Mavzu: Boshlang’ich sinflarda gap o’qitish metodikasi
- sinf ona tili darslarida gap va uning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari mavzusini yoritib berish
Download 205.64 Kb.
|
Boshlang’ich sinflarda gap o’qitish metodikasi
1.3 3- sinf ona tili darslarida gap va uning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari mavzusini yoritib berish
Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli maqsadlarni qo'yadi, ya'ni biror voqea haqida ma'lumot olishni istaydi, yo tinglovchini biror ishini bajarishga undaydi, yoki shu haqida istak bildiradi. Demak, so'zlovchining bunday istagi va ifoda maqsadiga ko'ra gaplar uch turga bo'Iinadi: darak gaplar, so'roq gaplar, buyruq gaplar. Darak gap. Borliqdagi voqea -hodisa, narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Mirzo Ulug'bek chashma bo'yiga tiz cho'kib, muzday suvga yuvindi, tahorat oldi va movut to'nini buloq atrofidagi sarg'aya boshlagan ajriqzorga yozib, peshin nomozi o'qidi. Darak gap maxsus ko'rsatkichga ega emas. Darak gap fe'l bilan, ayrim hollarda ot bilan ham ifodalanadi. Masalan: Dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. Bahor keldi, gullar ochilsa. yana avvalgiday tabiat gullar. Darak gapning oxiriga nuqta (.) qo'yiladi. So'roq gap. So'zlovchi uchun ma'lum bo'lmagan voqea, hodisa, harakat - holat haqidagi so'roqni ifoda qiluvchi gaplar so'roq gap deyiladi. Masalan: Suvdan oldin—-sel kelar, Tuzdan keyin—siz kelar. Suv, tuzga—siz qo'shsak, Toping, qanday so' z bo' lar? (grammatik topishmoq) So'roq gaplarning tarkibida so'roq olmoshi va so'roq yuklamasi bo'ladi yoki so'roq ohangi bilan talaffuz etiladi. Masalan: Bor "yalpizda", yashinda Ham "yaqin", ham yashilda Undan so'ng yozilmasa, U qaysi harf ekan-a? Bir unli-yu bir undosh, Qanday bo'g'in? Top Yo'ldosh. (gramatik topishmoq) So'roq gaplar quyidagi vositalar orqali hosil bo'ladi: 1. So'roq olmoshlari. kim? nima? qanday? qaysi? qancha?necha? qayerda? qachon? nega? nima uchun? Masalan: Tuz qachon bo'ladi tus Or qachon bo'ladi qor? (grammatik topishmoq) 2. -mi, -chi,-a,-ya yuklamalar: Terma. terim, terimchi, qanday so'zlar? Topingchi? 3. So'roq ohangi: Nahotki, daryolar oqsa teskari. So'roq gaplar mazmuniga ko'ra bir necha turga bo'linadi: Sof so'roq gaplar tinglovchidan ma'lum bir javobni talab qiladi. Masalan: Qaysi so'zlar turlanadi? Sen Toshkentda bo'l-ganmisan? Nimadan xafa bo'lding? Ritorik so'roq gaplar. Bunday gaplarning so'rog'i ichida javobi ham anglashib turadi. Uslubiy vosita sifatida nutq uchun xizmat qiladi. Masalan: Men nechun sevaman O'zbekistonni? Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo? (A. O.) Nechun tug'ding, men baxti qaroni? Baloga mubtalo motamsaroni? Muruvvat bilmagan kunlar uchunmi? Jafokash. berahm tunlar uchunmi? ("Navoiy" drammasidan) 3. So'roq-buyruq gaplar so'roq mazmuni bilan birga buyruq mazmunini ham ifodalaydi. Masalan: Tez-tez yurmaysanmi ? (tez-tez yur) So'roq gaplarning oxiriga so'roq belgisi qo'yiladi. Buyruq gaplar. So'zlovchining biror narsaga buyirishi, undashi, iltimos qilishi,rnaslahati kabi fikrlarni ifodalaydigan gap buyruq gap deyiladi Buyruq gaplar semantik jihatdan quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1) Sof buyruq gaplar: Kitobni oxirigacha o'qi! Bugun o'qishga ertaroq bor! Darsdan kechikma! Iltimos, yalinish ifodalanadi. Masalan: Ozgina jim o'tir. O'n to'qqizdan oshmay tur go'zal. Maslahat, nasihat gaplar. Masalan: Nasihatim yod qilib ol farzandim. Istak, tilak,maqsad gaplar. Masalan: Mustaqil yurt gullashi uchun tinmay mehnat qiling. Yo siz keling, yo men boray. His-hayajon ifodalashiga ko'ra gap turlari. Bu jihatdan gaplar ikki turga bo'linadi: His-hayajonga ega bo'lmagan gaplar. His-hayajon yoki undov gaplar. His-hayajonga ega bo'lmagan gaplarga darak gap, so'roq gap, buyruq gaplar kiradi. His- hayajonli gaplar. Kuchli his- hayajon bilan darak, so'roq, buyruq gaplardan hosil bo'lgan gaplar his-hayajon gap deyiladi. Masalan:Har aytganing buyuk jangnoma Qayga desang qaytmay keturman. His-hayajon gaplar quyidagi ma'nolarni ifodalaydi: 1. Darak: E, biz bunaqa imtihondan endi o'tayotganimiz yo'q! 2. So'roq: Naqadar chiroyli manzara-a?! Ona!Dunyoda bundan yoqimliroq so'z bormikan?! Buyruq: Baxtimizga mustaqillik omon bo'lsin! Shodlik. quvonch. tantana:Alisherni alla aytib uxlatgan ona! Og'ushida Bobur kamolga yetgan ona! Torobiyni ulug' jangga jo'natgan ona! Sharaf senga, obro’ senga, senga tantana! Sharaflarga muyassarsan ey, ulug' ona! Taajjub: Shunday erkin zamonlar ham kelar ekan-a?! 6. Qayg'u. afsus: Essiz taqdir ekan qaydan bilibmiz! ("Navoiy"drammasi). Gapning tuzilish jihatidan turlari Har qanday gapning tuzilish jihatidan turlarini uning grammatik asosi belgilab beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo'laklar: ega va kesim tashkil etadi. Gap tarkibidagi grammatik asos (ega va kesim) ning ishtirokiga ko'ra gaplar tuzilish jihatidan ikki turga bo'linadi: sodda gaplar va qo'shma gaplar. Bitta grammatik asosiga ega bo'Iib ma'lum bir fikr va his-hayajonni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan iborat bo'Iib, nisbatan murakkabroq fikrni ifodalovchi gaplar qo'shma gap deyiladi. Masalan: Chor atrofga yoyganda gilam. Aslo yo'qdir bundayin ko'klam. Til bilan dil dushman bo' Imaydi. O'ldirmaydi qo'shiqni qo'shiq. Keltirilgan misollarning birinchisi sodda gap bo'Iib, uning grammatik asosi bitta: ega va kesimdan (yo'qdir, ko'klam} ikkinchi gap esa qo'shma gap, uning grammatik asosi ikkita: 1) dushman bo'lmaydi, 2) o'ldirmaydi qo'shiq. Sodda gaplar grammatik asosning tarkibiga ko'ra ham ikki xil: 1) ikki tarkibli gaplar, 2) bir tarkibli gaplar.Grammatik asosi ikki bosh bo'lak (ega va kesim) dan iborat bo'lgan gaplar ikki tarkibli gaplar deyiladi. Masalan: Solihlar esga olinganda Allohning rahmati nozil bo'ladi. Bu gapning grammatik asosi ega (solihlar) va kesimi (hosil bo'ladi) dan iborat. Grammatik asosi bir bo'lakdan iborat bo'lgan gaplar bir tarkibli gap deyiladi. Xulosa Maktablarda ona tili o’rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib,ularni bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga,ularga g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan. Ona tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq,mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zek tilining o’ziga xos xususiyati bo’lib o’quvchilarni shaxs sifatida shakllanishiga yo’naltirilgan umum ta’lim vazifalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.Ona tili darsida beriladigan bilimlar mazmunini o’bek tilining tovush tuzulishi hamda yozma nutqda tovushlarni ifodalash haqidagi(fonetik va grafik);so’zlarning o’zgarishi,gapda so’zlarning bog’lanishi haqidagi(Grammatik ya’ni morfologik va sintaktik);so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalish usullari haqidagi(so'z yasalishiga doir) bu bilimlar birinchidan grammatik,fonetik va so’z yasalishiga oid tushunchalardir.Tilni o’rganish jarayonida o’quvchilarda boshqa ko’pgina o’quv predmetlari uchun umumiy bo’lgan ko’nikmalarni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi.Ona tili kursida hosil qilinadigan maxsus ko’nikmalar o’quv tarbiyaviy jarayonida shakllantiriladi. O’quvchilarni gapning hosil bo’lish jarayoni, gap bo’laklari tushunchalari bilan tanishtirish boshlang’ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o’rganiladigan, nazariy o’rganiladigan bilimlarga bo’linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o’rgatish savod o’rgatish davridayoq boshlanadi va 3-4-sinflarda ham davom ettiriladi. 3-sinfda”Gap”, ”Darak gap”, ”So’roq gap”, ”Buyruq gap”, ”His-hayajon gap”, ”Sodda gap”mavzulari nazariy o'rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi. 3-sinf ona tili darslarida gap va uning turlarini o’quvchilarga o’rgatishda ijodiy yondashuvga erishish esa o’z navbatida pedagogik texnologiya bilan chambarchas bog’langa. Ta’lim jarayoni murakkab, uzoq davom etadigan jarayon bo’lib o’qituvchining bosqichma-bosqich mahorat pillapoyalarini egallab , nihoyatda qiyin mashaqqatli mehnatning samarasi sifatida har bir o’qituvchi erishishi mumkin bo’lgan mahorat cho’qqisidir. Mustahkam bilimlarni berish va nazorat ishlarini tashkil etish eng avvalo tinimsiz mehnat, har bir o’qituvchining o’z ustida ishlashni taqozo qiladi. Bu o’qituvchining pedagogik faoliyatida o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning va ular bilimini nazorat qilishning ijodiy qirralarini izlab topishga imkon yaratadi. O’qituvchilarda talabchanlikni oshirish, dunyo talablariga javob beradigan ish uslublarini kelajak avlodga tadbiq qilish shu kunning asosiy zaruriyatidir. 3-sinf ona tili darslarida gap va uning turlarini o’rgatishda pedagogik texnologiyani qo’llashimizdan asosiy maqsad o’quvchilarda olgan bilimlarini amaliy faoliyatda tadbiq etishga o’rgatish orqali og’zaki va yozma nutqlarni to’g’ri, tez amalga oshirish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, o’quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishdan iboratdir.Ona tili darslarida noan’anaviy usullardan, qiziqarli o’yinlardan foydalanganimizda o’quvchilarning avvalo,darsga bo’lgan qiziqishlarini ijobiy tomonga o’zgartiradi. Xulosa qilib aytganda, 3-sinf ona tili darslarida gap va uning turlarini o’rgatish orqali o’quvchilar hayot uchun kerakli va qiziqarli bilimlarni egallaydilar hamda o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatda zarur bo’ladigan bilimlarni shakllantirishda, o’qishning keyingi bosqichlarini davom ettirishlari uchun tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Download 205.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling