Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad


Download 1.76 Mb.
bet10/303
Sana09.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#257441
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   303
Bog'liq
1-jarayon amaliy mashg'ulot. QO'LLANMA

Anketalashtirish metodi. Bu ommaviy ravishda materiallar to’plash maqsadida anketalar tarqatish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu metod ommaviy materiallarni tahlil qilishda (masalan anketalar tarqatish yo’li bilan to’plangan matetiallarini yoki ma’lumotlarni umumlashtirish uchun qo’llaniladi. Bu eksprement natijalarning aniq baholanishi xulosalarni ishonchli bo’lishini ta’minlaydi.So`rovnoma - anketa (fransuzcha “tekshirish” ma`nosini bildiradi)yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o`quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasbga qiziqishlarini kelajak orzu istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi. Biror masalaga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba’zi ma’lumotlarni to‘plash talab qilingan hollarda anketalashtirish metodidan foydalaniladi. Agar javoblar og‘zaki olinadigan bo‘lsa, u holda bu javoblar qarorga to‘la yoziladi. Ko‘pchilik bir savolning o‘ziga javob berganda, buning ustiga har kim mustaqil javob bersa, yozma anketalash qimmatli bo‘ladi.

Anketadan foydalanilganda quyidagi ikki talabga amal qilish zarur:

1) anketada savollar kam bo‘lishi kerak;

2) savollar shunday tuzilishi kerakki, ularni hamma bir xil tushinsin, ular aniq (mujmal bo‘lmagan) javoblarni talab qilsin.

Test savollarini o`rinli va ularning mazmunan rang –barang qilib o`tkazish o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o`stiradi. Kelajakni real baholash qobiliyatni taraqqiy ettiradi.

Anketalashtirishga misol keltiraylik.Matematika dars jarayonida mustaqil ishlardan foydalanish imkoniyatlari yuzasidan o’qituvchi va o’quvchilarga quyidagi so’rovnomalarni berish mumkin.

O’qituvchilar uchun :

1.Mustaqil ish nima?

2.Matematika darslarida mustaqil ishlarni qo’llaysizmi?

3.Bir darsda necha marta o’quvchilarga mustaqil ish berasiz?

4.Mustaqil ishlarni baholash va natijalash to’g’risida fikrlaringiz?

5.Mustaqil ishlarni takomillashtirish yuzasidan maslahatingiz?

O’quvchilar uchun:

1.Matematika darsida mustaqil ishlar bajarasizlarmi?

2.Mustaqil ishning qanday ko’rinishlarini bajarishni yoqtirasiz?

3.O’qituvchingiz mustaqil ishlarga baho qo’yadilarmi?

4.Mustaqil ishlarni o’zingiz bajarasizlarmi?


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling