Mavzu Boshqaruvning rivojlanish tarixi, zamonaviy boshqaruv asoslari. 2-mashg’ulot. Zamonaviy boshqaruv asoslari. Reja


Boshqaruvdagi ayrim xorijiy tajribalar


Download 94.5 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1531231
1   2   3
Bog'liq
BBA-4 ma\'ruza (2)

2.2.2. Boshqaruvdagi ayrim xorijiy tajribalar.
«7-S» tamoyili korxona (firma)ning oʼz oldiga qoʼygan iqtisodiy natijaga erishishi uchun quyidagi yoʼnalishlarda ish olib borishni nazarda tutadi:

  • strategiya (uzoqni koʼzlovchi maqsad);

  • struktura (maqbul tuzilmalar majmui);

  • tizim; (sistema, oʼzaro bogʼliqlik);

  • xodimlar tarkibi;

  • boshqaruv qoidasi;

  • boshqaruv mahorati;

  • yakuniy natijalar.

Bu tamoyilga muvofiq, avvalo, iqtisodiy koʼrsatkichlar hisoblanib, ularga erishish uchun zarur darajadagi ishlab chiqarish tuzilmasini yaratish, resurslar bilan taʼminlash, xodimlarni tanlash, oʼqitish, boshqaruvga eng samarali usul va tajribalarni qoʼllash lozim boʼladi.
«Konban» usuli yaponlarga tegishli boʼlib, boshqaruv ilmida eng samarali hisoblanadi. U ishlab chiqarishning uzluksiz harakatini taʼminlovchi boshqaruv tizimi sifatida xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, isteʼmolchilarga yetkazib berishni taʼminlaydi. Shu bilan birga:

  • xodimlarni tanlash va ishga yollash mahoratini baholash;

  • attestatsiyadan oʼtkazish (shahodatlashtirish);

  • oʼqitish va malakasini oshirish;

  • xodimlar oldiga aniq maqsad va vazifalar qoʼyish;

  • lavozimlarni almashtirib turish (rotatsiya) kabilar yapon menejmentiing oʼziga xos xususiyatlaridandir.

Yaponiya menejment sohasida beqiyos muvaffaqiyatlarga erishgan mamlakat boʼlib, hozir ham dunyoda yetakchilardan biri hisoblanadi. Yaponlar boshqarishni, avvalo, toʼla berilib ishlash, agar kerak boʼlsa, oʼzini qurbon qilishga ham tayyor turish deb tushunadilar. Firma manfaati boshqa hamma manfaatlardan ustun qoʼyiladi. Firmada ishlovchilar katta oila ruhida tarbiyalanadilar.
Rahbarlar hamda ishchilarning taqdiri bir deb qaraladi, ular hatto bir oshxonada ovqatlanadilar va doimo birga boʼladilar. Qayd qilingan tamoyillar va yapon usuli bizning sharoitda bemalol qoʼllasa boʼladigan tamoyillardir.
Biznes egalari va boshqaruvchilarning fikrlarini oʼrganish asosida, doimiy ravishda biznes rivojiga toʼsiq boʼlayotgan omillarni aniqlash mexanizmlarini yaratish zarur. Muammo aniqlanadi. Endi uning bartaraf etishning huquqiy asoslari bormi? Imkoniyat-chi? Qaysi muammo birinchi oʼrinda hal qilinishi kerak? Qaysi sabablarga koʼra biron kishi biznesiga muammolarini hal etishda amaliy yordam koʼrsata olmadik? Kimlar, nima sababdan «biznes qoʼmita»ga aʼzo boʼladi hamda qarorni necha kun ichida yozma ravishda biznes egasiga yoki korparativ boshqaruvga maʼlum qiladi? Monitoring ishtirokchilari bilan kim ishlaydi?
Ehtimol: senator, prokuror, soliq, moliya, bojxona, bank, hokimiyat vakili va arizachi, biznes egasi birgalikda koʼrib chiqishlari kerakdir?
Milliy moliya bozorini kim nazorat qilishi kerak, kim kimga hisobot berishi, kim qaror qabul qilishi kerak? Qaysi jihatlar doimiy nazoratda boʼlishi kerak? Muammoni qachon, kim, qanday hal qiladi? Shunday boshqaruv nazorat tuzilmalari bor boʼlsa, nega ishlamayapti? Hisobot qani? Nega biznes haqidagi axborotlar yoʼq? Bori esa oʼta yuzaki va asoslanmagan. Demak, noxolis! Noxolislik – jinoyatmi? Yoki oshna-ogʼaynigarchilik xolismi? Ichki bozorni kerakli tovar, ish, xizmatlar bilan toʼldirish masalasi dolzarbmi? Nima bor? Nima yoʼq, nima qimmat va (raqobatsiz) monopollashgan?
Bu maʼlumotlar maxfiy emas. Statistika iqtisodiyotning logistika, marketing, biznes muhiti qonunchiligi boʼlim va xizmatlari shu ishlar bilan band boʼlib, muammolarni koʼrsatib tursa, qanday yaxshi! Faoliyat natijasi, vatanparvarlik xolis baholanishi kerak. Biznes vakillari ham davlat eʼtibori (orden)ga sazovor boʼlishi kerak.

Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling