Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari


Download 1.8 Mb.
bet113/165
Sana24.01.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1114499
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165
Bog'liq
2.2 Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan

O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
murakkab bo‘lmagan (maxraji 2, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 12 va 100 ga teng bo‘lgan) kasr son sonning ulushi, to‘plamning qismi yoki sonlar o‘qidagi nuqta ekanligini tushuna oladi hamda kasr sonni so‘zlar, sonlar yoki modellar yordamida tasvirlay oladi; ular ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini bajara oladi;
o‘nli kasrlarni 1,2 m =12 dm, 2,5 sm =25 mm ko‘rinishda ifodalay oladi;
miqdorlar (narx-navo, massa, vaqt, uzunlik, yo‘l, yuz, tezlik) orasidagi bog‘lanishlarni qo‘llab, kundalik hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni arifmetik usulda (2-3 qadamli, jumladan, sodda proporsiyalar yordamida) yecha oladi.
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
o‘rganilgan matematik holatlarni tahlil qila oladi va shu asosida mulohazalar ketma-ketligini tuza oladi va uni baholay oladi;
dunyo va boshqa fanlardagi bog‘lanishlarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab oladi.
A1+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.



Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling