Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad
Talabalar ma’ruzadan olgan bilimlari asosida berilgan rejalarni birin - ketin yoritib,mavzuning mazmun mohiyatini ochib,tushuntirib beradilar
Download 1.8 Mb.
|
2.2 Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan
Talabalar ma’ruzadan olgan bilimlari asosida berilgan rejalarni birin - ketin yoritib,mavzuning mazmun mohiyatini ochib,tushuntirib beradilar:
Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning asosiy maqsadi – o`quvchilarda fanga qiziqishni rivojlantirish, boshlang`ich matеmatika asosiy kursida olinadigan bilimlarni to`ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matеmatik fakt va ma'lumotlar, malaka va ko`nikmalar zahirasini to`plashdan iborat. Matеmatikadan «sinfdan tashqari ish»lar dеyilganda o`quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog`liq bo`lgan matеrial asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashqulotlar tushuniladi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o`tkazish mеtodikasi quyidagilarga asoslanishi kеrak: 1. Darsda o`quvchilar olgan bilim, malaka va ko`nikmalarni hisobga olgan holda o`tkaziladi. 2. Sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi. 3. Sinfdan tashqari ishlarni o`tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli bo`ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o`tkaziladigan ishning rеjalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir. Matematik kechalarni matematika to’garagining hisoboti xarakterida o’tkazish mumkin.Kechaning maqsadi o’quvchilarning matematikadan bilim malakalari , nazariyani amalda tadbiq qilish qobiliyatlari , og’zaki va yozma hisoblash ko’nikmalarini , fazoviy tasavvurlari , geometrik tushunchalaru va boshqalarni hisobga olishdan iboratdir. Kechani ikki bo’limdan iborat qilib , maktabdagi I – IV sinf o’quvchilarini qatnashtirib o’tkazish mumkin. I bo’lim. Sanoq o’yini –ashula-qatnashchilarning hammasi bajaradi. “ O’nta quyoncha o’yini “ ( bajaruvchilar – birinchi sinf o’quvchilari ) “ O’nta quvnoq bola “( bajaruvchilar – birinchi sinf o’quvchilari ) “ She’riy ko’paytirish jadvali “( bajaruvchilar – ikkinchi sinf o’quvchilari ) “She’riy masalalar “ ( bajaruvchilar – uchinchi sinf o’quvchilari ) “O’ylagan sonni topish “( bajaruvchilar – to’rtinchi sinf o’quvchilari ) “Kim tezroq “ , “ Kim to’g’riroq “ topish o’yinlari ( bajaruvchilar I – IV sinf o’quvchilari ) Matematika viktorinasi. ( I – IV sinf o’quvchilari ) II bo’lim. Masalalar yechish ( IV sinf ) Sheriy kvadrat ( III sinf ) Sh’riy kub ( IV sinf ) Topishmoq masalalar ( I – IV sinflar ) Ajoyib xotira ( II – III sinflar ) O’yinlar : “Kim tezroq “ , “ Kim to’g’riroq “ ( III – IV sinflar ). Gimnastika nomerlari ( ko’paytirish ) ( II sinf ) Matematik mavzuga oid sahna ko’rinishi qo’yish. ( Masalan : Nosovning “ Qiyin masala ) sahna ko’rinishi va hokazo.) Kechaning birinchi bo’limi oxirida o’tkaziladigan matematik viktorinaning namunasini keltiramiz. Bunda kechadagi o’quvchilar ikki kichik guruhga bo’linadi: I – II sinf o’quvchilari bir guruhga bo’linib , ular bilan bir o’quvchi ( bir o’qituvchi uning ishini kuzatib boradi ), III – IV sinf o’quvchilari ikkinchi guruhga bo’linib , ular bilan ikkinchi o’quvchi ( u yerda ham ikkinchi o’qituvchi uning ishini kuzatib boradi ) matematik viktorina o’tkazadi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling