Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad


Download 1.76 Mb.
bet303/303
Sana09.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#257441
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   303
Bog'liq
1-jarayon amaliy mashg'ulot. QO'LLANMA

Darsning borishi.

  1. Tashkiliy qismi: o’quvchilar bilan salomlashish. Navbatchi axborotini tinglash.

Sinf xonasining darsga tayyorligini ko’zdan kechirish. Bugungi dars maqsadi bilan tushuntirish.

  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: uyga vazifa tekshiriladi, o’quvchilar yo’l qo’yilgan xatolar ustida ishlaydilar. O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun tarqatma testlardan foydalanamiz. O’quvchilarni guruhlarga ajratib o’tilgan mavzuni mustahkamlaymiz.

Arifmetik amallar yordamida 3 ta 5 raqamidan quyidagi sonlarni hosil qiling:

a) 2 ni; (5+5):5=2

b) 4 ni; 5-5:5=4

v) 11 ni; 55:5=11



III. Yangi mavzu bayoni:

85-misol orqali mavzu tushuntiriladi.

  1. tasma uzunligining yarmisini toping.

12sm

6 sm 6 sm

Yechilishi: 12:2=6 sm. Javob: 6 sm



1-ta’rif.

Sonni ikkiga bo’lganda hosil bo’lgan son shu sonning ikkidan bir qismi yoki yarmi deb ataladi.



  1. tasma uzunligining uchdan bir qismini toping.

12sm

4 sm 4 sm 4 sm

Yechilishi: 12:3=4 sm. Javob: 4 sm



2-ta’rif. Sonni uchga bo’lganda hosil bo’lgan son shu sonning uchdan bir qismi deyiladi.

3) tasma choragining uzunligini toping.

12sm

3 sm 3 sm 3 sm 3 sm

Yechilishi: 12:4=3 sm. Javob: 3 sm.



3-ta’rif. Sonni to’rtga bo’lganda hosil bo’lgan son shu sonning to’rtdan bir qismi yoki choragi deb ataladi.

86-misol. Rasm orqali bajariladi va tushuntiriladi.




87-misol – misolni o’quvchilar navbati bilan doskada bajaradilar.

1) 6,14,20 sonlarining yarmini toping.

Yechilishi: 6:2=3

14:2=7


20:2=10

2) 6, 15 sonlarining uchdan bir qismini toping.

Yechilishi: 6:3=2

15:3=5


3) 8, 16, 24 sonlarining choragini toping.

Yechilishi: 8:4=2

16:4=4

24:4=6


88-masala O’qituvchi ko’magida o’quvchilar bilan yechiladi.

1) Tarvuzning yarmi 5 kg. Butun tarvuzning massasi necha kilogrammga teng?

Yechilishi: 5*2=10 kg. Javob:10 kg.

Dam olish daqiqasi o’tkaziladi:

Oyim berdi uch anor

O’zimda ham uchta bor.

Sanab bilsang ayta qol,

Menda nechta anor bor? Javob: 3+3=6 ta anor.

2) Qovunning uchdan bir qismi 2 kg. Butun qovunning o’zi necha kilogrammga teng?



Yechilishi: 2*3=6 kg. Javob: 6 kg.

89-topshiriq. 60, 50, 40, 30, 20, 10 sonlari orasiga (+) va (-) ishoralaridan tanlab shunday qo’yingki, natija 70 chiqsin. Bu topshiriqni baliq skeleti metodidan foydalanib yechamiz.



IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlashda o’quvchilar bilan o’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob qilib olamiz, va yana mustahkamlash uchun tarqatma test beramiz.

V. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi, har bir qo’yilgan baho o’qituvchi tomonidan izohlab beriladi. Faol qatnashganlar o’quvchilar alohida rag’batlantiriladi.

VI. Uyga vazifa berish. 90-misol va 91-masala uyga vazifa qilib beriladi hamda ularning sharti tushuntiriladi.

Uyga vazifa: Boshlang’ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni raqamlashga o’rgatish metodikasining umumiy masalalari mavxusini o’qib, tayyorlanib kelish.

Boshlang’ich sinf matematika darslari uchun bir soatlik dars ishlanmasini tuzish.



1



Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling