Mavzu: boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni yozuv malakalarini shakillantirish mundarija: kirish I bob boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni yozuv malakalarini shakillantirish ahamiyati


Download 192.5 Kb.
bet9/10
Sana07.02.2023
Hajmi192.5 Kb.
#1174522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINFLARDA O’QUVCHILARNI YOZUV MALAKALARINI SHAKILLANTIRISH ...

N harfi so`z boshida N harfi so`z o`rtasida N harfi so`z ohirida
kelgan so`zlar topadi. kelgan so`zlar topadi. kelgan so`zlar topadi.
non xona osmon
nega sana Oson
narvon ona elkan
norin angishvona xotin
nay otxona otin
noma chana tutun
nina yana butun
Bu o`yin “Alifbe”dagi barcha tovushlarni o`rganish davomida o`tkaziladi. U o`quvchilarning topqirligi, zukkoligi va hozirjavobligini o`stiradi. Lekin o`quvchilar bu so`zlarni yozolmaydilar. Alifbening dastlabki davrlaridan kiritlsa, bolalar keyingi darslarda faol bo`lib qolishadi. O`quvchilar yozish va o`qishni bilib olganlaridan keyin uni xattaxtaga va daftarlariga yozdirish mumkin.
“TOPA OLASIZMI?” o`yini.
O`qituvchi o`rganilgan va o`rganilmagan harf va bo`g`inlar ishtirok etgan bir necha so`zni kattalashtirib yozilgan nusxalarini sinf xattaxtasiga ilib qo`yadi. O`quvchilar so`zlar tarkibidan o`rganilgan harf va bo`ginlarni topib xattaxtaga yozadilar. Bu o`yinni alifbe davrining birinchi -ikkinchi bosqichlarida o`tkazish yaxshi natija beradi. Chunki shu vaqtda o`quvchilar tovush va harflar bilan yaqindan tanishib boradi. Ular o`qish va yozish ko`nikmalarini egallay boshlaydi.
“O`QIY OLASIZMI ” o’yini.
O`qituvchi xattaxtaga karton qog`ozga yozilgan ola, oila , Noila so`zlarini osib qo`yadi. 5-6 o`quvchiga so`z o`qitilgach , so`zlar bo`g`inlarga bo`linib L harfining o`rni ko`rsatiladi. So`zlarni bo`g`inlab o`qishda har bir bo`g`in bitta qarsak bilan ko`rsatiladi.
o-la o-i-la No-i-la

o

l

a



o

i

l

a



N

O

i

l

a

Bu o`yinni yana bir qator tovushlarni o`rgatish jarayoniga tadbiq qilsa bo`ladi. O` harfini o`rganganda Mo`min , o`roq , o`tkir, ro`mol, o`rdak, to`ti, to`lqin, so`zlarini o`rgatish barobarida ‘ o`qiy olasizmi ’ o`yinini o`tkazish mumkin.


Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarini tashkil etish jarayonida maxsus ishlab chiqilgan metod va usullardan foydalanish juda yaxshi samara beradi. Maxsus metodlar deganda didaktik o`yinlar, innovasion texnologiyalar, modulli o`qitish texnologiyasi va boshqalar misol bo`ladi.
Boshlang‘ich ta’limda motivlar hosil qilishda didaktik o'yinlarning o‘mi beqiyosdir. 0‘yinsiz tom ma’nodagi aqliy rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. О‘yin o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg‘otadigan uchqundir.
0‘yin - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’lura sifatlami shakllantirish uchun kattalar- o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan usul. 0‘yin vositasida o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi, shuningdek, ularda muomala ma- daniyati shakllanadi. 0‘yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda kelgusida o‘quv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosa- batga kirishishga oid ruhiy xususiyatlar shakllanadi. O‘yin orqali bolalar borliqni o‘rganadi va dunyoni o‘zgartirishga harakat qiladi. Shunday qilib, o‘yin inson faoliyatining shakllanishi- ga asos soladi. 0‘yinda inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namo- yon qiladi. 0‘yinnning eng muhim ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning dunyoga ta’sir etish ehtiyoji paydo bo‘ladi va shakllanadi. Maktab yillarida o‘yin shakllari yanada kengroq rivojlanadi. 0‘quvchilaming o‘yin faoliyati juda ko‘p soha olimlarini, ya’ni, fa- ylasuflar, sotsiologlar, biologlar, san’atshunoslar, etnograflar, ayniq- sa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi.
Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o‘yining hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qaraladi. Faqat o‘yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va o‘zaro ta’sirda shakllana­di. 0‘yingina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq stadiyasiga o‘tish uchun muhim zamin yaratadi.
XULOSA
Оnа tili bоshlаng’ich sinflаrdа аsоsiy o’quv prеdmеti hisоblаnаdi. Кichiк mакtаb yoshidаgi o’quvchilаr tildаn muhim tushunchаlаr sistеmаsini o’zlаshtirаdilаr, nutqqа, o’qishgа, yozishgа оid кo’niкmа vа mаlакаlаrni egаllаydilаr. Bu кo’niкmа vа mаlакаlаr mакtаbdа muvaffaqiyatli o’qishgа zаmin hоzirlаydi. Оnа tilining tаrbiyaviy аhаmiyati judа каttа bo’lib, u o’quvchilаr uchun tаbiаt dunyosini, оdаmiyliк munоsаbаtlаrini, fаn vа mаdаniyatni o’rgаnishgа yo’l оchаdi.Оnа tili o’qitish mеtоdiкаsi mustаqil pеdаgоgik fаndir. Hоzirgi zаmоn o’qituvchisi hаr tоmоnlаmа кеng bilimli bo’lishi, ya`ni аdаbiy til nоrmаlаrini egаllаshi, bоshlаng’ich sinflаrdа оnа tilidаn оlib bоrilаdigаn ishlаr mаzmuni vа sistеmаsini, dаsturini yaхshi bilishi, оnа tili o’rgаtishning nаzаriy аsоslаrini vа tа`lim prinцiplаrini o’zlаshtirishi o’quv ishlаrining аsоsiy usullаrini оlishi vа uni o’z ish tаjribаsidа tаtbiq qilаоlishi, mеtоdiкаning fаn sifаtidа rivоjlаnishining аsоsiy yo’nаlishlаrini, кеyingi yillаrdа bоshlаng’ich tа`lim оnа tili o’qitish mеtоdiкаsi sоhаsidа оlib bоrilgаn tаdqiqоtlаrni vа hаl qilinishi lоzim bo’lgаn muаmmоlаrni tushunib bоrishi lоzim. O’qituvchi tаrbiya ishigа, o’quvchilаrgаоnа tilining bоyligini кo’rsаtаоlishgа mоhir bo’lishi, bоlаlаrning аdаbiy tilgа so’zlаshgааdаbiy nutqni egаllаshgа, кitоbni sеvishgа vа ifоdаli o’qishgа o’rgаtish lоzim. Fаnning аsоsiy bo’limlаri vа ulаrdа o’rgаnilаdigаn muаmmоlаr.
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida o`quvchilar bilimini yanada takomilashtirish, til materialini chuqur o`rganish, o`z fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olish uchun orfografik malaka va ko`nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra, ona tili darslarida imloviy bilimlarni mustahkamlash ko`p jihatdan orfografik tahlillar bilan olib boriladi. Imloviy mashqlar turli bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi hamda turli mashqlarni ozlashtirishda, turli xil til materiallarini organishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ona tili darslarida o’quvchilarning imloviy bilimlarini oshirish, mustaqil va ijodiy fikrlashga yo’naltirish, ularning til materiallarini ongli o’zlashtirishlari uchun sharoit yaratish, ta’lim maqsadiga erishish yo’llarini izlab topish va amalda tadbiq etish sohasida jiddiyroq o’ylab ko’rish vaqti kеlganligining yana bir dalilidir.
Boshlang’ich sinf savod o’rgatish darslarida o’quvchilarning asosiy imloviy bilimlarini oshirish, tahlil usullari, ya’ni ko’chirib yozuv, diktant tahlili, leksik-orfografik, mofologik-orfografik, leksik-sintaktik, analitek-sintetik, sintaktik-orfografik tahlil tularining ifodalanishidan shu narsa ma’lum bo’ldiki, demak tahlilning barcha turlari imloviy tur bilan bog’likligi ayon bo’ldi. Shuning uchun, darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishddan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars mashg’ulotlarini o’quvchilarning imloviy malakalarini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.

Download 192.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling