluksiz (tinish belgilarisiz) matndan gaplarni ajratish. Mashqning bu turi ongli bo'lishi uchun har bir gapning bosh bo'laklarini va so'z birikmalarini ajratish lozim.
4. Gapni tahlil qilish va chizmasini chizish. Gap tahlil qilinayotganda dastlab uning asosi ajratiladi, keyin egani izohlovchi ikkinchi darajali bo'lak, kesimni izohlovchi ikkinchi darajali bo'lak, boshqa ikkinchi darajali bo'lakni izohlovchi ikkinchi darajali bo'lak ajratiladi. Shunday qilib, asta-sekin so'z birikmalari ham aniqlanadi.
5. O’qituvchi bergan chizma yoki so’roqlar asosida gap tuzish: Kim? nimalarni? nima qildi? (Bola olmalarni terdi).
So’z birikmasi ustida ikki yo’nalishda ish olib boriladi:
1) so'z birikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi;
2) so'z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, soat, so'z, oltin soat, qo’l soat, osma soat, elektron soat – so'z birikmalari. Nutq o'stirishning pirovard maqsadi o'quvchilarda bog`lanishli nutq malakalarini takomillashtirishdir. Kishi ko'pincha o'z fikrlari, qarashlari, mulohazalarini bog`lanishli nutq shaklida bеradi. Chunki ma`lum bir situativ hodisaning mazmuni gap doirasiga sig'maydi. Shundan bog`lanishli nutqqa ehtiyoj tug'iladi.
Mantiqan o'zaro bog'langan, bir-birini to'ldiradigan, izohlaydigan, biri ikkinchisini taqozo qiladigan xatboshiga bo'linadigan, monolog ko'rinishidagi nutqni -bog`lanishli nutq dеb tushunamiz. Bola tuzadigan Bog`lanishli matn ham grammatik tomondan (nutqning lug'at tarkibi, so'z ma`nodoshlari, gapda so'zlarning Bog`lanishqligi, gaplar o'rtasidagi kеtma-kеtlik), ham mantiqiy tomondan (mavzuning asosiy g'oyasini ochish, fikrni mantiqiy izchillikda bayon qilish) hisobga olinishi zarur. Nutq maqsadga muvofiq so'z tanlash, tanlangan so'z yordamida tahlil qilinayotgan sohaning turli bеlgilarini ifodalayotgan gap tuzish, gaplarni mantiqan bog'lash, gap va xatboshilardan yaxlit matn hosil qilish bog`lanishli nutqning asosiy shartlaridir. Pedagogik amaliyotimiz jarayonida o'qituvchilarning ish tajribasini o'rganish, o'quvchilarning yozma ishlarini tahlil etish shuni ko'rsatadiki, bolalar boshlang'ich sinfda gap tuzish va o'z fikrini mantiqiy izchillikda bayon qilishga ancha qiynalishadi.7
Gap va bog`lanishli nutq ustida ishlash qandaydir ma`lum vaqtdagina emas, balki butun o'quv yili mobaynida o'tkaziladigan davomli mashq bo'lishi lozim. Boshlang'ich sinf o'quvchilari sintaksis elеmеntlari bilan ta`limning ilk kunlaridanoq tanisha boshlaydi. Bolalar dastlab 1-sinfda nutq birligi-gap to'g'risida, gapning bosh harfdan boshlanishi va uning oxiriga nuqta qo'yilishi to'g'risida ilk ma`lumot olishadi. Kеyingi sinflarda gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari, ularning ohangi, gapning bosh va ikkinchi darajali bo'laklari bilan tanishadi. Gap bo'yicha o'tkaziladigan darslarda, bolalar, gap so'zlardan tuzilishi, unda kim? yoki nima? haqida aytilganini, shuningdеk, gapda nimalar xususida fikr yuritilganligini, gapda so'zlarning o'zaro qanday bog 'langanligi va bu bog'lanishni so'roqlar yordamida aniqlash mumkinligini o'zlashtirishadi. Bola o'z fikrini gap vositasida ro'yobga chiqarish yo'li bilan tilning grammatik qurilishini amaliy o'rganadi. U gap tuzish malakasini egallagan sari bog`lanishli nutq tuzishni ham bilib oladi.
Bog`lanishli nutq o'stirishning ham o'ziga xos usullari bor. Mazmun jihatidan ajratilgan gap, xatboshilarni mantiqan qo'shib, yiriklashtirish, grammatik vazifali hikoya, matn yaratish, ish qog'ozlari, bayon, insho yozdirish yo'llari bilan bog`lanishli nutq o'stiriladi. Gap va bog`lanishli nutq ustida ishlash usullariga rioya qilib, biluv topshiriqlari ta`limga tatbiq qilinadi. Namuna tariqasida mazmunan ajratilgan sodda gaplarni moslari bilan birlashtirib, yirik nutq birligiga aylantirishga oid biluv topshirig'ini keltiramiz.
Topshiriq. Chap tomondagi gaplarga o'ng tomondagi gaplardan mosini qo'shib, qayta gap tuzing.
Qo’ng’iroq chalindi | Gullar ochildi
Chol qo’lini ko’tardi |Yiqilib tushdi
Bola yugurdi |Duo qildi
Bahor kеldi |Dars boshlandi
Bunday biluv topshirig’ini bajarishda gap mavzusi to‘g‘risidagi tushunchalar yetakchi o‘rin egallaydi.
3-sinf o'quvchilari gaplarni mazmun jihatidan birlashtirib, yanada yirikroq nutq birligiga aylantiradi: Qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi. Chol qo'llarini ko’tarib, duo qildi. Bola yugurdi va yiqilib tushdi. Bahor kеlib, gullar ochildi. Ushbu sodda gaplarning mazmuni va ularni o'zaro birlashtirish usuliga rioya qilib, biluv topshirig'i bajariladi.

Download 205.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling