146-147-mavzular. Tarkibli masalalar (2soat).
148-149-mavzular. Sonning qismini va qismiga ko‘ra sonni topish. Qismlarni taqqoslash. Geometrik shakllarni qismlarga bo‘lishga doir masalalar (2 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga oid qiziqarli, nostandart masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik mahlumotlarni izlab topish mashqlari (A1+: 1 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 1 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
yassi (aylana, doira) figuralarni tasavvur qila oladi, nomlay oladi;
ikki aylana ikki nuqtada kesishishini, umumiy markaz yoki radius ega ekanligini, bir aylana ikkinchisining ichida joylashganligini, kesishmasligini tasavvur qila oladi, taniy oladi va tasvirlay oladi;
noldan 1000 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, taqqoslay oladi, tartibga soladi, modellarda tasvirlay oladi;
sonlarni qo‘sh ish jadvalidan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi.
A1+
1000 ichida sonlarni og‘zaki va yozma raqamlash va uch xonali sonni xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlay oladi.
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarini yecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |