Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
kundalik hayotda uchraydigan koordinatalar sistemalarini real obyektlar (masalan, teatrdagi tomoshabin, samolyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi;
A (2;3) kO‘rinishdagi belgilarni o‘qiy oladi va yoza oladi;
fazoviy figuralarni (parallelepiped (kub) va uning elementlari (uchlari, qirralari, yoqlari)) tasavvur qila oladi, taniy oladi va nomlay oladi;
real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi;
eng sodda holatlarda simmetriya hossalaridan foydalanib, geometrik figuralarni sharhlay oladi va bir-biri bilan solishtira oladi;
fazoviy figuralarni ularning tekislikdagi ko‘rinishlari bilan bog‘lay oladi;
masalani tahlil qila oladi, kattaliklar orasidagi munosabatlarni o‘rnata oladi, masala sharti va savoli orasidagi bog‘liqlikni topa oladi, masalani yechish uchun amallar sonini va bajarish tartibini aniqlay oladi, zarur bo‘lgan amallarni tanlay oladi va tanlash sababini tushuntira oladi;
masala yechishda modellashtirishni qo‘llay oladi.
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi;
o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalani yechish uchun tuzilgan reja asosida ishlay oladi.
A1+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
6-bo‘lim. MA’LUMOTLARNI GRAFIK, DIAGRAMMA,
Do'stlaringiz bilan baham: |