Mavzu: boshlang'ich talimni integratsiyalash mundarija: Kirish


Darsni loyihalash (rejalashtirish) o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo’lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi


Download 50.11 Kb.
bet9/21
Sana25.01.2023
Hajmi50.11 Kb.
#1121592
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH TALIMNI INTEGRATSIYALASH

Darsni loyihalash (rejalashtirish) o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo’lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.

O’quv ekskursiyalari alohida yoki bir qancha fanlar bo’yicha rejalashtirilib, ommaviy, guruhli va kichik guruhli tarzda tashkil etiladi.

O’qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish muayyan mavzu bo’yicha yoki nazorat ishlarini o’tkazish maqsadida tashkil etilayotgan o’quv mashg’ulotlarining ilmiy-pedagogik va amaliy-metodik jihatdan to’g’ri tashkillashtirilishi, olib borilishi, natijalarning tahlil etilishini anglatadi.

O’qituvchi tomonidan ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:

rejalashtirish;

tashkil etish;

boshqarish;

nazorat qilish;

natijalarni baholash va tahlil qilish.

O’qituvchi ta’lim jarayonini tashkil etishni rejalashtirishda kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzishga e’tibor qaratadi.

O’qituvchining ta’lim jarayonini tashkil etishdagi roli o’quvchilar oldiga o’quv masalalarini qo’yish, ularning samarali bajarilishi uchun zarur sharoitni yaratishdan iborat.

Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini boshqarishda o’qituvchi uni to’g’ri yo’naltirish vazifasini bajaradi.

Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish o’quvchilar faoliyatining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishini ta’minlaydi.

Ta’lim jarayoni bo’yicha natijalarni baholash va tahlil qilishda o’qituvchi ta’lim jarayonining qanday kechganligini bilish, yutuqlar omillarini o’rganish, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilashga e’tibor qaratishi lozim.

Turli darajadagi aqliy rivojlanishga ega bolalarni o’qitishga yo’naltirilgan tabaqalashtirilgan ta’lim (tanlab o’qitish) qachon paydo bo’lgan?

Turli darajadagi aqliy rivojlanishga ega bolalarni o’qitishga yo’naltirilgan tabaqalashtirilgan ta’lim (tanlab o’qitish) XIX asr oxiri XX asr boshlari (AQSHda Batov tizimi, Yevropada Maingeyms tizimi shakli)da paydo bo’lgan.

“Dalton-reja” nomi bilan ommalashgan individual ta’lim 1905 yili Dalton shahri (Massachusets shtati)da o’qituvchi Yelena Park Xerst tomonidan birinchi bor qo’llanilgan. Mazkur ta’lim shakli laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi deb ham ataladi.


Download 50.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling