Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Download 0.88 Mb.
bet34/81
Sana20.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1637435
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81
Bog'liq
Mаvzu boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan

7-MA’RUZA.


MAVZU: So‘z turkumlarining leksik va grammatik ma’nosi ustida ishlash.
Reja:
1. So‘z turkumlari haqidagi ko‘nikmalarning shakllantirilishi.
2. Otni o‘rganish metodikasi. Otlarda “Egalik hamda kelishik qo‘shimchalari” mavzusini o‘rganish usuli.
Tayanch atamalar: so’z, so’z turkumlari,grammatika, grammatik tushuncha,lingvistik, morfologik, so’z tarkibi, so’zning morfemik tarkibi, o’zak morfema, affiksal morfema, orfografik, ot. Sifat, son, fe’l.
Mustaqil ta’lim topshirig’i

Mavzu

Amalga oshirish shakli

So‘z turkumlarining leksik va grammatik ma’nosi ustida ishlash

Mavzu yuzasidan taqdimot tayyorlash.

Mustaqil so‘z turkumlarida grammatik kategoriyalar

Mavzu yuzasidan taqdimot tayyorlash.

Adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 268 b.
2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 177 b.
3. G‘afforova T., Shodmonov E., G’ulomova X. Ona tili (1-sinf uchun darslik). – T.:Sharq, 2019. – 203 b.
4.Qosimova K., Fuzailov S., Ne’matova A. Ona tili (2-sinf uchun darslik). –T.:Cho‘lpon, 2018. -95 b.
5.Fuzailov S., Xudoyberganova M.,Yo’ldosheva Sh. Ona tili (3-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2019. -148b.
6.Ikromova R., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Shodmonqulova D. (4-sinf uchun darslik). –T.:O‘qituvchi, 2017. -192 b.


1. So‘z turkumlari haqidagi ko‘nikmalarning shakllantirilishi.

So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli gruppalarga ajratilishi – so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.


So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda 3 belgiga:
1)leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni predmet, harakat yo holat, belgi kabilarning umumlashitirilgan ma’nolari);
2)morfologik (so‘zning turli shakl tizimi);
3)sintaktik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslanadi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan guruhlardagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma’nolari, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlarga qaratilishi lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z turkumi bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ular taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiradigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
1) so‘z nima bildirishi (predmet, predmet belgisi, predmet sanog‘i va tartibi, predmet harakati yoki holati);
2) qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi;
3) o‘zgarish-o‘zgarmasliligi;
4) gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi. O‘quvchilar mana shu o‘rgangan bilimlari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar.
O‘quvchilar nimani o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya, chuqurlasha boradi.
Dasturga ko‘ra, 1-2-sinflarda so‘zlar javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlarga qarab tasnif qilinadi. 3-sinfda “so‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar (so‘z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanilishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi.
4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlaning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasi, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar.
Quyidagi jadvalda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z turkumlari yuzasidan bilimlarning hajmi ko‘rsatilgan (1-jadval)
O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi.
Masalan, gul, guldor, guladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun 3-sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? –gul, bu so‘z predmet bildirayapti, ko‘plikda qo‘llanadi – gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday? So‘rog‘iga javob bo‘layapti, predmet belgisini bildirayapti, bu sifat; gulladi so‘zi nima qildi? So‘rog‘iga javob bo‘layapti, predmet holatini bildirayapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llaniladi – gullamadi, bu fe’l.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling