Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallardan foydalanish


Download 14.59 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi14.59 Kb.
#1762953
1   2
Bog'liq
Reja Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materialla-fayllar.org

2. Mustaqillik davrida boshlangich matematika o‘qitish
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A. Karimovning "Talim-tarbiya va kadrlash tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida"gi farmonida va Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan "Talim to‘g‘risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da talim tizimini nazorat qilish va shakllantirishga katta etibor berilgan. Bu hujjatlarda ko‘rsatilishcha talim tizimida boshlangich talim eng asosiy, tayanch manba bo‘lib hisoblanishi qayd qilingan. Boshlangich sinf o‘quv dasturini, darsliklarini qayta tuzib chiqish, boshlangich sinf o’qituvchilarini qayta tayyorlash, o‘qitish sifatini oshirishga etibor berilgan.
1-4 sinflardagi talimning turi boshlangich talimni qamrab oladi, hamda o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umum-madaniy bilimlarni milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan manaviy axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmalarini ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda bo‘lish va kasb tanlashni shakllantiradi.
Olimlarning fikriga ko‘ra normal rivojlangan bolalarni 6 yoshdan maktabga qabul qilish ularning aqliy, ruxiy va jismoniy kamolotiga, o.quv dasturlarini yaxshi o‘zlashtirishida ijobiy samara beradi. Ayni zamonda bolalarni 6 yoshdan o‘qishga jalb etishda ularning har biriga alohida yondoshish, birinchi navbatda ularning salomatligi va zehni, shuuri qay darajada shakllanganligi etiborga olinishi lozim.
Shu bilan birga mutaxassislar o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalarimizning 10-30 % yuqorida aytilgan sabablarga ko‘ra hozirgi kunda 6 yoshdan maktabga yuborishga tayyor emas. Ayniqsa, bu hol qishloq sharoitida o‘sayotgan bolalarning taxminan 50 % iga tegishlidir. Jismonan va aqliy tomondan ham to‘liq shakllanmagan bolalarning 6 yoshdan maktabga majburan qabul qilinishi, ularning o‘qish davomida o‘z ojizligini sezishi va qiynalishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagilarni nazarda tutib, bolalarning jismoniy va aqliy yetukligini etiborga olgan holda ularni 6-7 yoshdan qabul qilish maqsadga muvofiqdir. "Talim to‘g‘risida"gi yangi 2020 yildagi qonunning 12-moddasida "Boshlang‘ich talimning umumiy o‘rta talim olishi zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning 1-sinfiga bolalar 6-7 yoshdan qabul qilinadi" -deyilgan.
0 ‘zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e’tibor
bilan qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy,
al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug‘bek va boshqa ko‘plab allomalar
ilm-fanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma’rifatga beqiyos hurmat bilan
qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to'siqlar bo'lmasin, o 'z farzandlarining
savodli bo'lishini orzu qilganlar, ularini yoshligidanoq
maktabga o'qishga berganlar. Maktabdor domlalar o'z usullari va
tajribalariga asoslanib bolalarga saboq berganlar.
Demak, O'zbekistonda o'qitishning o'ziga xos usullari mavjud
bo'lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechmagan, ba’zi
xato va kamchiliklarga ham yo'l qo'yilgan. Chunonchi, XX asrning
20-yillarida maktabni rivojlantirishda juda jiddiy xatolarga yo'l qo'yildi.
Kompleks dasturlarda ona tilini o'rganish tizimi buzildi: grammatik,
orfografik ko'nikmalarga yetarli ahamiyat berilmadi. Savod o'rgatishda
yaxlit so'z metodi tilning fonetik xususiyatlariga mos kelmadi, analitiksintetik
ishlar ta ’minlanmadi, puxta, to'g'ri yozuv masalalari uchun
zamin yaratilmadi.
Keyinchalik 1931-yil 5-sentabrda qabul qilingan „Boshlang'ich va
o'rta maktab haqida“gi, 1932-yil 25-avgustda qabul qilingan „Boshlang'ich
va o 'rta maktab o'quv dasturlari rejimi haqida“gi qarorlar
yuqoridagi kabi yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklami bartaraf qilishda
va o'quv mashg'ulotlari tizimini ishlab chiqishda maktabga va
o'qituvchilarga yordam berdi. Tezlik bilan savod o'rgatishda analitiksintetik
tovush metodi qayta tiklandi. Grammatik, orfografik materiallarni
izchil o'rgatishga, o'quvchilaming har tomonlama savodli
bo'lib, madaniy nutqni egallashlariga katta ahamiyat berila boshlandi.
O'quvchilar va o'qituvchining o'quv mehnatini tashkil etishning asosiy
shakli bo'lgan dars metodikasi muvaffaqiyatli ishlana boshlandi.
O'tgan asrning 50—70-yillari mobaynida boshlang'ich sinflarda
ona tili o'qitish metodikasi sohasida anchagina qo'llanmalar yaratildi.
Bu yillarda ona tili o'qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi,
umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy
tekshirishlarning natijalari ona tili o'qitish metodikasini takomillashtirish
va yangi metodika yaratishga imkon berdi. O'zbek tilshunosligi
sohasidagi muvaffaqiyatlar ham tilni o'zlashtirish jarayoniga va metodikaning rivojlanishiga jiddiy yordam ko'rsatdi. Xuddi shuningdek,
bu fanning rivojlanishiga o'qituvchilarning ommaviy ish tajribalarini
o'rganish, umumlashtirish katta ijobiy ta ’sir ko'rsatdi. O'sha davrdagi
jurnallarda o'nlab metodik maqolalar bosilib chiqdi.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Til jamiyat a ’zolarining bir-biri bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta ’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilaming o'zaro munosabati, his-tuyg'ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi. Maktabda ona tilini chuqur o'rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi.
K.D.Ushinskiy boshlang'ich maktab o'quv predmetlari tizimida
ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet
hisoblagan. „Ajoyib o'qituvchi bo'lgan ona tili bolaga ko'p narsani
o'rgatadi... Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko'p narsa o'rganadiki,
ko'p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to'g'ri
o'qiganda ham uning yarmicha o'rgana olmaydi. Ona tilining ulug'
pedagogligi ham ana shundadir"5, — deydi u. Shuning uchun ham boshlang'ich sinflarda ona tilini o'rganishga katta ahamiyat beriladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari ona tili darslarida ongli o'qish va savodli
yozishga o'rganadilar, og'zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini
egallaydilar. Ona tili sohasidagi ko'nikma-malakalar (nutq, o'qish va
yozishga oid malakalar) o'quvchilaming o'quv mehnatining zaruriy
sharti va vositasidir. O'quvchi o'qish ko'nikmalarini egallash bilan bir
qatorda, birinchi navbatda, o'zining ona tilini o'rganishi zarur, chunki
ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir.
Ona tili boshqa fanlami o'qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi
ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o'rganiladi. Demak, ona tili
bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini
uyg'otishda ham alohida o'rin tutadi.
Til muhim tarbiya vositasidir. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni
o'qigan bola o'zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala
madaniyatini egallaydi.
Ona tili boshlang'ich sinflarda asosiy o'rinni egallar ekan, har bir
o'quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur.
Boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'ulotlari turi va mazmuni
quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1. O'qish, yozuv, grammatik materialni o'rganish, kuzatishlar
hamda o'quvchilaming ijtimoiy faoliyatlari bilan bog'liq holda, ularning
og'zaki va yozma nutqini o'stirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o'rgatish, ya’ni ularni
elementar o'qish va yozishga o'rgatish, bu ko'nikmalarni malakaga
aylantirish.
3. Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya
qilingan savodli yozuvni, to 'g 'ri talaffuzni o'rganish, nutq va uslubiy
elementlarni egallash.
4. Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni
o'rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.
5. O'quvchilarni o'qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiyommabop
va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda
badiiy asarni idrok etish ko'nikmasini hosil qilish.
Bu vazifalarning hammasini boshlang'ich sinflarda ona tili predmeti
hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati
bo'lib, unda o'quv predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu
predmetdan bilim, ko'nikma va malakalar darajasiga qo'yilgan asosiy
talablar belgilangan bo'ladi. O'qituvchi va o'quvchilar dastur talablari
asosida ish olib boradilar.


Foydalangan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022- yil 3- fevraldagi F- 22- son “Xalq ta‘limi tizimini isloh qilish bo‘yicha chora- tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoyishi
2. Oʻzbekiston Respublikasi ta'lim toʻgʻrisidagi qonun. 2020-yil 19-may.
3. S. Alixonox Matematika oʻqitish metodikasi, Choʻlpon nashriyot matbaa uyi, 2011-yil.
4.M. E. Jumayev,Z.Gʻ. Tadjiyeva. Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish metodikasi, Toshkent- 2005.
http://fayllar.org
Download 14.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling