Mavzu. Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarish bo‘yicha faoliyatni baholash


Download 112.67 Kb.
bet4/4
Sana31.01.2024
Hajmi112.67 Kb.
#1829392
1   2   3   4
Bog'liq
M2. Boshqarish usullari. Boshqaruv qarorlari

Axborotlarning cheklanganligi. Axborot oqilona qaror qabul qilish uchun kerakdir. Ba’zi paytda yaxshi axborot juda qimmat bo‘ladi yoki uni olib bo‘lmaydi. SHuning uchun rahbar qo‘shimcha axborotdan foyda kelish-kelmasligini hal qilishi kerak, ya’ni bu qaror o‘ziga o‘zi qanchalik muhim, u tashkilotning ahamiyatli resurslar hissasi bilan yoki ahamiyatsiz pul summasi bilan bog‘liqmi.
Agar axborotni ma’qul bo‘lgan bahoda olish qiyin bo‘lsa va bunday imkoniyat tez orada paydo bo‘lsa, unda qaror qabul qilishni keyinga qoldirish kerak bo‘ladi.
Xatti-harakatlarning cheklanganligi. SHaxslararo va tashkilot ichidagi kommunikatsiyalarni qiyinlashtiradigan ko‘pgina omillar qaror qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, rahbarlar ko‘p hollarda muammolarning mavjudligini hamda jiddiyligini, cheklanmalarni va alternativalarni turlicha qabul qilishadi. Bu narsa qaror qabul qilish jarayonida kelishmovchilikka va nizolarga olib keladi. Rahbarning xodim bilan bo‘ladigan axborot almashinuvi usulidan xodimlarning xatti-harakati bog‘liq bo‘ladi.
Salbiy oqibatlar. Qaror qabul qilish - bu kompromislarni yuzaga keltirish san’atidir. Bir tomondan muvaffaqiyatga erishish boshqa tomondan zararni olib keladi. Masalan, mahsulot sifatini oshirish harajatlarning oshirilishiga olib keladi, avtomatizatsiya harajatlarni pasaytiradi, lekin ishchilar sonini qisqartiradi va h.k. SHunga o‘xshash salbiy oqibatlarni hisobga olib turish kerak.
Qarorlarning o‘zaro bog‘liqligi. Tashkilotda barcha qarorlar o‘zaro bog‘liqdir. Bitta muhim qaror unchalik muhim bo‘lmagan qarorlarni talab qiladi. Masalan, yangi jixozni sotib olish nafaqat ishlab chiqarish bo‘limiga ta’sir etadi, balki yakuniy holda sotish va marketing bo‘limlariga ham ta’sir etadi
Download 112.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling