1-bo‘lim. JADVALDAN TASHQARI KO‘PAYTIRISH VA
BO‘LISH
(35 soat, A1+: 49 soat)
11-13-mavzular. Uch va to‘rt xonali sonlarni raqamlash. To‘rt xonali sonni xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash (3 soat).
14-15-mavzular. To‘rt xonali sonlarni taqqoslash (2 soat).
16-17-mavzular. Matematika tarixidan lavhalar: sonlar va raqamlar qanday paydo bo‘lgan? (2 soat).
18-19-mavzular. Natijasi 1000 ichida bo‘lgan bir, ikki va uch xonali sonlar ustida qo‘sh ish va ayirishni og‘zaki bajarish (2 soat).
20-21-mavzular. 1000 ichida arifmetik amallarni bajarish usullari (2 soat).
22-23-mavzular. Tarkibli masalalar (2 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
24-25-mavzular. Sodda hollarda sonning bo‘luvchilarini va karralilarini aniqlash (2 soat).
26-27-mavzular. To‘g‘ri chiziq tushunchasi. To‘g‘ri chiziqni belgilash. Chizg‘ich yordamida bitta nuqtadan, ikkita nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq chizish (2 soat).
28-30-mavzular. Kesma, nur, to‘g‘ri chiziq (3 soat).
31-32-mavzular. Katakli daftarda o‘qqa nisbatan simmetrik figuralarni yasash (2 soat).
33-34-mavzular. Kesmani teng bo‘laklarga bo‘lish (2 soat).
35-36-mavzular. Doirani teng bo‘laklarga bo‘lish (2 soat).
37-38-mavzular. Qavsli ifodalarda amallarni bajarish tartibi (2 soat).
39-41-mavzular. Qoldiqli bo‘lish. Bo‘linishga arifmetik va matnli masalalar (3 soat)
42-mavzu. Rebuslar. Boshqotirmalar (1 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalar yechish (A1+: 4 soat)
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 4 soat).
Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Reja tuzish mashqlari (A1+: 2 soat).
Do'stlaringiz bilan baham: |