Mavzu: boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik milliy g’ururini tarbiyalash


Download 137 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi137 Kb.
#1527897
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik milliy g’ururini ta


MAVZU: BOSHLANGI’CH SINFLARDA VATANPARVARLIK MILLIY G’URURINI TARBIYALASH.


KIRISH


1.Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik milliy g’ururini tarbiyalashning mazmun va mohiyati
2. Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik milliy g’ururini tarbiyalash ijtimoiy-psixologik muammo sifatida
3. Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik milliy g’ururini tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

K I R I SH
Kurs ishining dоlzаrbligi. Mamlakatimizda Qurolli Kuchlarimiz tizimini takomillashtirish, uning saflarini vatanparvarlik ruhida tarbiyallangan, puxta harbiy tayyorgarlik va jangovar shaylik darajasi yuqori bo‘lgan yosh mutaxassislar bilan to‘ldirish yo‘lida bugungi kunda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamiz Qurolli Kuchlari tizimini yuqorida darajada jangovar tayyorgarlikka ega yosh malakali mutaxassislar bilan ta’minlash harbiy islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zero, puxta nazariy bilim va amaliy tayyorgarlikka ega yosh mutaxassislarning salohiyati mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida har jihatdan taraqqiy etishi, mudofaa qudratini oshirishda hal qiluvchi omil sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuni asosida Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, bunda oila, o’quv muassasalari va mahalla hamkorligining o’rni muhim ahamiyatga egadir1.
Vatanparvarlik–kishilarning ona yurtiga, o’z vataniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo’lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg’u, ma’naviy qadriyatlardan biridir, deb ta’rif berilgan O’zbekiston Milliy ensiklopediyasida
Vatanparvarlik – umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikning asosiy tamoyillaridan biridir. «Vatan» arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida «ona-yurt» degan ma’noni anglatadi. Vatanga muhabbat, yurtga muhabbat har bir millat kishisiga xos bo‘lgan muqaddas va ulug‘ qadriyatdir.
Inson uchun na boylik, na toju taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt mehriga teng kelolmaydi. Vatandan judolik-inson uchun katta baxtsizlikdir.
Vatanparvarlik har bir kishida o’z uyiga, tug’ilib o’sgan yeriga, ota-ona, aka-uka, opa-singillariga bo’lgan munosabatida aks etadi. Vatanparvarlik - bu umuminsoniy qadriyat bo’lib, har bir kishining Vatanga bo’lgan sodiqligini, sadoqatini ifodalaydi.
Yoshlardagi harbiy vatanparvarlikni eng oliy tuyg‘u sifatida o‘tmishdagi buyuk ajdodlarimiz alohida qayd etganlar va o‘zlari ham unga sodiq qolganlar. Boshlangi’ch sinflarda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda buyuk sarkardalar Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va lashkarboshilar Temur Malik, Jaloliddin Manguberdilar hayoti va faoliyatini o’rganish hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda.

Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling