144-146-mavzular. Shakllarni burish. Burchak simmetriyasi (3 soat).
147-148-mavzular. Massa o‘lchov birliklari va ular orasidagi munosabatlar (2 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
Takrorlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
A1
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi;
sodda vaziyatga oid harfiy ifodani, jumladan, noma’lumlarni o‘z ichiga olgan ifodani aniqlay oladi va tuza oladi;
miqdorlar (narx-navo, massa, vaqt, uzunlik, yo‘l, yuz, tezlik) orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llab, kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda (2-3 qadamli) yecha oladi;
nomli kattaliklar (massa, vaqt, uzunlik, yuza, tezlik) va ular orasidagi munosabatlardan ( kilogramm-gramm, soat-minut, minut-soniya, kilometr-metr, metr-detsimetr, detsimetr-santimetr, metr-santimetr, santimetr-millimetr) foydalanib, kattaliklarni o‘qiy oladi va yoza oladi;
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarini yecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |