Mavzu: Boshqaruv faoliyatida vaqtdan unumli foydalanish shartlari Reja: Boshqaruv faoliyatida vaqt ahamiyati


Download 24.99 Kb.
bet3/6
Sana18.12.2022
Hajmi24.99 Kb.
#1029312
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshqaruv faoliyatida vaqtdan unumli foydalanihs

3. Telefon muloqoti. Vaqtni ko‘p oluvchi keyingi holat - bu telefon orqali muloqotlardir. Afsuski, telefon vaqtni tejash uchun xizmat qiluvchi vosita bo‘lishi bilan birga, ayni vaqtda uning ko‘p sarflanishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bu kishining intizomsizligi, o‘ta qiziquvchanligi, suhbatdan bosh torta olmasligi yoki suhbatga vaqtida nuqta qo‘ya olmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
1. Ushbu muammoni hal qilishda kotibaning tutgan o‘mi ahamiyatlidKotiba mavjud muammolami bir qadar osonlashtirishi mumkin (bu qaysidir 50 m a’noda uning majburiyati hamdir), ya’ni tasodifiy suhbatdoshlarga tushuntirish (yanglish qo‘ng‘iroqiar), kerakli suhbatdoshlarga qo‘ng‘iroq qilish va hokazolar.
2. Telefon go‘shagini ko‘tarishdan avval suhbat uchun reja tuzib oling. Ushbu reja suhbat davomida biror masalani tushirib qoldirmaslik va suhbatni o‘zingizga ma’qul holda olib borishingizga yordam beradi.
3. Suhbatni «bezovta qilayotganim uchun uzr, uch daqiqa vaqtingizni olaman, xolos» degan so‘zlar bilan boshlagan ma’qul. Bu suhbatdoshingizda sizning tadbirli ekanligingiz to‘g‘risida fikr uyg‘otadi.
4. Suhbatga yakun yasay biling. Buni, albatta, ma’lum usulda va xushmuomalalik bilan amalga oshirish lozim. Agar bu ham ish bermasa, go‘shakni o‘z jumlangizni yakuniga yetkazmay qo‘yib qo‘ying (go‘yoki bu liniyadagi nosozlik bo‘lsin) - buni ataylab qildi deya hech kim sizdan shubha ham qilmaydi.
5. Qarshi qo‘ng‘iroqlar usulidan foydalaning («o‘zim sizga qo‘ng‘iroq qilaman»). Bu bilan siz suhbatni o‘zingizga ma’qul vaqtda o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Suhbatdoshingiz o‘z fikrini qisqa va aniq ifodalashi uchun unga uzoq suhbatlarga vaqti yo‘q paytda, deylik, tushlikdan oldin qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
4. Elektron pochta. Zamonaviy informasion texnologiyalardan foydalanuvchilar vaqtning unumsiz sarf bo‘lishiga elektron pochta ham sababchi boMayotganligini anglashlari mumkin. Chunki u orqali Sizga zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan bir qatorda, kerak bo‘lmagan ma’lumotlar ham keladi. Ulami o‘rganib chiqish uchun esa ko‘p vaqt sarflanadi. Bundan tashqari, ko‘p hamkasblaringiz rasmiy talabnomalaringizga javob qaytarmaydilarva ularga javob olish uchun bevosita uchrashishgato‘g‘ri keladi. Ba’zi bir kishilar esa o‘z talabnomalariga kelishi kerak bo‘lgan javobni yoki yangi xabami kutish «kasalligi»ga chalinadilar va oqibatda o‘z vazifalarini bajarishda fikrlarini jamlay olmaydilar. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi jamoasi ushbu nomaqbul holat bilan kurashishda o‘zining bir qancha foydali maslahatlarini tavsiya etadi:
1. Pochtangizni aniq belgilangan vaqtda, deylik, birkunda uch marotaba yoki har ikki soatda ko‘rib chiqing.
2. Kerak bo‘lmagan ma’lumotlami ushlab turmang. Xalaqit qilmasligi uchun ulami o ‘chirib tashlang.
3. Ma’lumotlami turlariga ajratib papkalarga joylang. Bu ulardan foydalanishda va ulami saqlashda qo‘l keladi. Aytgandek, turlarga (nomlanish bo‘yicha, mavzusi bo‘yicha va h.k.) avtomatik tarzda ajratuvclii mexanizm mavjud - uni ishga tushirish kifoya.
4. Kerak bo`lmagan m a’lumotlarga blokirator qo‘yish mumkin.
5. Adresatni javob qaytarishga «shoshilinch», «ikki soat davomida javob berishingizni so‘rayman» va shu kabi yozuvlar yordamida undash mumkin.
6. Adresat bilan oldindan maktublar tizimini kelishib olish mumkin (masalan, undov belgisi bilan jo ‘natilgan maktubni shoshilinch ko‘rib chiqish va javob qaytarish kerak va h.k.).
7. O‘zlari jo‘natgan maktubga javob kutish bilan «kasallangan»larga esa pochtani ochib bir nechta oyna bilan ishlaganda qo'llaniladigan tugib qo‘yish amalidan foydalanishlarini tavsiya qilamiz. Bunda pochta ekranning pastki qismidan joy oladi va unga yangi ma’lumot kelib tushsa vaqt ko‘rsatkichi yonida belgi paydo bo‘ladi. Shunday qilib, yangi xabarkelganini bilish uchun monitor burchagiga nazar tashlash kifoya bo‘ladi. Agar yangi xabar kelib tushishini qandaydir ohang bilan bog‘lasangiz ishingiz yanada osonlashadi.

Download 24.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling