99-100 -mavzular. To‘plamlar kesishmasi. Venn diagrammasi (2 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Reja tuzish mashqlari (A1+: 2 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
sodda (maxraji 10 va 100 bo‘lgan kasr son ko‘rinishda ifodalanadigan) o‘nli kasr songa o‘tkaza oladi, bunday o‘nlik kasrlarni so‘zlar, kasrlar yoki modellar yordamida tasvirlay oladi; ular ustida qo‘sh ish, ayirish arifmetik amallarni bajara oladi;
sodda (maxraji 10 va 100 bo‘lgan kasr son ko‘rinishda ifodalanadigan) o‘nli kasrlar qatnashgan 2 arifmetik amalli (qavsli va qavssiz) sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi;
miqdorlar (narx-navo, massa, uzunlik) orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llab, kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda (2-3 qadamli) yecha oladi;
berilgan ikkita to‘plamlar uchun birinchi element birinchi to‘plamga, ikkinchi element ikkinchi to‘plamga tegishli bo‘lgan juftliklarni aniqlay oladi va sonini topa oladi;
3-5 ta elementdan tashkil topgan to‘plamda juftliklar sonini topa oladi;
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarini yecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |