73-74-mavzular. Vaqt o‘lchovi birliklari: soat, minut, soniya, Ular orasidagi munosabatlar: 1 soat = 60 daq, 1 daq = 60 s, 1 sutka = 24 soat, 1 asr = 100 yil, 1 yil = 12 oy (2 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
rim raqamlarini o‘qiy oladi, yoza oladi, taniydi va foydalana oladi;
2-3 arifmetik amalli (qavsli, qavssiz) sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi;
a + b, a - b, a • b, a : b ko‘rinishdagi ikki o‘zgaruvchili ifodalarning qiymatini berilgan sonlar orqali topa oladi;
x · 4 = 140, x : 9 = 53, 595 : x = 7 ko‘rinishdagi tenglamalarni tanlash usuli bilan, berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi o‘zaro munosabat asosida yecha oladi;
miqdorlar (narx-navo, massa, vaqt, uzunlik, yuz) orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llab, kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda yecha oladi;
burchaklarning asosiy turlarini (to‘g‘ri, o‘tkir, o‘tmas burchaklar) tasavvur qila oladi, solishtiradi va tasvirlay oladi.
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarini yecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |