Mavzu: boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik milliy g’ururini tarbiyalash


Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ta’sir qiladigan omillar


Download 137 Kb.
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi137 Kb.
#1527897
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik milliy g’ururini ta

Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ta’sir qiladigan omillar
Hozirgi vaqtda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni va jarayoni, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga bog’liq bo’lgan bir qator omillar bilan boyitilishi lozim. Bu omillar quyidagilardir:
- mamlakatda amalga oshirilayotgan islohatlar jarayonidagi inson, ya’ni shaxs rolining o’sishi;
- uning mamlakat mudofaasidagi ahamiyati;
- harbiy xizmatni tashkillashdagi tub o’zgarishlar;
- zamonaviy qurolli kurashlarning shakl va usullari takomillashuvi va boshqalardir.
Yoshlarni vatan himoyasiga tayyorlash ishlarining tubdan o’zgarishi harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni, shuningdek, tashkiliy-uslubiy jihatlardan to’liq foydalanishni taqozo etadi. Buning uchun, tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, an’anaviy tarbiya shakllarini tanlash va mustahkamlash, hozirgi sharoitda harbiy vatanparvarlik tarbiyasi vazifalarini to’la amalga oshira oladigan yangi shakl va uslublarni izlash va ularni hayotga tadbiq etish lozim. Bunda asosiy e’tiborni harbiy vatanparvarlik tarbiyasining shakl va uslublarini tashkiliy jihatdan ta’sirchanligiga va ularni Vatan himoyachisi shaxsini rivojlantirishga yunaltirilganligiga qaratish zarur.
Ko’rsatib o’tilgan barcha tadbirlarni amalga oshirishda “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisiga katta o’rin ajratiladi. Harbiy vatanparvarlik tadbirlarini o’tkazish uning ishtirokisiz o’tmaydi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi va ommaviy - mudofaa ishlari kompleks rejasiga muvofiq ta’lim muassasasi "Vatanparvar” MKJ boshlang’ich tashkiloti ish rejalari tuziladi. Umumiy reja tadbirlari sinf rahbarlari tarbiyaviy ish rejalarida ham o’z aksini topadi. Harbiy vatanparvarlik ishlari va Boshlangi’ch sinflarda xizmatga tayyorlash bilan bog’liq masalalar ko’p holda pedagogik kengashda ko’rib chiqiladi.
Harbiy vatanparvarlik va ommaviy – mudofaa ishlari rejasini amalga oshirish bo’yicha o’quv yurti pedagogik jamoasi va “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisi vazifalaridan biri hisoblanadi.
Misol tariqasida birinchi sinfdan boshlab harbiy vatanparvarlik va ommaviy - mudofaa ishlari umumiy reja asosida qanday olib borilishi ko’rib chiqamiz, I-IV sinf o’quvchilari uchun rejada tanishuv mazmunidagi tadbirlar ko’zda tutilgan, bular “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari”, “Baynalminalchi jangchilar, ular kim?” degan mavzuda suhbatlar o’tkazish, badiiy adabiyotlar o’qish.
Qurolli Kuchlar, buyuk tarixiy shaxslarga bag’ishlangan spektakl, kinofilm, teleko’rsatuv, videofilmlar tomosha qilib, muhokama qilish.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga bag’ishlangan ko’rgazma, viktorinalar, kolleksiyalar to’plash.
Qurolli Kuchlar jangchilariga bag’ishlangan eng yaxshi rasm va eng yaxshi she’r o’qish konkurslarini o’tkazish.
Qahramonlar nomi berilgan ko’chalarga sayohatlar, yodgorliklarga gullar qo’yish, faxriylarni tabriklash.
Ommaviy – mudofaa oyligi kunlarida Fuqaro himoyasi bo’yicha viktorinalar, "Havo trevogasi” signallari bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazish.
Ko’rinib turibdiki, I-IV sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tadbirlar o’quvchilarga O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari haqida boshlang’ich bilimlar berishga, bolalarga oddiy harbiy ko’nikmalar singdirishga imkon beradi.
V-VI sinf uquvchilari bilan o’tkaziladigan tadbirlar ancha murakkabroq xususiyatga ega, ularga quyidagilar kiradi:

  • Urush va mehnat qahramonlari haqida materiallar izlash bo’yicha topshiriqlarni bajarish uchun izquvarlik harakatida ishtirok etish;

  • Nogironlar, faxriylar, harbiy xizmatchilar oilalariga yordam berish;

- I-IV sinf o’quvchilariga harbiy vatanparvarlik tadbirlarini o’tkazishda yordam ko’rsatish;
- Davlatimiz va Qurolli Kuchlar tarixiy sanalariga bag’ishlangan tantanali saf tortish;
- Qahramonlik darslari;
- Nogironlar, faxriylar, harbiy xizmatchilar oilalariga yordam ko’rsatish buyicha faxriylar oldida axborot (hisobot) berish;
- "O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari - vatan himoyasida” mavzusida gazeta, jangavor varaqa, fotogazetalar chiqarish;
- Vatan va Qurolli Kuchlar haqida eng yaxshi qo’shiq ko’rik tanlovi;
- Harbiylashtirilgan o’yinlar;
- Ommaviy - mudofaa ishlari oyligi kunlarida saf tortish va qo’shiq ko’rigi;
- Harbiy - texnik to’garaklar ishlarida ishtirok etish;
Shunday qilib, V-VI sinf o’quvchilari kichik o’rtoqlariga otaliq qila boshlaydilar, natijada ularning mas’uliyatliligi ortadi.
VII-IX sinf o’quvchilari rejasiga quyidagi tadbirlar kiritiladi:
- “Vatanparvar” tashkilotiga a’zo bo’lish, ommaviy-mudofaa ishlarida faol ishtirok etish;
- O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi - Vatan himoyasi to’g’risida mavzusidagi tadbirlarda ishtirok etish;
- “O’zbekiston - Vatan mustaqilligi va ozodligi uchun kurashlarda” ijodiy ishlar ko’rgazmalarida ishtirok etish;
- Harbiy - vatanparvarlik mavzusida ijtimoiy - siyosiy ma’ruzalar o’tkazish;
- “Yosh o’qchi” to’garagida ishtirok etish;
- “Salomatlik” kompleksi normalarini topshirish;
- “Vatanparvar” maktabi sport seksiyalari, ommaviy-mudofaa to’garaklarida ishtirok etish;
- Sportning harbiy sport turlari musobaqlarda ishtirok etish;
IX-XI sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tadbirlarga quyidagilar kiradi:

  • O’zbekiston xalqi va Quroli Kuchlar jangovar an’analarini chuqur o’rganish;

  • Bo’lajak jangchi klubida ishtirok etish;

  • Ma’ruzachilar guruhlari ishlarida ishtirok etish;

  • “Vatanparvar” boshlang’ich tashkiloti ishlarida faol ishtirok etish;

  • Vatanparvarlik qushiqlari ko’rik – tanlovi o’tkazish;

  • “Shunqorlar” harbiy-sport o’yinlarida ishtirok etish;

  • Harbiy qismlarda bo’lish harbiy xizmatchilar hayoti va turmush sharoiti va harbiy texnika bilan tanishish;

  • Boshlangi’ch sinflarda xizmatga tayyorlash bo’yicha olimpiyadalarda ishtirok etish;

  • Harbiy o’quv yurti qursantlari bilan o’quvchilar uchrashuvini o’tkazish;

  • Halok bo’lgan qahramonlar yodgorliklariga gulchambarlar qo’yish;

  • “Mohir o’qchi” va o’qchi darajasiga tayyorlovchi to’garaklrida ishtirok etish;

  • Harbiy amaliy sport turlari bo’yicha tuman, shahar musobaqlarida ishtirok etish;

  • “Vatanparvar” kompleksi normativlari bo’yicha sinflar o’rtasida musobaqa o’tkazish;

  • Ommaviy mudofaa ishlari oyligida ishtiroq etish;

  • “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” bo’yicha tuman ko’rik tanlovida ishtirok etish;

Bu asosiy tadbirlar ro’yxati orqali o’quvchilar bosqichma-bosqich harbiy mahorat sirlarini egallayotganlarini kuzatish mumkin.
Yoshlarga ularning bolalik yillardan boshlab, O’zbekiston xalqining boy an’analari va milliy qadriyatlari, xalqimizning buyuk o’tmishi haqidagi bilimlarni, shuningdek, o’z Ona-Vatani O’zbektistonning sadoqatli himoyachilari bo’lishini ongli ravishda his qilishlarini singdirib borish kerak.
Boshlangi’ch sinflarda xizmatga tayyorlash masalalari borasida butun o’quv muassasa jamoasi urinishlarninig yakuniy maqsadi hammadan ham “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisiga yaxshi tushunarli. “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” o’qituvchisining san’ati ham bo’lajak vatan himoyachilarini tayyorlash uchun o’quv yurtida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishdan iboratdir.

Hozirgi vaqtda, O’zbekistonda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan bir necha qonun va qarorlar ana shu muammolarni bartaraf etish, yoshlarning jismoniy tarbiyasini yaxshilash maqsadidadir va bu borada sezilarli amaliy ishlar ham amalga oshirilmoqda.


Bugungi kunda Boshlangi’ch sinflarda-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Respublikamizda bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2018-yilning 23 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarori bilan Boshlangi’ch sinflarda-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi kuchga kirdi. Bu Konsepsiya – mamlakatda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyil va ustuvor yo‘nalishlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir sharoitda Boshlangi’ch sinflarda-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularni hal etish yo‘llari, davlat va nodavlat tashkilotlar, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, o‘zaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi.
Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning shakl va usullari rang – barangdir. Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o’tkazilgan barcha tadbirlar ham ijobiy natijalar beradi.
Vatan himoyasiga shaylikning tuzilishida, odatda axloqiy, siyosiy, ruhiy, harbiy-texnik va jismoniy tayyorgarlik kabi sifatlar ajratib ko’rsatiladi.
Shunday bo’lsada, vatan himoyasiga shaylik tug’risidagi tasavvurlar bu sifatni barcha murakkab tomonlarini, uning butun xususiyatini ochib bermaydi. Bu shuni anglatadi-ki, vatanni o’z hayotini xavf ostiga qo’yib, himoya qilishga shaylikni rivojlantirishni, inson xarakterida alohida ijobiy sifatlarni shakllantirish bilan almashtirib bo’lmaydi. Shuning uchun ham vatan himoyasiga shaylikni ta’minlovchi butun o’quv tarbiya jarayonini yaratish uchun u to’g’risida yaxlit bir tasavvurga ega bo’lish kerak.
Mana shu munosabat bilan harbiy- vatanparvarlik tarbiyasi tashkilotchilari umumiy pedagogika va psixologiya, shuningdek harbiy pedagogika va psixologiya buyicha chuqur bilimlarga ega bo’lishi zarur. Chunki, bu fanlarning taxkidlashicha, vatan himoyasiga shaylik, e’tiqod, tuyg’u, qat’iyatlilik, mustahkam iroda, jismoniy chiniqqanlik va harbiy o’quv singari shaxsni butun bir sifatlari majmuasini namoyon qiladi. Bu sifatlarning barchasi bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, ular birgalikda vatan himoyasiga shaylikning yaxlit bir tuzilishini hosil qiladi, va bu insonning asosiy sifatlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Harbiy – vatanparvarlik tarbiyasining ilmiy asoslari, uning birlamchi mazmunini tashkil etuvchi tamoyillarida yoritib berilgan. Bu tamoyillarda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining asosiy qoidalari, talablar, yoshlarni vatan himoyasiga axloqiy-siyosiy, harbiy-texnik va jismoniy jihatdan tayyorlashning amaliy faoliyatining mazmuni, shakl va uslublari o’z aksini topgan.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining asosiy tamoyillari quyidagilardir:
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining ilmiy asoslanganligi;
Harbiy- vatanparvarlik tarbiyasiga tarixiy yondoshish;
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi nazariyasining amaliyot bilan uzviy bog’liqligi;
Vatanparvarlik va baynalminal tarbiyaning birligi tamoyili;
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash tamoyili;
Har xil yoshlar guruhlariga muvofiq yondoshish tamoyili;
Tarbiyaning shaxs xususiyatlariga muvofiqligi tamoyili;
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining haqiqiy xizmat sharoitlariga muvofiqligi tamoyili.
O’quvchilarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi ishlarida tarbiya, ommaviy tashviqot ishlarining keng shakl va uslublari qo’llaniladi.
Bunday shakllarga quyidagilar kiradi:
Ma’ruzalar;
dokladlar;
suhbatlar;
hikoyalar;
tematik kechalar;
yig’ilishlar;
majlislar;
sayohat va ekskursiyalar uyushtirish;
jasorat darslari;
harbiy-sport bayramlari;
“Shunkorlar” harbiy- sport o’yinlari.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida tarbiyaning umumiy uslublari keng qo’llaniladi. O’quvchilarning harbiy- vatanparvarlik tarbiyasida o’rnak, ishontirish, mashq, rag’batlantirish, taqdirlash va majburlash kabi uslublar foydalaniladi.
Tarbiya uslublari o’z xususiyatlari bo’yicha o’rgatish, rivojlantirish, shuningdek, tarbiyalash vazifalarini ham bajaradi.
CHYOT rahbari dastur bo’yicha mashg’ulotlar uchun zarur bo’lgan uslublarni tanlaydi, bu uslublar ko’zlangan tarbiya va o’quv maqsadlariga erishishni ta’minlashi lozim.
Quyida, biz harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining asosiy uslublarini ko’rib chiqamiz:
Ishontirish uslubi -o’quvchilarda keng dunyo qarashni, vatanparvarlik tuyg’ularini, asosiy sifatlarii shakllantiruvchi va ularni rivojlantiruvchi asosiy uslubdir. CHYOT rahbari bu uslub yordamida o’quvchilarning ongi, tuyg’ulari va irodalariga bevosita ta’sir etib, ularni aniq maqsadlar sari yunaltiradi.
O’rnak uslubi -bu uslub asosida, avvalo insonlarning ijobiy obrazlariga taqlid qilish, ularga ergashish kabi ongli intilishlari yotadi. O’quvchilarga ajdodlarimizning qahramonona o’tmishlari, ularni jasurliklari va bugungi kundagi Qurolli Kuchlarimiz safidagi fidoiy ofitser va askarlarning jasoratlari haqidagi hikoyalar chuqur ta’sir etadi. Ular bu qa’ramonlar hayotidan faxrlanadilar, ulardan o’rnak olishga intiladilar, ularning hayot yo’llarini o’rganib, ularga o’xshashga harakat qiladilar.
O’quvchilarning harakatlari va yurish turishlarini faollashtirish uchun rag’batlantirish uslublari qo’llaniladi. Bularga qo’yidagilar kiradi:
rag’batlantirish uslubi;
majburlash uslubi;
Rag’batlantirish uslubi – o’quvchilardagi ijobiy qiziqish va intilishlarni, ularda o’ziga bo’lgan ishonch tuyg’ularini rivojlantirish va erishilgan natijalariga ma’suliyat hissi, yangi muvafaqqiyatlarga intilishlar kabi xislatlarni shakllantirish uchun qo’llaniladi. Rag’batlantirish shakllari bo’lib, bu yerda maqtov, minnatdorchilik, mukofot, faxriy taxtachaga o’quvchining suratini joylashtirish va boshqalar bo’lishi mumkin.
Majburlash uslubi – tarbiyaviy maqsadlarda, agar o’quvchining harakati va yurish turishlari jamiyatda qabul qilingan umumiy axloq normalariga zid kelsa, shuningdek, unga qo’yilayotgan talablarni bajarmasa, ularni bajarish unda xohish istaklarni hosil qilish uchun qo’llaniladi. O’quvchiga mo’ljallanayotgan har bir jazo yoki majburlash, ishontirish uslubi bilan birgalikda bo’lishi va uning asosida qo’llanilishi kerak.
Majburlash uslubi – bu uslub qachonki, barcha uslublar va choralar qo’llanilib, ular kutilgan natijalarni bermagan vaziyatlardagina qo’llanilishi mumkin.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining shakl va uslublarini, ulardan foydalanish tartib qoidalarini chuqur bilish, CHYOT rahbariga harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi va ommaviy-mudofaa ishlarini puxta rejalashtirish va tashkillashga imkon yaratadi.
Harbiy faoliyatga shaylik ko’rsatkichlarini 2 guruhga bo’lish maqsadga muvofiqdir. Bu umumiy va maxsus talablardir.
Umumiy talablar – bu integrativ belgilar bo’lib, ular vatan himoyasiga shaylikning shakllanganligini ifodalab beradi. Ular quyidagilardir:
O’zbekiston Respublikasini himoya kilishga turgun ishonch o’quvchilar tomonidan uz vatanparvarlik burchlarini chuqur anglash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tashqi va ichki siyosatiga, mamlakat mudofaasini va Qurolli Kuchlarini mustahkamlash bo’yicha olib borayotgan tadbirlarga ishonch;
O’quvchilarning yetakchi faoliyatlari – o’qish, mehnat va sport bilan shugullanishlarining vatanparvarlik yunalishida bo’lishi;
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni yengib o’tishga o’z-o’zini ongli ravishda tayyorlash;
Harbiy Nizom talablari va komandirlarning buyruqlarini so’zsiz bajarishdagi qobiliyati, ularning vatan topshirigi deb qabul qilish, yurish-turishini boshqarish;
Harbiy intizom meyorlari va talablarini har qanday sharoitda ham bajarishga shaylik;
Hayot uchun xavf bo’lgan sharoitlarda ham qahramonlik namunalarini ko’rsata olishga shaylik.
Maxsus talablar vatan himoyasiga shaylikning alohida tomonlari yoki jihatlariga bog’liq bo’lib, bir necha guruhlarga bo’linadi.
Axloqiy-siyosiy tayyorgarlikka bo’lgan maxsus talablar:
Vatanimiz mustaqilligining garovi bo’lgan Qurolli Kuchlarimiz harbiy qudrati har bir kishining mehnati bilan yaratilishi va uning yanada mustahkamlash uchun chuqur bilim, ko’nikma va malakalar, ijodiy faoliyat, intizomiylik va yuksak ish qobiliyati zarurligiga o’quvchilarning ishonchi;
O’zbek xalqining jangovar va mehnat an’anlarini ruhan qabul qilish, vatan himoyachisi bo’lgan ideallarning ularda bo’lishi;
O’quvchilarda ijtimoiy tuyg’ular bo’lishi (burch, mas’uliyat, vatanparvarlik, dushmanga nafrat, yuksak sezgirlik va boshqalar);
“Vatanparvarlik”, “Vatan”, “Ona yurt”, “Harbiy burch”, “Jasorat”, “Qahramonlik”, “Jasurlik”, “Fidoiylik” kabi va boshqa tayanch tushunchalarning mazmunini chuqur anglashlari va boshqalardir.
Ruhiy tayyorgarlikka bo’lgan maxsus talablar:
Ruhiy bilish jarayonlarini (xotira, fikrlashning tezkorligi, tasavvur, har tomonlama qabul qilish), iroda sifatlarini (qati’yatlik, jasurlik, ruhiy turg’unlik, maqsadga intilganlik, bajaruvchanlik, intizom, qo’rqmaslik, vatan uchun o’zini ham fido etishga shaylik), ruhiy sifatlarni (vatanga muhabbat, dushmanlarga nafrat va boshqalar), ijtimoiy ruhiy sifatlarni (jamoaga suyanish, o’rtoqlik, o’zaro hamkorlik, bir-biriga yordam), yuksak darajada rivojlanganligi;
Hozirgi zamon urushi xususiyatlarini, yangi qurollarni bilish, ulardan saqlanish malakalariga ega bo’lishi;
Haqiqiy jangovar vaziyatda uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchilik va mashaqqatlarni ongli ravishda chuqur anglash;
Harbiy faoliyat va jangovar jamoa sharoitlariga ko’nikish malakalariga ega bo’lish;
O’z yurish-turishini boshqara olish, ba’zi bir tuyg’ularni (qo’rquv, sarosima, o’zini yuqotib qo’yish) so’ndira olish, boshqa bir tuyg’ularni esa (vatanga muhabbat, burch, dushmanga nafrat) kuchaytira olish qobiliyatlarining bo’lishi;
Ruhiy va jismoniy qiyinchiliklarni yengib o’tish tajribasining borligi;
Ruhiy sifatlarni bir faoliyat turidan ikkinchi bir faoliyat turiga o’tkaza olish imkoniyati va boshqalardir.
Boshlangi’ch sinflarda-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda harbiy-texnik tayyorgarlikka bo’lgan maxsus talablar quyidagilar:
Ilmiy-texnik taraqqiyot ahamiyati va uning harbiy ishga ta’sirini, O’zbekiston Respublikasi Harbiy Doktrinasining mudofaa xususiyatini, zamonaviy jangovar texnika va qurollar tomonidan askarlarga qo’yilgan yuksak talablarni bilishlari;
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim asoslaridan bilim, ko’nikma va malakalarning bo’lishi;
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tuzilishi, qo’shin turlari haqidagi bilimlarga ega bo’lishi, texnika va qurollarga qiziqishi, biror bir harbiy mutaxassislikni egallash uchun zarur bilim va malakalarning borligi va bu bilimlarni boshqa bir harbiy mutaxassislikka o’tkaza olish imkoniyati;
Aniq bir harbiy amaliy faoliyat tajribasini borligi (avtomobil, mototsikl, traktorlarni boshqara olishi, o’q otar qurollardan foydalana olishi, parashyutdan sakrashi), harbiy qurollardan jangovar vaziyatda foydalanishda va vazifalarni bajarishda aniq xarakat qilish malakalariga ega bo’lish;
Umumtexnik ko’nikma va malakalarni harbiy texnik faoliyat vaziyatlariga o’tkaza olish qobiliyatining bo’lishi;
Boshlangi’ch sinflarda-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda jismoniy tayyorgarlikka bo’lgan maxsus talablar:
Vatanni himoya qilish vazifasini bajarish bilan bog’liq umumiy jismoniy sifatlar-kuch, tezlik, chaqqonlik va chidamlilikning rivojlanganligi;
Maxsus jismoniy sifatlarga ega bo’lish: bosh aylanishiga, tog’ kasalliklariga, issiq mintaqalardagi harakatlarga, chegaralangan suv iste’moliga, maxsus jihozlar va asbob-anjomlar bilan harakat qilishda turg’un qobiliyatining bo’lishi;
Katta jismoniy yuk va zo’riqishlarni yenga olish imkoniyati va boshqalar.
XULOSA
Mazkur Kurs ishimizdan quyidagicha xulosaga keldik:
- Mehnatsevar, tinchlikparvar, taraqqiyoti yuksak darajada bo’lgan, madaniyati, ilm-fani rivojlangan huquqiy jamiyat poydevorini yaratish jarayonida yosh avlodning ham, albatta o’z o’rni bo’lishi kerak.
- Yosh avlodni buyuk kelajak quruvchilar sifatida tarbiyalash, ularni xalqimizning bugungi kundagi ulkan yaratuvchanlik ishlarining munosib davomchilari sifatida voyaga yetkazish uchun Prezidentimiz, hukumatimiz barcha ishlarni amalga oshirmoqdalar. Xalqimizning mana shu ezgu niyatlarini ro’yobga chiqarish uchun hukumatimiz tomonidan bir qator qonunlar, qarorlar, Prezidentimiz tomonidan farmonlar qabul qilindi. Bular jumlasiga, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturlari”, “Sog’lom avlod uchun”, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida va boshqalar kiradi. Bu qonunlar bizlarga ta’lim va tarbiyaning barcha turlari bilan bir qatorda yoshlarning harbiy vatanparvarlik tarbiyasini ham mazmunan sifat jihatdan yanada yuqori darajalarda tashkil etish va amalga oshirish imkonini beradi.
- O’zbekiston xalqi buyuk davlat, jamiyat qurilishi yo’lida mardonavor mehnat qilmoqda. Bizning kundalik vazifamiz, yoshlarni ana shu qurilishlar jarayoniga jalb qilish, ular ongiga O’zbekistonning buyuk kelajagi aynan, yoshlar qo’lida ekanligini singdirish, kundalik mashg’ulotlar, turli tadbirlar davomida ularda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg’ularini uyg’otish va bu tuyg’ularni asrab-avaylab tarbiyalashdir.
- Hozirgi kunlarda bizning mintaqamizda, xususan, Markaziy Osiyoda ijtimoiy-siyosiy ahvol keskin bo’lib qolmoqda. Turli diniy ekstremistik, aqidaparast guruhlarning hokimiyat uchun kurashishi, ularni bizning jamiyat uchun umuman yot bo’lgan dunyoqarashlarini targ’ib qilishi Vatanimiz mustaqilligiga, uning tinchliksevar ko’pmillatli xalqiga xavf tug’dirishi mumkin. Bu guruhlarning yoshlar o’rtasida olib borayotgan buzg’unchilik targ’ibotlari hech kimni befarq qoldirmasligi kerak.
- Vatan himoyasiga shaylik, o’quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ular tomonidan jamiyat madaniyati boyliklarini avaylab asrash, ko’z qorachig’iday saqlay olishlik bu – Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik tarbiyasini samarali o’zlashtirish natijalaridan kelib chiqadi.
- Bugungi kunda keng fikrlovchi, chuqur e’tiqodli insonlargina vatanparvar fuqaro-vatan himoyachisi bo‘lishi mumkin. Bo‘lajak vatan himoyachisini tarbiyalash, eng avvalo vatanpavarlik tuyg‘usidagi intilishlar bilan to’ldirilgan yoshlar turmush tarzini tashkillash demakdir. Bunga esa tarbiya muassasalarining o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari bilan erishish mumkin.
Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda har bir pedagog va ma’sul shaxslar (ta’lim muassasa rahbarlari, ota-onalar, mahalla faollari) quyidagi asosiy vazifalarni yaxshi bilishlari to’g’risida tavsiyalar ishlab chiqildi:
birinchidan, ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan fanlarni uzviy birlikda olib borib, o’quvchi Yoshlarni milliy va baynalminal ruhida tarbiyalash, ularni vatan himoyasiga doimo har tomonlama shay bo’lishlarini ta’minlash;
ikkinchidan, o’quvchi yoshlarni faol ongli, mehnatsevar, vatan uchun jasorat va qahramonlik ko’rsatishlikka tayyor yosh avlodni har tomonlama tarbiyalanganlik xislatlarini rivojlantirish;
uchinchidan, o’quvchi Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nazariy-amaliy bilimlar bilan qurollantirish, ularda umumiy o’rta ta’lim maktablarida chaqiriqqacha harbiy ta’lim darslarida o’quv va tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkillashtirish va o’tkazish, ularda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.



Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling