Barcha mantiqiy jarayonlar uslubning mazmun bilan uzviy bog’langan ichkn tomonini tashkil qiladi. Boshlang’ich sinflarda o’quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shaklarining turli tumanligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o’quv rejalari va dasturlariga o’tish davrida jamiyat va atrof-muhit o’rtasndagi aloqalarni uyg’unlashtirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni o’rnatish va shakllantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. O’quv rejasi – me’yoriy hujjat bo’lib, unda har bir o’quv predmetining mazmuni ochib beriladi, muayyan o’quv yilida o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi ko’rsatiladi. O’quv rejasida quyidagilar aks etadi: - o’quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi; - ta’lim muassasasida o’rganiladigan o’quv fanlarining tartibi; - fanlarning o’qish yillari bo’yicha taqsimlanishi; - har bir fan bo’yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o’rganishga ajratilgan soatlar hajmi; - praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar kabilarning davomiyligi. O’quv rejalarining quyidagi turlari mavjud: namunaviy o’quv rejalari; ishchi o’quv rejalari. Tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblanuvchi asosiy me’yoriy hujjat bo’lib, u namunaviy va amaliy o’quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tayanch o’quv rejasi Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy o’quv rejalari tayanch o’quv rejasi asosida uzoq muddatga mo’ljallab tuziladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi o’quv rejalari namunaviy o’quv rejalari asosida o’quv muassasalarining mavjud sharoitlarini hisobga olgan holda yaratiladi. O’quv dasturi muayyan o’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalar mazmuni, umumiy vaqtning muhim bilimlarni o’rganilishi bo’yicha taqsimlanishi, mavzular ketma-ketligining belgilanishi va ularning o’rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |