Mavzu: Boshqaruv faoliyatida vaqtdan unumli foydalanish shartlari Reja: Boshqaruv faoliyatida vaqt ahamiyati


Download 24.99 Kb.
bet2/6
Sana18.12.2022
Hajmi24.99 Kb.
#1029312
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshqaruv faoliyatida vaqtdan unumli foydalanihs

1. Muloqot chog‘ida. Rahbarlar va nafaqat ular o‘zlarining qimmatli vaqtlarini va kuchg‘ayratlarinitelefondagaplashish,ko‘psoatlimajlislar,kelib-ketibturuvchilar bilan suhbat va shunga o ‘xshash turli xildagi muloqot jarayonlariga sarf qiladilar. Vaqtni yutib yuboruvchi bunday jarayonlar sizgagina emas, balki atrofingizdagilarga ham xavflidir. Agar faoliyatingiz o‘zingiz ishlayotgan tashkilotga tashrif buyuruvchilar bilan muomalada bo‘lish yoki telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish kabi vazifalarni talab qilsa, Sizda bir qator muammolar paydo bo‘lishi muqarrar: Tashrif buyurgan suhbatdoshingiz doimiy ravishda uning muammolarini Siz hal qilib berishingizni xohlaydi va natijada unikidan ham muhimroq bo‘lgan muammolaringiz keyingi o‘ringa surilib qoladi; Kelib-ketib turuvchilar sizni tez-tez chalg‘itishi oqibatida e’tiboringizni bir joyga jamlashingiz qiyin; Sizning yumshoq tabiatingiz yoki o‘ta muloyimligingiz suhbat uchun aniq bir vaqtni belgilab ololmasligingizga sabab bo‘ladi va buning oqibatida suhbatlar uchun ish vaqtingizning katta qismini sarf qilib qo‘yasiz. Agar o‘zingiz shunday suhbatlar shaydosi bo‘lsangiz bilingki, Sizning o‘zingiz boshqalaming qadrli vaqtini behuda band etasiz. Tanish holat. Shunday emasmi? Ko‘pchilik «ha» deb javob qaytarsa kerak. Agar shunday bo‘lsa, avvalambor, keldi-ketdi, telefon qo‘ng‘iroqlaridan xoli bo‘lgan m a’lum vaqt davomida tinchlanishingiz va mavjud strategik muammolar to‘g‘risida o‘ylashingiz hamda ish kuningizni rejalashtirib olishingizni maslahat beramiz.
2. Mehmonlar. Endi nihoyatda ko‘p gapiruvchi va ezma mehmonlar bilan (balki o‘zimizning intizomsizligimiz bilan hamdir?) qanday kurashish to‘g‘risida batafsil to‘xtalsak.
1. Kotibangizga (agar u bor bo‘lsa, albatta) uchrashuv vaqtini nazorat qilib turishini buyuring. Deylik, uchrashuv boshlangach, 10 daqiqadan 4— Menejer fazilatlari 49 so‘ng, kotibangiz yoningizga kirib boshqa tadbirga borishingiz haqida ma’lum qilsin. Bu esa suhbatdoshingizni to‘xtatish imkoniyatini beradi. Xuddi shu vazifani xonadosh hamkasbingiz ham bajarishi mumkin.
2. Qabul soatini belgilab qo‘ying. Agar tashrif buyurgan mehmon siz bilan qaysi mavzuda suhbatlashmoqchi ekanligini aytib qo‘ysa yanada yaxshi bo‘ladi. Chunki siz uchrashuvga qadar: muhokama qilinishi kerak bo‘lgan muammoning turli yechimlari to‘g ‘risida; suhbat o‘tkazish sharoiti (masalan, suhbatni ko‘p vaqt sarfqilmaydigan ravishda rejalashtirish mumkin) to‘g‘risida avvaldan o‘ylab olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
3. Uchrashuv boshidayoq uning qancha davom etishini belgilab oling «Men sizga faqat 10 daqiqa vaqt ajrata olaman».
4. Kichik muammolami muhokama qilish uchun hamkasblaringiz va qo‘l ostingizda ishlovchi xizmatchilar bilan tez-tez uchrashib turing (masalan, ularning xonalarida, oshxonada). Natijada oldingizga «bir daqiqaga» kirish uchun sabablar kamayadi.
5.Siz o‘zingiz ham kasblaringiz va sizga bo‘ysunuvchi ishchi-xizmatchilar oldiga borib turing va ularning hayotidan, oilasidan, faoliyatidan xabardor bo‘ling. «Birozdan so‘ng o‘zim yana kelaman» degan iborani ishlating: ish jarayoningiz buzilmasligi; suhbatdoshingiz xonangizda ko‘p qolib ketmasligi (uni chiqarib yuborish qiyin); begona xonadan o‘zingiz xohlaganda chiqib keta olish imkoniyati (chunki suhbat sizning nazoratingizda bo‘ladi); bir yo‘Ia hamkasblar va xizmatchilarni hurmat qilishingizni bildirish; bu vaqt davomida suhbatdoshingiz siz bilan hal qilmoqchi bo‘lgan muammoni o‘zi hal qilishi mumkinligi vaboshqabirqatorafzalliklarga ega bo‘lish uchun.

Download 24.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling