Mavzu: Boshlanģich sinflarda matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish, o‘quvchilarning daftar bilan ishlash metodlari. Reja: Kirish Asosiy qism


Download 141.8 Kb.
bet2/7
Sana22.06.2023
Hajmi141.8 Kb.
#1649492
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlanģich sinflarda matematika darslarida nazorat turlari va ularni tashkil qilish,òquvchilarning daftar bilan ishlash metodikasi

Kurs ishining vazifalari:
1) Boshlang’ich sinflarda matematika darslarining tashkil etilishini kuzatish va tahlil qilish;
2) O’quvchilarda miqdorlarni oʻrganish malakalarini shakllantirish yuzasidan olgan bilim, ko’nikma, malakalarini aniqlash.
3) matematika dasturida asosiy miqdorlar sifatida uzunlik, sigʻim, massa, vaqt va hajmlarni o’rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullarini kuzatish.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati: boshlangʻich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish bilan bog‘lab о‘qitish asosida tarbiyalashga yangicha yondashuv aniqlandi;- boshlangʻich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish va bilimini mustahkamlashga doir ishlanmalar mazmuni ishlab chiqiladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Ishlab chiqilgan tavsiyalar boshlangʻich sinf matematika darslarining samaradorligini oshirish imkoniga ega. Boshlangʻich sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish о‘quvchilarni bilimli va komil inson qilib tarbiyalashda, ota-onalar, о‘qituvchi va jamoatchilikda foydalanishlari mumkin.

  1. Dastlabki omillarning jamlanishi bilan bogʻliq matematikaning paydo boʻlish davri.

Matematika tarixi — matematika tarixining bir nechta tasniflari mavjud boʻlib, ulardan biriga koʻra matematik bilimlarning rivojlanishi bir necha bosqichlarga boʻlinadi:
Haqiqiy ob’ektlar va bir hil ob’ektlar toʻplamining idealizatsiyasi sifatida geometrik shakl va raqam tushunchasini shakllantirish. Turli xil sonlarni, uzunliklarni, maydonlarni va hajmlarni solishtirish imkonini bergan sanash va oʻlchashning paydo boʻlishi.
Arifmetik amallarning ixtirosi. Arifmetik amallarning xossalari, oddiy figuralar va jismlarning maydonlari va hajmlarini oʻlchash usullari toʻgʻrisidagi bilimlarni empirik (sinov va xatolik yoʻli bilan) toʻplash. Antik davrdagi shumer-bobil, xitoy va hind matematiklari bu yoʻnalishda ancha oldinga siljishgan.
Qadimgi Yunonistonda mavjud boʻlganlar asosida yangi matematik haqiqatlarni qanday olish mumkinligini koʻrsatadigan deduktiv matematik tizimning paydo boʻlishi. Qadimgi yunon matematikasining toj yutugʻi Yevklidning elementlari boʻlib, u ikki ming yil davomida matematik qatʼiylik standarti rolini oʻynagan1.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga matematikadan samarali taʻlim berilishi uchun oʻqituvchi boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitish metodikasini egallab, chuqur oʻzlashtirib olmogʻi lozim.
Ma’lumki, matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzda tartib-intizomlilikka o‘rgatadi va eng muhimi mulohaza yuritishga chorlaydi hamda tafakkurni kengaytiradi. Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yunalishlaridan biri sifatida belgilandi hamda matematika ilm-fani va ta’limi rivojlantirishini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”1.
Respublikamizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bugʻini jamiyatdagi demokratik oʻzgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikaning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida taʻlim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz taʻlim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona taʻlim tizimi hisoblanadi. Taʻlim tizimining har bir boʻgʻini alohida oʻringa ega.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da maktab taʻlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi" talablarida “taʻlim tarbiya jarayonini shakllantirish taʻlim mazmunini aniqlash, taʻlim tarbiya jarayonini amalga oshirishning didaktik qonuniyatlari va prinsiplarini ishlab chiqish, davlat taʻlim standartlarini takomillashtirish, oʻquv dasturlari, darsliklrning yangi avlodi, oʻquv metodik majmualar yaratish” vazifasini hal qilish takidlab oʻtilgan.
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, Shu bilan birga odatda, ular bir qiymatli yechimga ega emas. Oʻqituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur oʻquv vaziyati uchun eng yaroqli yechimini tez topa olishi uchun bu soxada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega boʻlishi talab etiladi.
Boshlangʻich taʻlim metodikasi oʻqitish vositasi sifatida mavjud didaktik oʻyinlar mantiq ilmi va matematik nuqtai nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik oʻyinlardan foydalaniladi va oʻrganilgan materialni faqat mustaxkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Matematika boshlangʻich taʻlim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematika oʻqitishdan koʻzda tutilgan maqsadni aniqlab asoslash (nima uchun matematika oʻqitiladi, oʻrgatiladi)
2. Matematika oʻqitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani oʻrgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini oʻquvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini oʻrganishda izchillik taʻminlanadi, oʻquv ishlariga oʻquv mashgʻulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, taʻlim mazmuni oʻquvchilarning aniq bilim olish imkoniyatlariga mos keladi.
3.Oʻqitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday oʻqitish kerak) yaʻni, oʻquvchilar hozirgi kunda zarur boʻlgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, koʻnikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun oʻquv ishlari metodikasi qanday boʻlishi kerak?
4.Oʻqitish vositalari-darsliklar, didaktik materiallar, koʻrgazmali qoʻllanmalar va oʻquv- texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida oʻqitish)
5.Taʻlimni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va taʻlimning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish). [1]
Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi matematika fanidan tuzilgan dasturga binoan oʻquvchilarga quyidagi bilimlarni berishni nazarda tutadi:
· Butun nomanfiy sonlarni raqamlash;
· Asosiy miqdorlar va ularning oʻlchov birliklari;
· Arifmetik amallar;
· Matnli masalalar;
· Algebraik material(tenglik, tengsizlik va b.q.)
· Geometrik material;
Maktabda matematikani oʻqitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, koʻp yillik tajribada tekshirilgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan shakli darsdir. Matematikaning eng qadimgi davrlaridan hozirgi kungacha boʻlgan koʻp asrlik rivojlanish tarixida uning toʻrt rivojlanish davri qayd etiladi:
Bu davrda matematika hali alohida fan tariqasida oʻzining predmeti va metodiga ega boʻlmay, balki matematikadan faqat ayrim faktlar toʻplanadi. Bunga misol qilib qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va Hind matematikasini koʻrsatish mumkin.



Download 141.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling